|
– rasm. Har tomonlama rivojlanish strategiyalarining variantlari
|
bet | 4/6 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 141,11 Kb. | | #157558 |
Bog'liq 3-mavzu~2 – rasm. Har tomonlama rivojlanish strategiyalarining variantlari.
2 – rasmdan ko’rinishiga, tashkilot uchun har tomonlama rivojlanishning oltita strategiyalari eng katta ahamiyatga ega:
Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo’shma korxonalar tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish.
Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish.
Turdosh bo’lmagan sohada har tomonlama rivojlanish.
Ishlab chiqarishni yig’ishtirish va tuzatish.
Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish.
Ko’p millatli har tomonlama rivojlanish.
Agar yangi sohaga kirib borish, yangi kompaniya yoki qo’shma korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o’rinlarini egallash uchun qo’llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig’ishtirish va tugatish va transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko’ra, kuchli va etarlicha keng har tomonlama rivojlangan korporatsiyalarda vujudga keladi.
3.Innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakllari
Innovatsion faollik va iqtisodiyotni global axborotlashuvi kompaniyalar va korporatsiyalarning butun XX asr davomida shakllangan tashkil qilish tamoyillarini tubdan o’zgartirib yubordilar. 1990 yillardagi markazlashtirilmaslik, ommalashtirmaslik va sayentifikatsiyani kuchayishi tendentsiyalari dastavval kichik korxonalar, mehnat jamoalari va jamiyat tashkilotlari darajasida hafsalani pir qildilar. Ushbu davrda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari xodimlarining muvofiqlashtirilgan harakatlari asosiy rolni o’ynaganlar, iqtisodiy jarayonlarni – ilmiy izlanish bilan band bo’lgan kreativ shaxsni
o’qitishdan tortib to yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni shakllantirish va virtual kompaniyalarni tashkil qilishgacha – ko’proq takomillashtirish ularning asosiy vazifasi bo’lib qolgan. Birinchi marta innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari o’zini – o’zi, boshqaruvchi ishlab chiqarish assotsiatsiyalarda paydo bo’lgan. Xuddi shu erda kreativ (ijodiy) salohiyatdan ko’proq foydalanish va texnologik va sotsial taraqqiyotni jadallashtirishga imkoniyat bor.
Yangi tashkiliy shakllarni o’ziga xosligi faol raqobatni sheriklik va shaxsiy ijodiyot bilan birlashtirish zarurligi bilan belgilanadi. Vaqtincha qisqa muddatli bitimlardan tortib yirik moliya – sanoat guruhlarigacha bo’lgan tadbirkorlik assotsiatsiyalari va firmalararo alyanslar (birlashmalar) bunday o’zaro hamkorlikning yangi tashkiliy shakllari bo’lganlar.
Kuchli davlat ta’siriga ega bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda assotsiyatsiyalar uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini belgilashda muhim rol o’ynaydilar. Bunday assotsiyatsiyalar ko’pincha kasaba uyushmalari va davlat bilan kelishuvlarga egalar, bu ularning muvaffaqiyatini belgilab beradi.
Bunday assotsiatsiyalarning ilmiy – texnik markazlari yangi texnologik tartibni shakllantirish bilan bog’liq asosan yangi innovatsion rivojlanishning muammolarini hal qiladilar.
Sanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, o’zlashtirish va tarqatilishi jarayonlarida sohaviy assotsiatsiyalar alohida rol o’ynaydilar, ular Yaponiyada tashqi savdo va sanoat vazirligi homiyligi ostida ko’proq tarqalganlar. Rossiyaning sohaviy assotsiatsiyalari ham ko’p ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishlar, asbobsozlik, mashinasozlik va h.k. rivojlanishida katta rol o’ynaganlar.
Agar sanoat kompaniyalarining milliy assotsiatsiyalari deb ataluvchilar (masalan, AQShda) mamlakatning ilmiy – texnik rivojlanishining milliy ko’rinishini belgilab bersalar, ko’pgina mintaqalarda sanoat firmalari sohaviy assotsiatsiyalarining asosiy vazifasi ilmiy – texnik va texnologik yangiliklarni tadbiq etish asosida korxona xo’jalik faoliyatini samaradorligini oshirishga ko’maklashishdir. Assotsiatsiyalarning bir qismi standartlashtirish va sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etadilar, xodimlarni ilmiy texnik rivojlanishning yangi yo’nalishlari bo’yicha o’qitish va qayta tayyorlash bilan shug’ullanadilar. Firmalar tadbirkorlik assotsiatsiyalari faoliyatining muhim maqsadlaridan biri ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ishlab chiqarishni g’oyatda jamlanishi va “tarkibiy yaxshi bo’lmagan” sohalarni modernizatsiyalashga yo’l qo’ymaslik Yaponiyadagi bir qator assotsiatsiyalarning xizmatidir.
O’zining tarkibida muammoli – izlanish xarakteriga ega fundamental tadqiqotlar bo’yicha bo’linmalar, hamda tadbiq etish, tahliliy, iqtisodiy guruhlarga ega tadqiqot assotsiatsiyalari innovatsion davraning boshlang’ich bosqichini faollashtirishda muhim rol o’ynaydilar. Tadqiqot assotsiatsiyalari akademik OO’Yu sektori va sanoat ishlab chiqarishi o’rtasidagi yaqindan o’zaro hamkorlikni o’rnatish uchun mo’ljallanganlar.
Tadqiqot assotsiatsiyalar yapon tajribasining tahlili innovatsiyalarni taqdim etish mexanizmidagi muhim xususiyat: kooperatsiya tamoyillarini birlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rejali tashkil qilish, yangi mahsulotni bozorga tadbiq etish bosqichida ishtirokchilar o’rtasidagi keskin raqobatga ega. bir markazdan innovatsiyalarni tadbiq etish va o’zlashtirishning murakkab ko’p bosqichli jarayonini muvofiqlashtirishni ajratadi.
Tadqiqot assotsiatsiyalarini kattaroq innovatsion va ijoriy salohiyatga ega firmalar va mustaqil bo’linmalar orasida tanlov bo’yicha shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot assotsiatsiyalarini takshil qilishning xuddi shunday shaklida raqobat va kooperatsiyalashishning birlashishiga asoslangan va 90 yillarning o’rtalarida rivojlanish olgan “manfaatdor guruhlar kontseptsiyasi”ning birinchi nihollari o’sib chiqa boshlaganlar.
Assotsiatsiyalar iqtisodiyotdagi ziddiyatli boshlanishlarni chatishib ketishlar va o’zaro kirib borishlar uslublaridan foydalanishda katta tajriba to’plaganlar. Texnik takomillashish va texnologik yangilanishning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishda ular ko’pgina ishtirokchilarning birlashgan harakatlaridan foydalanish, ko’pgina ishtirokchilarning hamkorlikdagi harkatlarining muvofiqlashuvini amalga oshirish, bunda kattaroq daromad olish maqsadida firmaning bozordagi hulqi raqobatli undovchi sabablarini yo’qotmaslikni uddasidan chiqqanlar.
Assotsiatsiyani rejali iqtisodiyot va bozor raqobat birligi g’alabasining yaqqol misoli ko’rinishida tasavvur qilish kerak emas. Bunday tashkilotlarning yuqori moslashuvchan va janjalsiz xarakteriga qaramasdan tovar ishlab chiqaruvchilarni yangiliklarni tadbiq etishga va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga undovchi usullar va sabablarning qat’iy ierarxiyasi ko’zga tashlanadi. Masalan, assotsiatsiyaning markazida, qoidagi ko’ra, etkazib beruvchilar, subetkazib beruvchilar, pudratchilar va subpudratchilar shoxlanib ketgan tizimiga ega, ko’proq darajada bitta buyurtmachiga ishlovchi yirik firma turadi. Radikal yangiliklarni “syuzeren” (hokim) firmadagi ishlab chiqarishga faol tadbiq etishning boshqa u bilan bog’liq subpudratchiga to’ldiruvchi, birga bo’luvchi, qo’llab – quvvatlovchi yangiliklarni tadbiq etishdan boshqa chora qolmaydi. Ularsiz u nafaqat ushbu assotsiatsiya ichidagi sheriklik munosabatlardan darhol “tushib qoladi”, balki bozorda raqobat mag’lubiyatga uchraydi.
Kooperatsiya va raqobatni bunday chatishib ketishi keyingi o’n yilliklarda strategik alyanslar va koalitsiyalar doirasidagi firmalararo hamkorlikni tashkil qilishda paydo bo’lgan.
