• Davlat sherigi
  • Xususiy sherikka
  • Xususiy sherik
  • 4,5 ta shtat
  • Ibragimova shahnoza zaripboyevna




    Download 289,32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/10
    Sana19.01.2024
    Hajmi289,32 Kb.
    #141206
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7350a135-ccd9-4c82-86c9-2715dd5c2915

    mahallasida joylashgan, RAJAPOV ATABEK BAXTIYAROVICHga tegishli uy
    (turar joy / noturar joy) negizida tashkil etiladi.
    3.2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Davlat xizmatlari markaziga
    xabarnoma topshirib, tasdiqnomasini olgan kundan boshlab ta’lim faoliyatini amalga
    oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
    3.3. Davlat sherigi Davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan zaruratga
    ko'ra oylik, choraklik monitoring o
    ʻtkazadi va uning faoliyati samaradorligi (moddiy-
    texnik ta
    ʼminoti, sogʻlom ovqatlantirish, taʼlim sifati va boshqalar)ni oʻrganadi va
    baholab boradi. Agar kamchiliklar aniqlansa uni bartaraf etish bo
    ʻyicha muddatini
    ko
    ʻrsatgan holda Xususiy sherikka talabnoma yuboradi.
    3.4. Investitsiya obyektini qayta qurish, joriy va kapital ta’mirlash, unga texnik
    xizmat ko‘rsatish hamda modernizatsiyalash, saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar
    Xususiy sherik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
    3.5. Ushbu bitimda belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun barcha sarf-
    xarajatlarni Xususiy sherik o‘z zimmasiga oladi.
    3.6. Xususiy sherik oilaviy nodavlat maktabgacha ta
    ʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil
    etishda belgilangan tartibda ta
    ʼlim-tarbiya jarayonlarini Oʻzbekiston Respublikasining
    ta
    ʼlim va maktabgacha taʼlim sohasiga oid qonunlari hamda qonun osti hujjatlari
    talablariga, shuningdek bolalar rivojlanishiga qo
    ʻyiladigan davlat talablari, davlat oʻquv
    dasturi (standartlar)ga va Bitim shartlariga rioya qiladi.
    3.7. Xususiy sherik oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga
    tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj
    oilalarning va maxsus kontingent farzandlari uchun bitim amal qilish muddati davomida
    ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun
    belgilangan miqdordan oshmagan holda yo‘llanma asosida imtiyozli qabul qiladi,
    boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarini bepul o‘qitadi.
    Agar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan ijtimoiy
    ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingent farzandlari soni jami
    tarbiyalanuvchilarning 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, oilaviy nodavlat maktabgacha
    ta’lim tashkiloti yetmagan qismiga ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha
    ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda o‘rnatgan
    holda boshqa oilalar farzandlarini ham qabul qilishi mumkin.


    3.8. Xususiy sherikka quyidagi maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat
    budjetidan subsidiyalar ajratiladi:
    -yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini to‘lash uchun -
    tegishli toifa bo‘yicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
    ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida
    (tegishliligi bo‘yicha tuman koeffitsiyenti qo‘llangan holda).
    Bunda subsidiyalar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar
    sonidan kelib chiqib ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va
    viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25

    Download 289,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 289,32 Kb.
    Pdf ko'rish