Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023




Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/66
Sana09.03.2024
Hajmi1.6 Mb.
#169404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023
144270, biznes iqtisodiyot fanining oquv dasturi


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rekreatsiya va turizm geografiyasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Chirchiq-2023 



 
Rekreatsiya va turizm geografiyasi. O‘quv qo‘llanma. 
UDK. 911.338(075,8) 
 
Mazkur qo‘llanmada rekreatsiya va turizmga oid fanlarni o’qitishda 
va amaliyotda zarur bolgan tushuncha va atamalar hamda turizm va 
rekreatsiya geografiyasining hozirgi zamonda iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek o’quv 
qullanmada madaniy va tarixiy rekreatsiya hamda rekreatsiyaning 
rivojlanish omillari, rekreatsion faoliyat klasifikatsiyasi, rekreatsiyani 
rivojlantirishda turistik tashkilotlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. 
Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari geografiya, 
geografiya o‘qitish metodikasi, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 
yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan magistrantlar, 
katta ilmiy xodim-izlanuvchi va tadqiqotchilar hamda rekreatsiya va 
turizm sohasi bilan qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin. 
Taqrizchilar: 
 
 



Kirish 
O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish 
bo‘yicha taraqqiyot strategiyasida ishlab chiqarish kuchlarini, xususan 
sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini jadal rivojlantirish va oqilona 
hududiy tashkil etish masalalariga katta ahamiyat beriladi. Mamlakat 
iqtisodiy strategiyasining o‘zagini tashkil etgan Rekreatsiya va turizm 
sohasining samaradorigi va uning sifat ko‘rsatkichlarini rivojlantirish 
hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish 
bo‘yicha “Taraqqiyot strategiyasi” III- qismining 5 bandida “Viloyat, 
tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal 
foydalanish: hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish ko‘llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan 
tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish 
yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish” masalalari belgilab 
berilgan. 
Rekreatsiya va turizm sohasining rivojlanish jarayonlari, tabiiy, 
moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mamlakat ishlab 
chiqarish kuchlarini, uning tarmoqlarini samarali hududiy tashkil etish 
bilan uzviy bog‘liq. Iqtisodiy dasturlar, xususan tuirizm sohasini 
kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish tarmoq va hududiy 
rejalashtirish tamoyillarini samarali amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. 
Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida maqsadli 
dasturlarni ilmiy asoslash, eng muhim ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy 



muammolar bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish dolzarb 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Kompleks 
dasturlar, 
masalan, 
agrosanoat 
tarmoqlarini 
rivojlantirishning maqsadli dasturlari eng muhim vazifalar(tarmoqlararo 
tavsifdagi)ni amalga oshirishda resurslarni jamlash imkoniyatini yaratadi. 
Ushbu dasturlar o‘rta va uzoq muddatli tavsifga ega bo‘ladi. 
Iqtisodiyotdagi hududiy mutanosibliklar va yangi hududlarni industrial 
o‘zlashtirish talablaridan kelib chiqib tuziladi. 




Download 1.6 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023

Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish