|
VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNIBog'liq 7350a135-ccd9-4c82-86c9-2715dd5c2915VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI
HAL QILISH TARTIBI
6.1. Tomonlar ushbu Bitimga ko‘ra zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmaslik
yoki lozim darajada bajarmaslik uchun qonun hujjatlariga va mazkur Bitim shartlariga
muvofiq javobgar bo‘ladi.
6.2. Xususiy sherik bolalar salomatligi, xavfsizligi, ta’lim-tarbiya sifati,
NMTTBATga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
Xususiy sherik NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi
natijasida subsidiyalar hisoblanmasligi va to‘lanmasligi yuzasidan javobgardir;
6.3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan bir bolaning
ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola
(tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning
asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda:
mazkur tarbiyalanuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnagan
barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat budjetiga undiriladi;
ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday
holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reestridan chiqariladi va u bilan davlat-xususiy
sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinib, qayta tuzilmaydi.
6.4. Ushbu bitimning shartlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha
kelishmovchiliklar Tomonlarning o‘zaro muzokaralar o‘tkazishi orqali hal etiladi.
6.5. Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda vujudga kelgan nizolar qonun
hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida hal qilinadi.
|
| |