|
I. X. Siddikov A. A. AbdumalikovBog'liq Monitoring algoritimlariДастурий
иловалар
Ўрнатилган
сезгир
элемент
Ўрнатилган
МК
Қурилма таьминоти
Дастурий таьминот
Ўрнатилган тизим
Операцион
тизим
1.9-rasm.
O‘rnatilgan tizimlar arxitekturasi
Infokommunikatsiya
obyektlarining
energiya
ta’minoti
manbalarini monitoring qilishda tok o‘zgartkichlardan olingan
kuchlanish ko‘rinishidagi analog signallarni O‘Tlar yordamida
monitoring qilish eng optimal yondoshuvlardan biri xisoblanadi. O‘T
xozirgi kunda iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida, xususan,
sanoatda, qishloq xo‘jaligida, chorvachilikda, tibbiyotda, harbiy sohada,
kompyuter
arxitekturasida,
kriptografiyada,
mashinasozlikda,
samalyotsozlikda, shaharsozlikda, maishiy texnikada, avtomatika
sohasida, robototexnikada, ta’limda va boshqa ko‘plab raqamli
qurilmalarni ishlab chiqishda keng ko‘llanilib kelinmoqda[1;26; 22-b].
Energiya ta’minoti manbalari monitoringi bilan bog‘liq amalga
oshirilayotgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari xamda ularning
natijalaridan xulosa qilish mumkinki, oxirgi yillarda manbalarni
masofadan monitoring qilish, boshqarish jarayonida O‘Tlardan keng
foydalanilmoqda. Shu bilan bir qatorda infokommunikatsiya
obyektlarida texnik jarayonlarni monitoring qilish imkoniyatlari
takomillashtirilmoqda. Xozirda infokommunikatsiya obyektlarini
uzluksiz elektr energiya bilan taminlash dolzarb muammo hisoblanadi.
Raqamli qurilmalar yordamida energiya ta’minoti manbalari
ma’lumotlarini intellektual tahlil qilish algoritmlari taklif etilganidan
keyin, ushbu yo‘nalishga mo‘ljallangan ko‘plab infokommunikatsiya
obyektlarida monitoring uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy
majmualarni ishlab chiqish masalalari taklif etilmoqda[60; 68; 113-124-
b, 82].
|
| |