Tadbirkorlik assotsiatsiyalari, strategik alyanslar va koalitsiyalar iqtisodiyotidagi o’ziga ko’proq jalb qiluvchi “yumshoq” assotsiatsiyalanuvchi (birlashuvchi) “metatuzilma”dan iborat. Ular nafaqat hamkorlikdagi harakatlarni birlashtirishning eng arzon va samarali usuli sifatida ko’rib chiqiladi. “Yumshoq metatuzilmalar”ni tashkil qilishda ularni ishlab chiqarishdagi bazisli tamoyillar va fundamental g’oyalarni takomilashtirish va rivojlantirishga qaratish muhimdir. “Yumshoq guruhlar”ning raqobatlashuvi ishtirokchilari yangiliklarni har tomondan sinovdan o’tkazganday bo’ladilar, sheriklik harakatlari esa resurslarni muhim yo’nalishda jamlashga yordam beradilar.
“Yumshoq metatuzilmalar” innovatsion jarayonni davrada amalga oshirilishi tufayli, innovatsion o’zgarishlarning samaradorligini ko’p marta oshiradilar. Bunday tuzilmalarda:
yangilikni ishlab chiqarish bosqichidagi innovatsion xatar ko’p marta kamayadi;
tor ixtisoslashishning samarasidan to’liqroq foydalaniladi;
har bir firma o’z omilkorligi sohasini mustahkamlaydi va rivojlantiradi;
ishtirokchilar uchun xususiy maqsadlarga erishishning haqiqiy imkoniyatlari yaratiladi;
innovatsion davraning barcha bosqichlaridan harajatlarni kamaytirishning haqiqiy imkoniyati amalga oshiriladi;
yangiliklarni diffuziya va tarqatilishi jarayoni ancha jadallashadi;
yangilikni bozorga muqobil chiqishi xatari pasayadi;
innovatsion davraning yakuniy bosqichidagi faol raqobat innovatsion samaradorligini oshiradi va yangilanish strategiyasini faollashtiradi.
“Yumshoq shakllar”ni o’ziga jalb qilishligi nafaqat ichki shartnoma munosabatlarining samaradorligi bilan, balki turdosh mahsulotni ishlab chiqaruvchilar tomonidan birlashish va bozorni rag’batlantirishga motivatsiyalar (undovchi sabablari) bilan bog’liqdir. Metatuzilmalar asosidagi innovatsion jarayonning samarasi ham innovatsion jarayonning “maydoni”, innovatsiyalar bozorlarini kengayishi va ham mehnatni taqsimlanishining samaradorligini o’sishi va ilmiy – texnik va innovatsion salohiyatlarni oshishidan iboratdir. Metatuzilmalarni har tomonlama kattaroq rivojlanishi qo’shma innovatsion jarayonning orbitasiga nafaqat juda yirik firmalarni, balki har xil ko’lamdagi innovatsion biznes, kredit – moliya tashkilotlari va moliya institutlarini jalb qiladi.
Strategik alyanslar “yumshoq tuzilmalar”ning eng muhim shakllaridan biri bo’ladilar. Ularning maqsadi yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va uzatishni takomillashtirish kanallarini faollashtirish, hamda ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalarini tadbiq etishda o’zaro bir-birlarini to’ldiruvchi vazifalarni amalga oshirishdir.
Ko’p ilm talab qiladigan sohalar (robotlar, avtomatlashtirilgan oqimli liniyalarni ishlab chiqarish, mikroelektronika)dagi startegik alyanslar ITTKI takror ishlab chiqarish davrasining bir necha yoki barcha bosqichlarini qamrab oladilar. Bu alohida yashash davri doirasidagi qo’shma ilmiy faoliyat haqidagi kooperatsion bilimlar turlarining keng turli tumanligiga halaqit bermaydi. Strategik alyanslarning yana bir xususiyati yangiliklarni ishlab chiqarish va o’zlashtirishni texnologiq tayyorlashgan qaratilayotgan alohida e’tibordan iboratdir. Gap shundaki, yirik kompaniyalar ko’pincha mavjud ishlab chiqarish apparatining yangiliklarini qabul qilishga kamroq uquvga egaligiga duch keladilar. Bu erda tatbiq etish va birinchi sanoat namunasini ishlab chiqarish bosqichi eng tor joy bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilgan sabablarga ko’ra yirik kompaniyalar kichik ixtisoslashgan tadbiq etuvchi biznes bilan alyans shaklidan bajonidil foydalanadilar.
