Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 979 mehmonhona biznesida nizolarni oldini olish yo’llari




Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.03.2024
Hajmi0.74 Mb.
#169388
TuriИсследование
  1   2
Bog'liq
biznes iqtisodiyot fanining oquv dasturi, Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
979 
MEHMONHONA BIZNESIDA NIZOLARNI OLDINI OLISH YO’LLARI 
 
Muqumov Latif 
 Buxoro Davlat Universiteti,
"Iqtisodiyot va turizm" fakulteti, 2-bosqich magistri 
 
Annostatsiya: Nizolarni samarali boshqarish usullarini tahlil qilish. Har bir tashkilot 
bo’ladimi, mehmonxona bo’ladimi, albatta bu yerda nizolar vujudga kelib turadi. Bu 
nizolarning oldini olish, bartaraf etishda esa shu mehmonxonadagi xodimlarning va asosiysi 
rahbarning o’rni beqiyosdir.  
Kalit so’zlar. Mehmonhona, ichki nizo, korxona, rahbar, malaka oshirish, 
mehmonxona, tranzit turistlar, ekskursion, assortiment, texnologiya. 
Mehmonxonalarda kelib chiqadigan nizolar ikki guruhga bo’lib o’rganildi. Bu ikki 
bo’lim ham o’z navbatida qismlarga bo’linadi. Asosiy nizolar ichki va tashqi nizolar 
hisoblanadi. Mehmonxonada bu nizolarning oldini olishning ham turli yo’llari mavjuddir. 
Shulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Masalan: Mehmonxonalarda rahbar faoliyati muhim 
hisoblanadi. Rahbar bilan bog’liq nizolarning kelib chiqishiga rahbarning talabchanligi yoki 
vazifani noto’g’ri berishi sabab bo’ladi. Bunday xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun esa, ya’ni 
nizoning oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 
- Birinchi navbatda rahbarning menejerlik malakasini oshirish kerak. Chunki rahbarda 
o’z xodimlari bilan munosabati, uning liderlik qobiliyatini oshirish va tashkiliy munosabatni 
rivojlantirishi kerak bo’ladi. Buning uchun esa maxsus yo’lga qo’yilgan malaka oshirish 
kurslariga qatnashishlari shart bo’ladi. Bunday malaka oshirish kurslariga hech 
bo’lmaganda yiliga ikki marta rahbar qatnashsa, rahbarning ish faoliyati yaxshilanadi, 
nizolar kamayadi, uning tajribasi oshadi; 
- Yana bir muhim jihati rahbarning vazifani noto’g’ri berish orqali kelib chiqadigan 
nizolarning oldini olish. Buning uchun esa quyidagilarni amalga oshirish lozim. Birinchidan 
vazifalar bajarilishini rahbar ta’minlash kerak bo’ladi. Buning uchun esa mehmonxona 
nizomlarini ishlab chiqarish kerak, ya’ni har bir hodim o’z lavozimidan kelib chiqib 
vazifalarini bajarishlari shart hisoblanadi. Mehmonxonada nizomlar ishlab chiqilgandan 
so’ng barcha vazifalar bajarilishi tartiblashadi. Agar rahbar vazifani biror xodimga topshirsa, 
lekin bu vazifani bajarish bu xodimning vazifasiga kirmasligi tufayli ham nizolar kelib 
chiqishi mumkin. Shuning uchun rahbar bunday nizolarning oldini olish uchun vazifalarni 
to’g’ri taqsimlashi lozim bo’ladi. 
Shuningdek mehmonxona xodimlari o’rtasida ham o’zaro nizolar vujudga kelib turadi. 
Bunday nizolarning oldini olish uchun birinchi navbatda mehmonxonada targ’ibot tashviqot 
ishlariga, shuningdek xodimlarga turli xildagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o’tkazib turish, 
xodimlar o’rtasidagi munosabatlarga rahbar ham e’tibor berishi lozim. Xodimlarda agar 
muammo kelib chiqsa, bu xodimga shu muammolarini hal qilishga yordam berish muhim 


