|
Mavzu. Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari. Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 141,11 Kb. | | #157558 |
Bog'liq 3-mavzu~
- mavzu. Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari.
Reja:
Yangi turdagi tashkilotlardagi integratsiyalashish va har tomonlama rivojlanish jarayonlari.
Kompaniyaning har tomonlama rivojlanishi strategiyasi.
Innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakllari.
Innovatsion markazlar.
Yangi turdagi tashkilotlardagi integratsiyalashish va har tomonlama rivojlanish jarayonlari.
Yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va har tomonlama rivojlanishning o’zaro bir birlarini to’ldiruvchi jarayonlaridan keng foydalaniladi. Vertikal integratsiyalashish yoki o’tgan bosqichlar bilan uyg’unlashish ham yagona tashkilot doirasida ichki tashkiliy bozor orqali va ham doimiy shartnomalar asosida tashkil qilinishi mumkin. Integratsiyalashish kompaniyaning ilmiy – tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini faollashtirish sifatida yo’naltirilgandir. Aralash korporotiv – bozor asosida doimiy va vaqtincha turdagi, bir tomondan innovatsion davraning barcha bo’g’inlarini integratsiyalashishga, boshqa tomondan esa alohida firmalar, innovatsion biznes korxonalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ham bir birlari bilan va bozor iqtisodiyotining boshqa institutlari bilan muvofiqlashtirish va jipslashtirish mexanizmlarini yaratishga asoslangan yangi tashkiliy qurilmalar shakllanadi.
Bunday firmalararo integratsiyalashishning o’ziga xosligi tashqi muhitga ko’proq moslashish va sheriklar faoliyatiga zaruriy ravishda birikish va vaziyatli o’xshashdan iboratdir. U sinergik (o’zaro hamkorlikdagi) samara bilan ta’riflanadi, bu samara iqtisodiy tashkilotning oraliq shakllari turidagi tashkiliy qurilmalarida eng yuqori ahamiyatga erishadi, bu shakllardan bir qismi instituttsional tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi. Integratsion – tarkibiy o’zaro hamkorliklarning eng ilgallab ketgan shakllari ham moliya –sanoat guruhlarida va ham innovatsion tadbirkorlikning yangi sohalarida vujudga keladilar. Integratsion – tarkibiy jarayonlarni birikishining mexanizmi venchurli (tavakkalchilik bilan kiritilgan sarmoyali) talbirkorlikda to’liqroq gavdalanadi.
Bo’lg’uvsi innovatsion jarayon uchun ko’p sonli moliyaviy bozor, ilmiy va davlat institutlari bilan integratsiyalangan venchurli sarmoyalarga suyanish xosdir. Innovatsion faoliyatning institutsional tuzilmalaridagi xatarli sarmoyalarni taqsimlanishi 1 – rasmda berilgan.
Молия институтлари
Янги корхоналарни ташкил қилиш
Бозор институтлари
Бозорнинг тузилишини ўзгатириш
Инновацион бизнеснинг эгалари, ижрочилари
Венчурли сармоядорлар
Янги тузилмаларни ташкил қилиш
Йирик корпорациялар
Академик марказ
Университетлар
Институционал сармоядорлар
Фойдани шакллантириш, уни қайтадан молиялаштириш ва ҳ.к
|
| |