mablag‘lari hisobidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari va
xodimlarining malakasini oshirish;
5.1.6. Ota-onalar bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (shu
jumladan o‘qituvchilar,
murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
5.1.7. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning
tashkilotda bo‘lish vaqtini ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib belgilash, 5
kunlik ish haftasi uchun,qoida tariqasida,9 soatli kunlik ish tartibini joriy etish, oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi
talablaridan kelib chiqib 6 kunlik
ish haftasini ham joriy etish;
5.1.8. Xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga tarbiyachi va tarbiyachi
yordamchisi ishini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish;
5.1.9. Ta’lim berish jarayonida Davlat sherigi tomonidan tasdiqlangan o‘z
(mualliflik) dasturlaridan foydalanish.
5.1.10. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan subsidiya olish;
5.1.11. NMTTBATning mobil ilovasini yuklab olish,
NMTTBATning internet-sayti
yoki mobil ilovasi yordamida NMTTBATga kirib, unda ko‘rsatilgan ommaviy oferta
talablari va shartlari bilan tanishish, ushbu axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘z
roziligini bildirish va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash.
5.1.12. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
tarbiyachilari va
tarbiyachi yordamchilari ishda bo‘lmagan vaqt (mehnat ta’tili, o‘z hisobidan ta’til,
kasallik varaqasi ochilgan davr va boshqa holatlar)da ularning o‘rniga vaqtincha boshqa
tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilarini yollash va ularning ishlagan kunlari bo‘yicha
haqiqiy davomatidan kelib chiqib, ular haqida ma’lumotlarni NMTTBATga kiritgan
holda ish haqi uchun subsidiya olish;
5.1.13. Uch yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2
yosh va undan katta yoshdagi), shu jumladan, 7 yoshga to‘lgan, biroq maktabga qabul
davrini kutayotgan
bolalar uchun subsidiya olish;
5.1.14. Texnik yoki boshqa sabablarga ko‘ra hisobot oyida NMTTBATda
subsidiyaning ortiqcha yoki kam hisoblanganligi aniqlanganda, hisobot oyidan keyin
keladigan oyda ushbu subsidiyalarni tegishli summalar qo‘shilgan (yoki kamaytirilgan)
holda olish;
5.1.15.
Foyda olish;
5.1.16. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot
tizimidan foydalangan holda xabarnoma berish orqali o‘z tashabbusi bilan faoliyatini
to‘xtatish.