-chizma. Ichki auditorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar




Download 0.49 Mb.
bet14/19
Sana06.06.2022
Hajmi0.49 Mb.
#23102
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Ichki audit xizmati ishinin (2)

6-chizma. Ichki auditorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar.
Tekshiruv jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun ichki auditorlik standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni shakllantirish ichki audit faoliyatini etarli darajada baholash imkoniyatini yaratadi. Ish samaradorligini oshirish uchun mazkur jarayonda tashqi auditorlar bilan hamkorlikda ish olib borish lozim.
Ma’lumki amaliyotda ichki audit xizmatining pirovard faoliyati faqat amalga oshirilgan tekshiruvlar soni, aniqlangan noqonuniy to’lovlar va talon-taroj qilingan mablag’larning qiymatiga ko’ra baholanmoqda. Shuningdek, tekshiruvlarni o’tkazish muddatlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida olib borilgan chora-tadbirlarning qay darajada bajarilayotganligi haqidagi masalalarga ham etarlicha e’tibor berilmayapti.
Ushbularni bartaraf etish maqsadida, ichki audit faoliyati sifati va samaradorligini baholashning uch bosqichdan iborat tizimini yaratish zarur. Birinchi bosqichda auditni rejalashtirish darajasi, tekshiruvni olib borish sifati va tekshirishning belgilangan muddatlariga rioya qilinishi nazorat qilinadi.
Ikkinchi bosqich - bo’linmalarning muayyan davrdagi faoliyati, ish rejasining bajarilish darajasi, uni rejalashtirish, o’tkazish va ichki auditorning bilim saviyasi attestatsiyasi natijalariga ko’ra baholanadi.
Uchinchi bosqichda umuman ichki audit xizmati sifati va samaradorligining umumiy ko’rsatkichi quyidagi o’rta geometrik formula asosida hisoblanadi:
ANS = 3 √TBR · TJD · RD (1)10
Bu erda:
AHS- auditorlik xizmati samaradorligi ko’rsatkichi;
TBR - joriy yildagi tekshiruv rejasini bajarilishi;
TJD – tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi darajasi;
RD – rentabellik darajasining bajarilishi;
Aktsiyadorlik jamiyatlarida joriy qilingan ichki nazorat tizimining to’g’ri tashkil etilganligi risklardan himoya qilinganlik darajasiga, uning samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Aktsiyadorlik jamiyatlari ichki nazorat tizimi qanchalik takomillashgan bo’lsa, boshqaruv tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosining samarasi shuncha yuqori bo’ladi. Ushbu tizimdagi uzilish esa moliyaviy holatga to’g’ridan to’g’ri salbiy ta’sir qiladi.
Shuning uchun ichki audit xizmati aktsiyadorlik jamiyati tomonidan joriy qilingan nazorat tizimini to’g’ri tashkil etilganligi va qo’yilgan maqsadlarga qay darajada erishilganligiga baho berish lozim. Ichki nazorat tizimi faliyatining moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlariga ta’siri bevosita bo’lganligi uchun ushbu tizim ichki auditning asosiy tekshiruv ob’ekti sifatida namoyon bo’ladi.


Download 0.49 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma. Ichki auditorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar

Download 0.49 Mb.