I BOB. INFOKOMMUNIKATSIYA OBYEKTLARINI




Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/52
Sana24.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#252447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Monitoring algoritimlari

I BOB. INFOKOMMUNIKATSIYA OBYEKTLARINI 
ENERGIYA TA’MINOTINING MONITORINGI APPARAT-
DASTURLARINI TAXLILI 
 
Respublika viloyatlarining ma’lum hududlarida uzluksiz elektr 
energiya bilan taminlashda bir qancha ko‘p kanalli signal 
o‘zgartkichlarni qo‘llash, infokommunikatsiya obyektlari energiya 
manbalarini uzluksiz masofadan turib nazorat qilish, boshqarish uchun 
mo‘ljallangan apparat va dasturiy majmualar ishlab chiqish va 
amaliyotga keng qo‘llash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan 
biridir. Ushbu muammolar bilan birgalikga Respublikamizda aloqa 
vositalari va ular asosidagi internet tarmoqlaridan foydalanish xozirgi 
davrda xar bir insonning asosiy tayanadigan vositalariga aylangan. 
Infokommunikatsiya obyektlari abonentlarini sifatli internet bilan 
taminlashda signal uzatuvchi aloqa qurilmalari asosiy vazifani bajaradi. 
Ushbu jixatlardan kelib chiqib infokommunikatsiya obyektlarini 
uzluksiz elektr energiya bilan taminlash ushbu soxada ko‘plab 
muammoli xolatlarni bartaraf etishga katta turtki bo‘ladi. 
 
1.1-§ Infokommunikatsiya obyektlarining energiya ta’minotini 
monitoringini dolzarbligi 
 
Infokommunikatsiya obektlarining jadal rivojlanishi bilan bir 
qatorda ularga hizmat qo‘rsatishning sifati yetarli darajada 
ta’minlanmaganligi, energiya ta’minotidagi uzilishlar kabi noqulayliklar 
va qator muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammolar birinchi 
navbatda tegishli infokommunikatsiya uzluksiz energiya iste’moli 
obyektlarida ishonchli va tejamkor energiya ta’minotining amalga 
oshirilmaganligi bilan bog‘liq. Ushbu tadqiqot ishi infokommunikatsiya 
obektlarining barqaror rivojlanishi uchun ishonchli va tejamkor energiya 
yechimini ta’minlash maqsadida markazlashgan energiya ta’minoti bilan 
bir qatorda qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida energiya bilan 
taminlash va bunda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llashning asosiy 
tamoyillarini ko‘rib chiqishni yechimlarini taqdim etadi [2; 232-b].
Infokommunikatsiya obyektlari- bu ma’lumotlarni qayta ishlash, 
to‘plash, saqlash va uni uzoq masofalarga uzatish vositalarining majmui 
bo‘lib, ular orqali axborot resurslarining mavjudligi va axborot 
almashinuvi ta’minlanadigan yagona tarmoq tuzilmasida amalga 
oshiriladi. Infokommunikatsiya obyektlari tarmog‘i - bu tarmoqning 



oxirgi tizimlarida va foydalanuvchi terminal tizimlarida joylashgan, 
o‘zaro aloqasi telekommunikatsiya vositalari orqali ta’minlanadigan va 
birgalikda yagona multiservis platformasini tashkil yetuvchi geografik 
jihatdan tarqalgan ma’lumotlar, hisoblash resurslari, dasturiy ta’minotni 
boshqarish tizimlari to‘plami. Infokommunikatsiya obyektlari 
ma’lumotlarni qayta ishlash, to‘plash, saqlash, ko‘rsatish va yaxlitligini 
ta’minlash usullari va usullari, shuningdek, ma’lum bir kafolatlangan 
xizmat sifatini ta’minlaydigan kosmosda uzatish rejimlarini amalga 
oshirish usullarini o‘z ichiga oladi. [53; 1-6-b, 98; 163-165-b].
Infokommunikatsiya obyektlari xozirgi kunda xar bir soxaning 
tayanch qismlaridan biriga aylangan. Telekommunikatsiya signal utazish 
stansiyalari 
xamda 
malumotlar 
markazi 
(Data centr) 
infokommunikatsiya obyektlarini tashkiliy bo‘limlari sanaladi. Energiya 
ta’minoti stansiyalari ma’lumotlar markazlarining muhim tarkibiy 
qismidir. Elektr energiyani talab qiladigan boshqa har qanday obyekt 
singari, ma’lumotlar markazlarining xam deyarli xar bir ishlash 
jarayonlari uzluksiz energiya quvvati manbaiga tayanadi. Quvvat yetarli 
bo‘lmagan ma’lumot markazida axborotlarni olish va qayta ishlash 
yetarli bo‘lmaydi. Ma’lumotlar markazida har doim hamma narsa 
muammosiz ishlashini ta’minlash uchun obyektlar menejerlari muhim 
uskunalarning doimiy ravishda uzluksiz elektr energiya bilan 
ta’minlashda faol bo‘lishi talab qilinadi. Aksariyat ma’lumotlar 
markazlari asosiy elektr yenergiyani markaziy elektr tarmog‘idan oladi. 
Infokommunikatsiya obyekti elektr energiyani olish uchun bir yoki bir 
nechta transformatorga yega bo‘ladi, shu bilan birga keladigan quvvat 
to‘g‘ri kuchlanish va to‘g‘ri turdagi oqim (odatda o‘zgaruvchan tokdan 
doimiy oqimga aylantiriladi) bo‘lishini ta’minlaydi. Uzluksiz ish vaqtini 
ta’minlash va imkon qadar uzilishlarni kamaytirish uchun ko‘pchilik 
ma’lumotlar markazlari binolarida yoki yaqin joyda zaxira quvvat 
manbai mavjud. Zaxira quvvat manbai yoqilg‘i generatoridan keladi, 
yani benzin yoki dizel yoqilg‘isi bilan ishlaydi. Ma’lumotlar markazi 
muhitida energiya iste’moli shunchalik yuqori darajada o‘sib 
borayotganining bir nechta sabablari bor. Nafaqat serverlar balki 
mavdjud IT-uskunalarining boshqa muhim qismlari ishlashi uchun ko‘p 
energiya talab etiladi. Chiroqlar, sovutish tizimlari, monitorlar, 
namlagichlar va boshqa mavjud jixozlar xam elektr energiyaga muhtoj 
apparat vositalar jumlasiga kiradi. Ma’lumotlar markazidagi elektr 
energiyasi serverlarga qancha sarflanishini aniqlash uchun qurilmalar 
energiya sarfi va foydalanish samaradorligini quvvatdan foydalanish 



