• Tadqiqot predmeti va ob’ekti.
  • I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ichki audit xizmati ishining samaradorligini baholashning nazariy asoslari 1.1.Ichik auditning mohiyati va maqsadi
  • Mavzuning nazariy- amaliy ahamiyati




    Download 0.49 Mb.
    bet2/19
    Sana06.06.2022
    Hajmi0.49 Mb.
    #23102
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Ichki audit xizmati ishinin (2)

    Mavzuning nazariy- amaliy ahamiyati. Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida korxonaning hisobotni ichki audit yordamida tasdiqlashning roli va ahamiyati ham oshadi, bu axborotlar investitsiya va moliyaviy faoliyatda turli bitimlar tuzish chog’ida boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun ham asos bo’ladi.
    Iqtisodiyotni rivojlantirishda uning infratuzilmalaridan biri bo’lgan korxonalarda ichki auditorlik faoliyatini mujassamlashtirishda ichki audit faoliyatini kompyuterlashtirish ishlarini ishlab chiqish va uni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega va bu masalalar bilan Respublikamizdagi va xorijiy etuk olimlar shug’ullanishmoqda.
    Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Ichki auditni tashkil etishni takomillashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish mavzuning maqsadini tashkil qiladi. Vazifalar quyidagi iborat:

    • ichki auditni tashkil qilishning ahamiyati va zarurligini tadqiq qilish;

    • ichki auditni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslarini yoritib berish;

    • ichki auditning hisoboti va ishchi dasturini tuzishni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berish;

    • aktsiyadorlik jamiyatlarida ichki auditni tashkil qilishning uslubiy jihatlarini tadqiq qilish;

    • ichki nazorat va ichki auditni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berish.

    Tadqiqot predmeti va ob’ekti. Mazkur BMIning predmeti respublikamiz xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida ichki auditni tashkil etishning uslubiy asoslari o’rganish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar berish. Ichki audit tizimi «Olmaliq TMK» OAJ misolida yoritildi.
    Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. BMI kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
    I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ichki audit xizmati ishining samaradorligini baholashning nazariy asoslari
    1.1.Ichik auditning mohiyati va maqsadi

    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning raxbar xodimlari va xizmatchilari yuqori saviyadagi kasbiy tayyorgarlikka, iqtisodiy-xuquqiy bilimga, tajribaga ega bo’lishlar lozim. Bugungi kunda Respublikamizda esa yuqoridagi omillar etarli darajada deb bo’lmaydi. Bu masalani kengroq tahlil qiladigan bo’lsak, bizga ma’lumki Respublikamizda mustaqillikka erishganimizdan beri ko’pgina iktisodiy-ijtimoiy isloxatlar olib borildi va bugungi kunda ular chuqurlashtirilmokda. Bu isloxatlar natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos xuquqiy bazani va iqtisodiyotimizning barcha soxalarida samarali faoliyat ko’rsatish uchun anchagina shart sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari iqtisodiyotimizdagi soxalarni, xususiy mulkchilikni, tadbirkorlikni umuman xo’jalik sub’ektlarini erkin rivojlanishini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish maqsadlarida, nazorat qiluvchi organlarning ular faoliyatiga asossiz aralashishlarini oldini olish, har xil tekshiruvlarni kamaytirish, xaqidagi me’yoriy xkujjatlar qabul qilindi.


