57
chiqilgan algoritm asosida ishlaydi. U manbalardan keladigan
signallarga mos ravishda manba kuchlanishlari qiymatlarini hisoblaydi
va berilgan shartlar ko‘ra ularni eneriya ta’minoti
qurilmalariga ulab
beradi. Bunda qayta tiklanuvchi energiya ta’minoti manbalari (ShET va
QET) asosiy manba hisoblanib, ular energiya istemoli qurilmalariga
relelar orqali ulanadi. Mikrokontroller
bloki ShETdan kelayotgan
signalni qurilma sezgir elementi yordamida hisoblaydi. Agar ShETdan
kelayotgan kuchlanish 48V yoki undan kattaroq bo‘lsa (U
2
≥220
V),
mikrokontroller bloki uni rele boshqaruv qurilmasi yordamida energiya
ta’minoti qurilmalariga ulaydi. Agar ShETdan kelayotgan kuchlanish
48V dan kam bo‘lsa (U
2
<220V), mikrokontroller bloki keyingi manba
QETdagi kuchlanishni datchik yordamida hisoblaydi. Agar QETdan
kelayotgan kuchlanish 48V yoki undan kattaroq bo‘lsa (U
3
≥48
V),
mikrokontroller bloki uni rele boshqaruv
qurilmasi yordamida boshqa
energiya ta’minoti manbalariga ulaydi. QETdagi kuchlanish ham 48V
dan kam bo‘lsa (U
3
<48V), u holda navbatdagi manba METdagi
kuchlanishi aniqlanadi. Agar METdagi kuchlanish 48Vdan kamaysa
yoki ushbu manba ishdan chiqsa (U
1
<220V), u holda mikrokontroller
bloki rele boshqaruv qurilmasi yordamida AB zahira manbaini rele
orqali energiya istemoli manbasiga ulaydi.
Shu bilan birga
mikrokontroller bloki ABdagi kuchlanishni datchik yordamida ma’lum
vaqt oralig‘ida hisoblab boradi va belgilangan port yordamida avariya
signalini malumot uzatish yani GSM moduli orqali web saxifaga
uzatadi. Monitoring qilish uchun mo‘ljallangan pwcontrol.uz
tizimida
esa ushbu jarayonda qurilmalardan kelayotgan parametrlar asosida
nosozlik xolatini aks ettiruvchi malumot xosil bo‘ladi[55; 149-156-b,
58; 66-71-b ].
Ushbu tizimda qayta tiklanuvchi elektr ta’minot manbalari (ShET
va QET) asosiy manba hisoblanganligi uchun ulardagi kuchlanishi
doimiy tekshirib turiladi. Ularda ishlab
chiqilayotgan kuchlanish
ixtiyoriy vaqtda 48V dan oshsa (U
2
≥48
V yoki U
3
≥48
V) energiya istemol
qiluvchi obektlar qaysi manbaga ulanganidan qatiy nazar, uziladi hamda
rele orqali qayta tiklanuvchi elektr ta’minot manbalaridan biriga ulanadi.
Qurilma uchun ishlab chiqilgan immitatsion modelda qo‘llanilgan
konvertor, MET hamda ShETdan keluvchi 220V o‘zgaruvchan
kuchlanishni 48V o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartirib beradi.
Immitatsion modeldagi GSM modul ma’lumotlarni ko‘rish, tahlil
qilish va monitoring tizimiga uzatish uchun hizmat qiladi. Sensorlar
Arduino mikrokontroller blokining xamma portlariga ulangan bo‘lib, u
58
operator tomonidan zarur bo‘lganda tizimni tahlil qilish va malumotlar
bazasiga uzluksiz taminlab berish uchun mo‘ljallangan. GSM moduli
Arduino mikrokontroller blokining D0 (RX), D1 (TX) raqamli portiga
ulangan bo‘lib,
manbalarning quvvatlari, sarflanayotgan energiya va
adaptiv boshqaruv to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring markazi
serveriga real vaqt davomida mobil internet tarmog‘i
orqali yuborish
uchun hizmat qiladi.
Model yordamida energiyani MET, ShET, QET, AB sidan va manbalar
kombinatsiyasidan olishda qurilmaning chiqish signali o‘zgarishlarini
tadqiq qilinadi[94; 36-37-b, 95; 88-89-b ].