samaradorligi (QFS) balli orqali o‘lchanadi. 1 ball ma’lumotlar 
markazidagi har bir yutuq energiya serverlarga ketadi va boshqa hech 
narsa emasligini, 2 ball yesa yordamchi uskunalar serverlar va boshqa IT 
komponentlari kabi ko‘proq elektr energiyasidan foydalanishini 
bildiradi. Rossiyaning Uptime instituti olimlarining so‘ngi 
o‘rganishlariga ko‘ra, ma’lumotlar markazining o‘rtacha QFS qiymati 
1,58 ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich 2017-yil (2,5 bo‘lgan) va 2019-yil 
(1,65 bo‘lganida) yildan buyon barqaror pasayib bormoqda. Google 
ma’lumotlar markazi uchun o‘rtacha QFS 1,12 ni tashkil qiladi, ammo 
uning Oklaxomadagi obyekti 2018 yilning so‘nggi uch oyida atigi 1,08 
ballga yega yedi [101;106; 154-155-b]. 
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida shuni aytish mumkinki, 
infokommunikatsiya obyektlarini uzluksiz elektr energiya bilan 
taminlashda qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llash xamda 
zaxira energiyani uzluksiz monitoringini taminlash apparat va dasturiy 
vositalarini amaliyotga keng joriy etish zarur xisoblanadi. 
Ma’lumki energiya ta’minoti obyektlarining ishonchli ishlashi 
uchun turli kuchlanishdagi elektr energiyasi talab qilinadi. Bu 
kuchlanishlarning har qanday o‘zgarishi istemolchilarga ma’lum 
miqdorda ta’sir qiladi, natijada nazorat va boshqaruv tizimiga raddiya 
beradi va aloqa uziladi. Ishonchlilikni oshirish uchun signal 
qurilmalarini elektr ta’minotida zaxira elektr energiyasi manbalarini 
boshqarishni joriy etish yoki mavjudlarini takomillashtirish uchun 
zamonaviy ilg‘or usullarni tadbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Odatda zahira elektr manbasini ta’minlash qurilmasi bo‘lib dizel 
generatorlar yoki akkumulatorlar hisoblanadi, ular qo‘shimcha 
afzalliklarga egaligi sababli etiborga loyiq hisoblanadi [2;103-b].
Uzluksiz elektr energiya istemol qiluvchi infokommunikatsiya 
obektlarini elektr energiya bilan ta’minlash uchun markazlashgan elektr 
energiya ta’minoti bilan bir qatorda avtonom, qayta tiklanuvchan elektr 
energiya manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Hozirda bu 
uskunalarning bir qancha turlari ishlab chiqilgan. Ularga, shamol 
kuchidan foydalanish (shamol generatorlari), gibrid shamol-quyosh 
manbalari va faqat quyosh energiyasidan foydalanadigan manbalarni 
keltirish mumkin. Keltirilgan manbalardan eng ma’quli, quyosh 
energiyasi manbalari hisoblanadi va ularni turli variantlarda 
(kuchlanishlarda) tashkil etish mumkin [93; 159-160-b, 94; 36-37-b, 95; 
88-89-b, 96].



Quyosh energiyasi manbalarini klassik elektr energiyasi manbalari 
bilan taqqoslaganda, aylanadigan elementlarning yo‘qligi sababli yanada 
ishonchliroq hisoblanadi. Bunda asosiy e’tiborni qurilma asosiy elektr 
energiyasi tuhtatilgach qancha vaqt batariyadan quvvatlanishiga 
qaratilishi kerak, batariyaning qanchalik quvvati yuqori bo‘lsa 
shunchalik qimmat bo‘lishiga axamiyat berish kerak [92; 22-23-b, 98].
Bu kamchiliklardan asosiysi sifatida qayta tiklanuvchan energiya 
manbalarning aksariyatini reaktiv quvvat ishlab chiqarmasligi 
xisoblanadi, uni bartaraf etish qurilmalardan kelgan signallar asosida 
barcha elektr uskunalarning ish sharoitlarini yaxshilash va energiya 
ta’minoti tizimidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash talab etiladi [12; 
61-64-b,13; 496-b]. 
Uzluksiz elektr energiya istemol qiluvchi obektlarni qayta 
tiklanuvchan energiya manbali elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvatni 
kompensatsiyalash katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular quvvat va 
energiyaning foydali ish koeffitsientini oshirish, tizimning iqtisodiy va 
sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilashda asosiy omillardan hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda reaktiv quvvat iste’molining o‘sishi aktiv quvvat 
iste’molining 
o‘sishidan 
ancha 
yuqori 
bo‘lib, 
masalan 
infokommunikatsiya obektlarida reaktiv yuklama aktiv yuklamaga 
nisbatan 60-70%ni tashkil etadi [8;9;11;13].

Download 2,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish