I. Yorug’likning sochilishi




Download 407.5 Kb.
bet9/20
Sana04.02.2023
Hajmi407.5 Kb.
#41027
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
YORUGʻLIKNING SOCHILISHI
sardor, navruz, MAPLE maqola Magistr, LOYIHA METODI ASOSIDA O, resources-1, Kuchaytirgich - Vikipediya

(17.7)

ko‘rinishda tasvirlashga imkon beradi, bu yerda - muhitning zichligi (g/sm3), T - absolyut temperatura, S - adiabatik siqiluvchanlik, - issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti, sp - 1 g moddaning o‘zgarmas bosim sharoitidagi issiqlik sig‘imi, V -yorug‘likni sochib yuborayotgan hajm.

(17.7) formulada katta qavs ichidagi birinchi had zichlikning adiabatik fluktuatsiyalari (bosim fluktuatsiyalari) tufayli sochilgan yorug‘lik intensivligini bildiradi, ikkinchi had esa zichlikning izobarik fluktuatsiyalari (entropiya fluktuatsiyalari) tufayli sochilgan yorug‘lik intensivligini bildiradi. Quyidagi taqribiy tenglikni yozish mumkin:

Agar mashhur termodinamik munosabatdan foydalansak (bu yerda T - izotermik siqiluvchanlik), (7.7) formula

(17.8)

ko‘rinishga keladi; bu formulani birinchi bo‘lib Eynshteyn topgan va shuning uchun u Eynshteyn formulasi deyiladi.

(17.5) va (17.6) formulalardan Releyning I1/4 qonuni kelib chiqadi. Shunday qilib, osmonning zangori bo‘lishiga yorug‘likning molekulyar sochilishi sabab bo‘ladi.




II Yorug’lik sochilish turlari
2.1 Sochilishning turlari
Yorug’lik muhitga tushganda qaytish, sinishdan, tashqari sochiladi ham, masalan, bulutda, tumanliklarda yoki kolloid eritmalarda yoki havoga chiqqan tutun, sut, sovun eritmasi va ko’pgina xira muhitlarda sochiladi. Bularning hammasini oqarib ko’rinishi ularda quyosh nurini sochilishidir.
Bu yerda sochilgan nurning oq bo’lib ko’rinishining sababi yorug’lik sferik zarrachalardan diffuzion qaytadi. Ammo optik jihatdan toza bo’lgan shaffof muhitda ham yorug’lik sochiladi. Bu yerda sochilishga sabab zichlik fluktuatsiyasi temperatura fluktuatsiya, konveksiya, fluktuatsiya va boshqa fluktuatsiyalar sabab bo’ladi. (Fluktatsiya har qanday kattaliklarning o’rtacha kattalikdan chetlanishidir). Shu xildagi turli xil fluktuatsiyalar tufayli optik jihatdan bir jinsli bo’lgan muhitda yorug’likni sochilishini yorug’likning molekulyar sochilishi deb yuritiladi.
Molekulyar sochilgan yorug’likning intensivligi, qutblanish darajasi spektral sostavi va boshqa turli parametrlarini o’rganish fizikaviy optikaning yoki molekulyar optika masalalarini echishga juda qo’l keladi. Chunki yorug’likning sochilishiga sabab bo’lgan har qanday protsess sochilgan yorug’lik parametrlarida o’zining izini qoldiradi (spektri, qutblanishi). Shuning uchun ham molekulyar sochilish moddalar xossalarini o’rganishda juda ham aniq metod bo’lib qolgan. Masalan: Avogadroning sonini turli yo’llar bilan topish mumkin. Molekulalarning o’lchamini bilish mumkin.
(1g mol molekuladagi molekulalar soni Avogadro soni).
Yorug’lik sochilishini o’rganishda birinchi muvaffaqiyatga Tindal erishgan.
U uzunligi 1 m bo’lgan diametri 7 sm shisha trubka oldi. Uning ichidagi havosini so’rib olib ichiga mayda zarrali chang to’ldirdi va shisha trubkaga o’qi bo’ylab parallel nurlar dastasini yuboradi

va trubkani turli tomonlardan kuzatadi. Kuzatish natijalarini 1868 yilda e‘lon qildi va u qo’yidagi asosiy xulosalarga keldi.


1. Sochilgan yorug’lik ko’k rangga boyigan bo‘ladi.
2. Tushuvchi yorug’likka nisbatan 900 burchak ostida sochiladi.
3. Sochilgan yorug’lik to’liq yoki qisman qutblanadi.
Osmonning ko’k bo’lishini chang zarralaridan yorug’likni sochilishi deb tushuntiradi. Moviylikni Reley nazariyasi osongina tushuntiradi.

2.2 Reley qonunlari



Download 407.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 407.5 Kb.