Strategik alyanslar oldida ilmiy tadqiqotlar majmuasini o’tkazish, tegishli mutaxassislarni qidirib topish va tayyorlash, moliyaviy resurslarni izlab topish, laboratoriyalar, tadbiq etish markazlari, mahsulotni sinovlardan o’tkazish va sifatini nazorat qilish bo’linmalarni tashkil qilish vazifalari turibdi. Bozor talablarini qat’iylashgani va talabni turli tumanlashgani sari alyans faoliyatining maydoni qo’shni va turdosh ishlab chiqarishlarga ham tarqaladi. Har tomonlama rivojlangan alyanslar boshqa moliya – sanoat guruhlari oldida katta afzallikka egalar, bir tomondan bozordagi raqobat afzalligini tanlab olgan holda ushlab qolish imkoniyati, boshqa tomondan sarmoyalar kiritishlarning istiqbolli sohalarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishga asoslanganlar.
Konsortsiumlar firmalararo integratsiyalashishning istiqbolli turi bo’ladi. Innovatsion davraning barcha bosqichlarini integratsiyalash uchun mo’ljallangan bo’lib, ular, qoidaga ko’ra, faol ilmiy-tadqiqot, sanoat va tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borish uchun tashkil qilinganlar. Rossiya aviatsiya konsortsiumi misol bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Jahon bozoridagi innovatsion sohada ikki turdagi konsortsiumlar keng tarqalganlar. Birinchi turdagi konsortsiumlar fundamental va amaliy xarakterdagi shaxsiy uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishga mo’ljallanganlar. Ular bashoratlanadigan uzoq muddatli muvaffaqiyatga yuqori texnologik sohalarda ko’rinishdagi ustuvor ilmiy tadqiqotlarga qaratilgan. Bu erda bo’lg’uvsi bozor muvaffaqiyati hali ko’zga tashlanmaydi, ammo ilmiy-tadqiqotlar korporatsiyalar va davlatlarning asosiy ilmiy-texnik siyosatiga kiradilar.
Masalan, AQSh da bundan konsortsiumlar qattiq jism fizikasi, juda yuqori o’tkazuvchanlik hodisasi, sun’iy aqlning tadqiqotini o’rganish
uchun tashkil qilinadilar. Ular “tashqarida”gi, universitetlar va ilmiy markazlarning yirikroq laboratoriyalari bazasidagi ITTKIni rag’batlantirish uchun tashkil qilinganlar. AQSh va Yaponiyada o’nlab yirik korporatsiyalar bundan konsortsiumlar natijalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlari va nazorat qilishni amalga oshiradilar.
Innovatsion faoliyatni kuchaytirish uchun firmalararo kooperatsiyaning boshqa turlari, har xil ilmiy-sanoat majmualari, hamda moliya-sanoat guruhlarining ko’pgina turlaridan ham foydalaniladi. Bu tuzilmalarning eng muhim vazifalari xo’jalik aloqalarini barqarorlashtirish va ichki raqobat muhitini shakllantirish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solinishi, ishlab chiqarishni pasayishiga qarshilik qilishlarini kuchaytirishdan iboratdir. Iqtisodiyotni rivojlanishida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning miqdoriy va sifatiy tarkibi, ularning integratsiyalangan sarmoyalari tizimi elementlari bilan munosabatdoshligi birinchi o’ringa chiqaruvchi guruhlar eng katta ahamiyatga egalar.
Ko’p ilm talab qiladigan sohalarda faoliyat yurituvchi moliya-sanoat guruhida aqliy bo’g’in etakchi rol o’ynaydi.
Ma’lumki, Rossiyada sanoat korxonalari bazasida vujudga kelgan moliya-sanoat guruhlari katta ahamiyatga ega, ular uchun texnologik alomat va ishlab chiqarish aloqalarining xarakteri birlashishlarning o’ziga xosroq turi bo’lib xizmat qiladi. Moliya-bank tuzilmalarining sarmoyalarni ko’paytirilishi va tez qaytaritilishiga qaratilgan qisqa muddatlari banklarga yuqori texnologik va ko’p ilm talab qiladigan sohalarda metatuzimlalarni shakllantirishda faol ishtirok etishga imkon bermaydi.
Bank biznesining o’ziga xosligi ayniqsa qattiq metatuzilmalar deb ataluvchilarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Ular texnologik zanjircha bo’yicha birlashgan, har xil sohalarga tegishli bo’lgan har xil bozorlarga xizmat ko’rsatuvchi firmalarni birlashtiradilar deb hisoblash qabul qilingan. Bu erda innovatsion davra g’oyatda qiyinlashtirilgan, asosiy harakatlarni korxonaning texnologik darajasini oshirish va to’ldiruvchi, bir birlarini o’rnini bosuvchi, imitatsion (taqlid qiluvchi) yangiliklarni tadbiq etishga qaratish kerak. Rossiya tuzilmasidagi eng keng tarqalgan vertikal turdagi xoldinglar amalda innovatsion faoliyatda ishtirok etmaganlar.