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
980 
hisoblanadi. Bundan tashqari mehmonxonalarda vazifalarni bajarish bilan bog’liq nizolar 
ham kelib chiqadi. Bunday nizolarning oldini olish uchun esa quyidagilarni bajarish lozim. 
Birinchi navbatda xodimlarga vazifalarini bajarish uchun barcha sharoitlarni mehmonxona 
yaratib berishi lozim. Ya’ni bu texnikaviy sharoit bo’ladimi, moliyaviymi, barcha sharoitlarni 
yaratib berish lozimdir. Bundan tashqari mehmonxonada vazifalarni bajarish bo’yicha 
nizomlar ishlab chiqish lozim. Shu nizom asosida xodim o’ziga tegishli bo’lgan vazifalarni 
bajaradi. Shu vazifani bajarishda xodimga rahbar yoki malakasi yuqoriroq bo’lgan xodimlar 
o’z maslahatlarini ayamasliklari zarur. 
Shuningdek mehmonxonadagi ichki nizolarning yana bir turi bo’lgan tashkiliy 
munosabat bilan bog’liq bo’lgan nizolarning oldini olish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish lozim. Bu yerda ham birinchi navbatda xodimlarning malakasi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Xodimlarning malakasi qancha yuqori bo’lsa, bu xodimning ishga bo’lgan 
munosabati ham boshqacha bo’ladi. Buning uchun esa xodimlar uchun ham yiliga kamida 
bir marta malakasini oshirib turishi kerak. 
Xodim malaka oshirish kurslarida o’zida bo’lgan kamchiliklarni to’ldiradi va bu esa 
kelajakda o’z ishini yaxshi bajarishiga omil bo’ladi. Bundan tashqari rahbar o’z xodimlarida 
o’z ishiga javobgarlik his qilishlarini, vazifalarini sidqidildan bajarishlarini, o’z vakolatlaridan 
kelib chiqqan holda ish yuritishini, shuningdek o’z xodimlarini bo’ysinishini ham ta’minlashi 
zarurdir. Xodimlarda bunday xislatlarni mujassamlashtirishda uning malakasi va rahbar 
faoliyati muhim hisoblanadi. 
Nizolarning yana bir turi bo’lgan kommunikasiya bog’liq bo’lgan nizolarning oldini 
olish ham juda muhimdir. Asosan bunday nizolar xodimlarning madaniyati pastligi, ularning 
o’rtasidagi yomon muomala tufayli, rahbarlar tomonidan xodimlarga buyruqbozlikning 
ko’pligi tufayli kelib chiqadi. Bularning oldini olish uchun esa birinchi navbatda 
mehmonxonada turli xil madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazib turishi kerak. 
Bunda rahbarning faolligi muhim hisoblanadi. Rahbar o’z xodimlariga “Biz bir jamoamiz” 
tushunchasini to’g’ri tushuntirishi lozimdir. Shuningdek mehmonxonadagi yoshi ulug’ 
xodimlarning yoshlarga maslahati ham muhimdir. Chunki yoshlar yoshi ulug’ xodimlardan 
olgan bilimlari evaziga ish yuritadilar. 
Demak mehmonxonada bo’ladigan ichki nizolarni oldini olishda asosan quyidagi 
omillar muhim hisoblanadi 
1. Rahbar va xodimlarning malakasi
2. Xodimlarga yaratilgan sharoitning yaxshiligi; 
3. Mehmonxonada turli xildagi ya’ni madaniy-ma’rifiy uchrashuvlarni o’tkazib turish; 
4. Vazifalarni to’g’ri taqsimlash; 
5. Mehmonxonadagi xodimlarning o’zaro munosabatlarini yaxshilash va boshqalardir. 
Mehmonxonada vujudga keladigan nizolarning yana bir turi bu tashqi nizolardir. Bu 
nizolar asosan sheriklar bilan kelib chiqadi. Masalan, shartnoma va birlashmalar bilan 
bog’liq nizolarning oldini olish uchun birinchi navbatda 2 korxona o’rtasida tuzilgan 