    Korxonalar ichki auditi tizimining asosiy vazifasi –maxsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va tan narxini pasaytirish yo’llarini izlab topishdir. Ichki auditor yana korxonaning mexnat unumdorligini va samaradorligini oshirish bo’yicha maslaxatlar berishi kerak. Iktisodiy tizimning buzilishini tekshirish ko’p mehnat talab qiladigan auditdir. Bunda korxona moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlari o’rganiladi. Ichki auditor korxonada u yoki bu rivojlanish yo’nalishini ma’qullashi yoki ma’qullamasligi mumkin. Ichki audit maqsadi korxona xodimlarining qonun xujjatlariga, me’yoriy xujjatlarga va kasb faoliyati standartlariga rioya etishini nazorat qilish, tamonlar manfaatlari o’rtasidagi nizolarni bartaraf etish, korxona amalga oshirayotgan operatsiyalarning xususiyatlari va ko’lamlariga mos ishonchlilikni ta’minlash xamda korxona faoliyatidagi xatarlarni kamaytirish yo’llaridan iboratdir.
    Korxonalar faoliyatini samarali boshkarish uchun kabul kilinadigan konun va karorlarni shakllanishida zarur axborotning mavjudligi, xisobotlarda ma’lumotlarning aks ettirilish darajasi xamda xodimlar va boshkaruvchilarning ish sifatlari bevosita ta’sir kursatuvchi omillardir. Bu omillarning ijobiy ta’siriga erishish uchun korxonada ichki nazorat tizimini yaratish lozimdir. Ichki nazorat tizimi tushunchasi XVIII asr boshlarida paydo bulib evolyutsion rivojlanib kelmokda. Korxona faoliyatida tizim sifatida XX asr boshlarida shakllanib, kuyidagi uch elementdan tarkib topadi: xukuk va majburiyatlarning taksimlanishi, xodimlar rotatsiyasi (urin almashinuvi) xamda xisob ma’lumotlaridan foydalanish va taxlil etish.
    Ichki nazorat korxona faoliyati maksadlariga erishish jarayonidan iborat bulib, boshkuruvchilarning faoliyatni tashkil etish, rivojlantirish, monitoringini olib borish kaaba xarakatlari natijasi ularok vujudga keladi. Buning uchun korxona boshkaruvi birinchidan, korxona maksadini belgilab, vazifalarni aniklashi xamda mutonosib ravishda korxona tuzilmasini shakllantirishi lozim. Ikkinchidan esa xujjatlashtirish tizimining ishlashi va xisobotlar tayyorlanishini ta’minlashi, xukuk va majburiyatlarning taksimlanishi va belgilangan maksadlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishni samarali tashkil etishi zarur.
    Ichki nazorat nazoratdan farki sifatida uning korxona nazoratini ichki tashkil etilishini xamda tashki nazorat tashkilotlarining konunchilikga amal kilinishi kabi xususiyatini kursatishimiz mumkin. Bunda ichki nazorat boshkaruv nazorati bilan uygunlashish xolati namoyon buladi. Menimcha, ichki nazorat tizimini tashkil etishdan maksad, faoliyatda konunchilikdan ogishishlarni tulik oldini olish va xatolar xamda ishning besamara tashkil etilishini kafolatlash emas balki faoliyat samaradorligini ta’minlash uchun zarurdir.
    Ichki audit - korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tamoillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish printsiplari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati xisoblanadi.
    G’arb mamlakatlarida ichki audit XX asr boshlarida paydo bulib Ikkinchi jaxon urushidan sung korxonalarning ishlab chikarish xajmi keskin oshishi va detsentralizatsiyasi davrida rivojlanish boskichiga erishdi. 1941 yilda AKSh da ichki auditorlar Instituti tashkil etilib, faoliyatning xukukiy asosi va standartlarni yaratilildi. Xozirda bu Institut dunyoning 120 ortik mamlakatlarida mavjud va 72 ming a’zoga egadir. Jaxonda faoliyati ichki audit bilan boglik milliondan oshiq mutaxassislar mavjud.
    Karxona ichki auditi:

    • o’z aktivlarining but saqlanishini:

    • xisobot ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini:

    • operatsiyalarning maksimal samaradorligini:

    • xisob soxasidagi siyosatga rioya etilishini ta’minlaydigan usul va choralarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish rejasidan iborat bulmog’i kerak.

    Download 0.49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning nazariy- amaliy ahamiyati

    Download 0.49 Mb.