|
– rasm. Texnoparkning tuzilishi
|
bet | 5/6 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 141,11 Kb. | | #157558 |
Bog'liq 3-mavzu~3– rasm. Texnoparkning tuzilishi.
Texnopolislar o’zlari joylashgan mintaqalarni rivojlanishiga shakllantiruvchi ta’sir ko’rsatadilar va quyidagilarga yordam beradilar;
innovatsion faollikni oshirish;
innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
yangiliklarni tijoratlashuvini jadallashtirish;
sanoatni tarkibiy qayta qurish;
yangi ish joylarini tashkil qilish;
innovatsion faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsion sohani instututsiallashtirish (qandaydir yangi ijtimoiy institutlarni ta’sis etish);
sanoatni rivojlanishining ko’p ilm talab qilishini kuchaytirish;
iqtisodiyotning innovatsion qobiliyatini takomillashtirishga.
Texnoparkka davlat va mahalliy xokimiyatlar tomonidan rahbarlik qilish uchta asosiy yo’nalish: qonunchilik, moliyalashtirish va rivojlantirish dasturlari, to’g’ridan to’g’ri ishtirok etish bo’yicha amalga oshiriladi. Hukumat kichik va o’rta biznesni qo’llab quvvatlashning yirik ko’lamli dasturlarini ishlab chiqadi, yangi texnologiyalarni rivojlantirishni rag’batlantiradi, fan va sanoatni kooperatsiyalashishning yordam ko’rsatadi. davlat moliyaviy va qonunchilik yordamidan tashqari mijoz firmalar, hamda ko’p ilm iste’mol qiladigan korxonalarga har xil kvotalar va subsidiyalarni taqdim etadi. Mahalliy hokimiyatlar innovatsion loyiha ustida ishlash va uning asosida kichik ko’p ilm iste’mol qiladigan firmalarni tashkil qilishga mutaxassislarni jalb qilishga ko’maklashuvchi sharoitlarni taqdim etadilar. Texnopark ta’sissilari va ular tomonidan echiladigan masalalarning bazaviy chizmasi 4 – rasmda ko’rsatilgan.
Тадбиркорлар
Саноат
Университетлар
Илмий марказлар
Технопарк:
Билимлар, кашфиётларни технологияларга айлантириш;
Технологияларни тижорат маҳсулотига айлантириш;
Технологияларни ИЛ сектори орқали саноатга топшириш;
Кўп илм истеъмол қилувчи фирмаларни шакллантириш;
тадбиркорларни тайёрлаш.
Молия институтлари
Ҳокимиятнинг маҳаллий ва минтақавий идоралари
Бошқа тузилмалар: (бошқарувнинг марказий идоралари,жамоа ташкилотлари ва х.к.)
Минтақа шаҳар, туман
|
| |