9
manbalaridan qo‘llash, energetik qurilmalarni
tavsiflarini yaxshilash,
f.i.k.larini oshirish, ish holatlarini doimiy ravishda monitoringi qilish,
chiqish kattalik va parametrlari qiymatlari o‘zgarganda zamonaviy
dasturiy va apparat majmaular asosida avtomatik ravishda rostlash orqali
energiya samaradorligini oshirish imkoni mavjud. Qayta tiklanuchan
energiya manbalari asosidagi energiya ta’minoti
tizimi kattalik va
parametrlarini tadqiq qilish dasturiy ta’minoti va apparatlarning
tajribaviy namunasini yaratishni talab etiladi [21].
Tadqiqotlar dasturiy ta’minoti va modelini ishlab chiqishdan
ko‘zlangan maqsad, qayta tiklanuvchan energiya manbalarini
markazlashgan
energiya
ta’minoti
bilan
integratsiyasini
takomillashtirish, energetik qurilmalarning samaradorligini oshirish,
energetik
kattalik va parametrlar, ishlab chiqarilayotgan energiya
miqdori va holati, qurilmalarning f.i.k.ni muntazam ravishda masofali
internet texnologiyalari yordamida nazorat qilish,
boshqarish tizimini
yangi dasturiy vositalar, texnika va texnologiyalar asosida
takomillashtirish xamda monitoringi tizimini yaratishdan iboratdir
[7;40].
Elektr ta’minoti parametrlarini,
manbalardan qurilmalardan
olingan signallar asosida aniqlash jarayonini asosini tashkil etadi [54].
Hozirgi vaqtda energiya ta’minotini nazorati va boshqaruvi
jarayonlarini amalga oshirishda turli xil zamonaviy usullar va
innovatsion texnologiyalar keng joriy qilinmoqda. Monitoring va
boshqaruv qurilmalarida,
kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya
tarmoqlari, axborotlarni taqsimlashda yangi turdagi signal o‘zgartirish
jarayonlari va texnologiyalari keng joriy etilayotgan bo‘lib, bunda
monitoring va boshkaruv signalini xosil qilish va o‘zgartirishda turli
o‘zgartirish elementlarini zamonaviy IOT texnologiyalari asosida
ishlaydigan turli xil dasturiy vositalar orqali
amalga oshirilishiga katta
axamiyat berilmokda [45;88].
Monitoring tizimlarini, o‘lchov asboblari va qurilmalarini signal
bilan ta’minlash bo‘yicha tarkibiy qism hisoblangan elementlar va
axborotlarni taqsimlash tizimini elektr energiya bilan taminlashni
uzluksizligini,
ishonchliligini, kam materiallar sarfini va boshqa qator
texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Amaliyotda monitoring sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashning
asosiy muammolaridan bo‘lgan uzluksizlik, ishonchlilik,
tezkorlik,
signal o‘zgartirishning aniqligi va zamonaviy algoritm xamda interaktiv
dasturiy majmualarni yaratish masalalari dolzarbligicha qolmoqda.