Ma’lumki, ishlab chiqarish va sotish faoliyatini yangilash va har tomonlama rivojlantirishning harakat qilishlarida ko’mir, gaz, neft, metallurgiya, avtomobil va boshqalar kabi ko’p sarmoya talab qiladigan sohalar kompaniyalari katta qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. To’qimachilik va tsellyuloza-qog’oz sanoatining eng yirik firmalari ko’pincha innovatsion turdagi qarorlarni qabul qilishga moyilliklarini yo’qligini namoyon qilganlar. Rossiya iqtisodiyotida bir qator sub’ektiv va ob’ektiv sabablar oqibatida amalga raqobat kuchlari ta’siridan to’liq himoyalangan kongomerot (iqtisodiyotning har xil sohalariga tegishli bo’lgan va to’g’ridan to’g’ri ishlab chiqarish kooperatsiyasi bilan bog’lanmagan korxonalar birlashmasi) turidagi makrotuzilmalar eng yuqori rivojlanishga erishganlar. Sarmoyalarning yopiq bozori va tartiblarning ishlab chiqarish tizimlarining majmuasidan iborat bo’lgan holda, konglomerat radikal texnologik rivojlanish uchun deyarli imkoniyat qoldirmaydi. Rossiyada talabni toraytiruvchi va yashab qolish murakkabliklarining o’tish iqtisodiyoti sharoitlarida konglomeratli tuzilmalarni vujudga kelishi zaruriyat bo’lgan. Shunga qaramasdan sarmoyalarni birlashtirishning konglomertli turi jamlashning jadallashtirilgan jarayoniga ega sohalar (neft-gaz sanoati, metallurgiya)dagi to’ldiruvchi integratsiyalashish hisobiga ziyon kelturvchi ishlab chiqarishlarni qutqaruvchisi bo’ladi.
Vujudga kelayotgan moliya-sanoat guruhlari firmalararo kooperatsiyasining gorizontal tamoyili kichik yoki o’rta innovatsion davra va tez yangilanadigan mahsulotlarga ega korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ayniqsa samaralidir. Bu tuzilmalar sohaviy ishlab chiqarish birlashmalari (masalan; kimyo sanoatidagi “Rusxim”, “Prompribor”) bazasida vujudga kelishlari mumkin. Bunday birlashmalar sotish bozori uchun raqobatlashish, ishlab chiqarishni har tomonlama rivojlantirish, ilmiy-texnik axborotlarni e’tibor bilan jamlash va yangiliklarni tadbiq etishni jadallashtirishga ko’maklashishga moyillar. Integratsiyalashishning gorizontal turi yana murakkab innovatsion davraga ega bir turdagi korxonlarga (masalan, aviatsiya sanoatidagi) ham tarqaladilar. Bu erda innovatsion davra markaziy o’rinni egallaydi, unda murakkab ko’p ilm talab qiladigan buyumlarning yuqori sifatli parametrlari va mamlakat va jahon bozorlaridagi raqobatli o’rinlari ayniqsa muhimdir.
Xo’jalik faoliyatini har tomonlama rivojlantirish tashkil qilishning qat’iy ierarxik shallari salbiy tendentsiyalarini betakrorlashtirish va innovatsion faollikni asta sekin o’sishining muhim vositalaridan biri bo’ladi. Amalda vertikal intgratsiyalashgan kompaniyalar har tomonlama rivojlanishning har xil usullariga murojaat qiladilar. Ammo hatto qayta ishlovchi sohalar (“Magnitogorskaya stal”, “Metalloindustriya”)da ham innovatsion jarayonlar ishlab chiqarishni modernitsaziyalash va navlarni yangilashdan iborat bo’ladilar.
Vertikal intergatsiyalashgan firmalarni har tomonlama rivojlantirishga harakat qilishda vujudga keladigan murakkab muammolar nafaqat Rossiya iqtisodiyoti uchun xosdir. Masalan, yaqinda “British petroleum” o’zining elektron sanoatdagi 4 mlrd. dollardan ortiq summadagi aktivlarini, bir vaqtda xom ashyo majmuasi va neft biznesidagi korxonalarni xarid qila turib, sotdi. Vertikal integratsiyalashgan korxonalarni ustuvorlik qilishi jahon iqtisodiyotida murakkab innovatsion jarayonlar va yuqori texnologik mahsulotni tadbiq etish uchun to’siqlarni yaratadi.
Ammo vertikal integratsiyalashish imitatsion yangiliklar bilan bog’liq kompaniyalarning samaradorligini oshirish va egiluvchanligini kuchaytirishga to’siq bo’la olmaydi.
Yirik amerikalik olim M. Porterning fikriga ko’ra, konglomerat turidagi har tomonlama rivojlanish ko’pgina amerika sohalarining raqobatbardoshligiga zarar etkazadi. Innovatsion faoliyatni rivojlanishi va bozor rag’batlarini kuchayishida tor ixtisoslashish asosidagi har tomonlama rivojlanish alohida rol o’ynaydi. Bu firma ichidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarning rolini kuchayishi va operatsiyalarning butun majmusini amalga oshirilishi bilan yaqindan bog’liqdir.
Innovatsion faoliyatni iqtisodiyotni rivojlanishining muhim tendentsiyasi sifatida ko’rib chiqishda innovatsion jarayonlarning yangi tashkiliy shakllarini ularni davlat, ilmiy, bozor va ijtimoiy institutlar tizimiga kiritilishi asosida integratsiyalash muammosi birinchi o’ringa chiqadi. Innovatsion biznesni institutsional tuzilmalarga kiritilishi darajasini oshishi nafaqat innovatsion faollikni pasaytiradi, balki, aksincha, innovatsion jarayonlarning o’zini o’zi tashkil qiluvchi tuzilmalarni takomillashtirish va vujudga keltirish qobiliyatini oshiradi.
AQShda paydo bo’lgan innovatsion jarayonning institutsional tuzilmalari bu ikki tendentsiyalarni birlashishiga yaqqol misol bo’lsa oladi. Innovatsion jarayonning ham yirik sanoat kompaniyalari doirasida va ham ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar asosida amalga oshirilayotgan an’anaviy tashkiliy modellari “bo’linma-inkubatorlar”ning yopiq ilmiy texnik muhitga ularni kichik aptreprener (ega, ijrachi) guruhlar bilan tijoratlashtirish bosqichiga “etkazish” bilan suyanadi. Yuqori kasbiy innovatsion bo’linmalarning ixchamligi va tor ixtisoslashishiga qaramasdan innovatsion loyiha moliyaviy muvaffaqiyat va foydani tez olish bilan qat’iy bog’langan. Bunda ishga doir davr 5 yildan oshmasligi kerak.
4.Innovatsion markazlar
Ilmiy g’oyalarni ishlab chiqish va uni keyinchalik materiallashtirishda yangi tashkiliy tuzilmalar-innovatsion markazlar katta rol o’ynaydilar. Bular o’z ichiga universitetlar va ilmiy-ishlab chiqarish firmalarini o’z ichiga oluvchi yangilik kiritishlarning vujudga kelgan texnologik faol kompaniyalaridir. Bu modelda innovatsion biznes keng innovatsion infratuzilma ichidagi barqaror o’zaro aloqalarni qo’llab quvvatlaydi, axborotlarni norasmiy almashish va yangiliklarni sotish kanallarini shakllantirishning rivojlangan tarmog’iga ega. Silikonli vodiy bunday alyansning eng mashhur variant bo’ladi.
Innovatsion markazlar tarkibida quyidagilarga ega:
texnologik parklar (ilmiy, ishlab chiqarish, innovatsion, biznes-park va h.k.)(3-rasm);
texnopolislar;
fan va texnologiyalar mintaqalari;
innovatsiyalar inkubatorlari.
Texnopark ierarxik tuzilmasini qurish asosida modulli tamoyil yotadi. Uni qurishda foydalaniladigan birinchi element inkubatordir. Texnopark har biri innovatsion xizmatlarning ixtisoslashtirilgan majmuasini taqdim etuvchi markazlarning yig’indisidan iboratdir.
Texnopolis – bu texnoparklar, inkubatorlar yig’indisi va shahar hayotini ta’minlovchi turli tuman tuzilmalarning majmuasidir. Fan va texnologiyalar mintaqasi o’z ichiga texnopolislar, texnoparklar va inkubatorlarni, hamda ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi shoxlanib ketgan infratuzilmani olishi mumkin.
Технологик дирекцияси
экспертлар кенгаши
Тадқиқот қилиш лабораториялари, тажрибали ишлаб чиқаришлар
Кичик корхоналар
Консалтинг компаниялари
Жамоавий фойдаланиш бўлинмалари
Венчурли молиялаштириш фирмалари
|
| |