|
II BOB INFOKOMMUNIKATSIYA OBYEKTLARININGBog'liq Monitoring algoritimlariII BOB INFOKOMMUNIKATSIYA OBYEKTLARINING
ENERGIYA TA’MINOTINI MONITORINGINI FUNKSIONAL
TUZILMASI VA SIGNAL O‘ZGARTIRISH JARAYONLARINI
MODELLASHTIRISH
Bugungi kunda kuchlanish ko‘rinishidagi signallarga ishlov berish,
ulardan muhim belgilarni ajratib olish hamda integrallashgan tarmoq
asosida avtomatik tanib olish usullarini rivojlantirishga alohida ahamiyat
berilmoqda. Buning asosiy sababalari deb shuni aytishimiz mumkinki,
insoniyatni qurshab olgan qurilmalarning murakkablashishi, ular bilan
o‘zaro aloqa prinsiplarining qiyinlashishiga olib keldi. Bu xolat xozirgi
kunda energiya ta’minoti nazorati jarayonlarini raqamlashtirishni xam
chetlab o‘tmadi. Infokommunikatsiya obyektlarin energiya ta’minoti
manbalarini masofadan monitoring qilish tizimlarida ko‘plab dasturiy
ilovalarining interfeyslarida, axborot tizimlari yordamida manba turini
aniqlash, manbalarni energiya ishlab chiqarish darajasiga qarab
boshqarish, mexanizmlarini loyixalashtirish va amaliyotga qo‘llashga
juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham energiya ta’minoti
manbalarini masofadan monitoring qilishning optimal algoritm xamda
usullarini ishlab chiqish va rivojlantirish muhim masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Hozirda uzluksiz elektr energiya istemol qiluvchi obektlardan
bo‘lgan infokommunikatsiya obyektlarini masofadan monitoring qilish
usullarining nazariy hamda amaliy masalalarini yechishga katta e’tibor
qaratilmoqda [93; 159-160-b, 94; 36-37-b, 95; 88-89-b].
2.1-§. Energiya ta’minoti obyektlarining masofadan monitoringini
funksional tuzilmasi
Energiya ta’minoti manbalari monitoring jarayonlarida signal
o‘zgartirish, monitoring qilish va boshqarishda birlamchi elektr toklar va
kuchlanishlar ikkilamchi me’yorlangan kuchlanish ko‘rinishidagi
chiqish signaliga o‘zgartirish jarayoni xamda ushbu jarayonda ishtirok
etayotgan signal o‘zgartirish apparatlari va ularda kechuvchi fizik texnik
effektlarini modellashtirishni taqozo etadi [3; 38-45-b, 4; 125-139-b ].
Energiya ta’minoti manbalari monitoringida signal o‘zgartirish
jarayonlarida elektr energiyani birlamchi tok va kuchlanishlarini
ikkilamchi signalga o‘zgartirishni ta’minlovchi turli fizik-texnik tabiatli
elementlar signal o‘zgartirish jarayoni, ularni monitoringini
modellashtirish quyidagi ko‘rinishda olib boriladi. [62;63].
30
𝑈𝑈
𝐴𝐴
𝑈𝑈
𝐵𝐵
𝑈𝑈
𝐶𝐶
𝐼𝐼
𝐴𝐴
𝐼𝐼
𝐵𝐵
𝐼𝐼
𝐶𝐶
𝑈𝑈
Э
𝐼𝐼
Э
Код
АҚИБ
ОХҚ
МП
ДХҚ
АРЎ
ЭББХ
КВ
АИ
Клавиатура
График
дисплей
АР − дисплей
Принтер
ШК
МЎБ
Электрэнергия
манбаси
|
| |