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
981 
shartnomani to’g’ri tahlil qilish va shu shartnomada belgilab qo’yilgan o’ziga tegishli 
vazifalarini o’z vaqtida bajarishi lozim bo’ladi. 
Mehmonxonada mijoz va rahbar o’rtasida ham nizoli vaziyatlar uchrab turadi. Bularga 
sabab rahbarning malakasi pastligi, o’z xodimlarining yonini olishi, nohaq bo’lsa ham va 
boshqalar. Bularning oldini olishda rahbardan birinchi navbatda o’z xodimlarining oldini 
olmasligi ya’ni agar xodim mijozlarni ranjitsa, rahbar esa xodim tarafini olsa bu vaziyatda 
mijoz va rahbar o’rtasida nizo kelib chiqadi. Shuning uchun rahbar ham mijozlarning 
talablarini to’laroq qondirishi kerak. Rahbar oddiy xodim va mijoz o’rtasidagi nizoli 
vaziyatni to’g’ri baholab, tinch yo’l bilan hal qilishga urinishi kerak. Bu jarayonda rahbardan 
birinchi navbatda mijozlar bilan ishlash malakasi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar iloji 
bo’lsa rahbar malakasi yuqori bo’lgan xodimlar bilan ham doimo birgalikda, bamaslahat ish 
olib borishi lozim. Katta-katta mehmonxonalar rahbarlari tajribasini o’rganish ham, 
kelajakda o’ziningg ishida ham katta foyda keltiradi. Biz mehmonxonalarda vujudga 
keladiga nizolarning, ya’ni tashqi mijoz va sheriklar o’rtasidagi nizolarning oldini olishda 
asosan quyidagi omillardan foydalaniladi.
1. Korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni to’g’ri tushinib olish (har bir bandini);
2. Korxonalar o’rtasidagi ma’suliyatni to’g’ri taqsimlanishi va uni nazorat qilish;
3. Ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini doimo nazorat qilish;
4. Korxonada xodim va mijoz o’rtasidagi munosabatni to’g’ri yo’lga qo’yish, 
xodimlarni nazorat qilish rahbar tomonidan;
5. Rahbarlarning odilona qaror qabul qilishlari ta’minlash va boshqalar. Asosan shu 
omillar orqali nizolarning oldini olish mumkin. Shuning uchun ham har bir korxona bu 
omillarga e’tiborli bo’lishlari shart.
Har bir korxona yoki tashkilotda bo’lgani kabi mehmonxonalarda ham nizolarning 
oldini olish muhim hisoblanadi. Buning uchun esa mehmonxonalarda avvalo xodimlarning 
malakasini oshirish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham mehmonxonalarda xodimlar 
malakasini oshirishga katta e’tibor beriladi. Umuman olganda kadralar malakasini oshirish 
ta’lim turlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari talablari asosida kasbiy mahorati doimiy 
ravishda o’sib borishini, o’quv tarbiya jarayonini yuqori darajada olib borilishini 
ta’minlaydigan interaktiv metodlari bo’yicha kasbiy bilimlar malaka va ko’nikmalarni 
muntazam ravishda yangilab borish hisoblanadi. Malaka oshirish bo’yicha ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasasida o’qitish – ta’lim muassasalarining yakka tartibdagi topshiriqlarini yoki 
aniq yo’naltirilgan dasturlari va mehnat bozorining takliflari asosida, ta’limninig tegishli turi 
o’quv-tarbiya jarayonining monetoringi natijalarini va kadrlar tayyorlash sifatini hisobga 
olib davlat talablariga, shuningdek ta’limni boshqarish vakolatli davlat organi talablariga 
muvofiq ishlab chiqilgan fanlar bo’yicha maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o’zlashtirish. 
Malaka oshirishning bu turida asosan o’z mutaxasisligiga yaqin bo’lgan joylarda malakani 
oshirishadi. Masalan, yetakchi korxonadagi malaka oshirish xodim uchun juda katta 
imkoniyat. Xodim o’z ish joyidan har taraflama yetuk bo’lgan korxonada malaka oshirish 
juda samarali boladi. 


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
982 

Download 0.74 Mb.
  1   2




Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 979 mehmonhona biznesida nizolarni oldini olish yo’llari

Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish