141
Ishchi varaqni header va footer hamda tayinlangan
maydonlar bilan maxsus oʻlchamdagi qogʻozda
chop etish uchun sozlash imkoni bor Shuningdek,
uni oldindan belgilangan sahifalarga joylashtirish
mumkin
Formulalar asosiy arifmetik hisoblash amallari,
funksiyalar esa murakkab hisob-kitoblarni
ifodalovchi tayyor formulalardir Funksiyalar jamlash,
yaxlitlash, sana/vaqtni aniqlash, qidirish va shartli
vazifalarni bajarish funksiyalarini oʻz ichiga oladi
Katakka tegishli absolyut murojaat nusxalanganda
oʻzgarmaydi, nisbiy murojaat esa nusxalanganda
oʻzgaradi
Validatsiya qoidalaridan ma’lumotlar toʻgʻri va rux-
sat etilgan boʻlishini taʼminlashda foydalaniladi
Normal, noodatiy va kritik ma’lumotlar validatsiya
qoidalarini sinash uchun ishlatiladi Verifikatsiya
toʻgʻri kiritilgan ma’lumotlarni koʻzdan kechirish
jarayoni
Ma’lumotlar filtr yordamida ajratib olinadi
hamda oʻsish yoki kamayish tartibida saralanadi
Ma’lumotlarni elektron jadvalga boshqa axborot
manbayidan import qilish yoki boshqa dasturda
ishlatish uchun unga eksport qilish mumkin Grafik
va diagrammalar ma’lumotlarni tahlil qilishda
qoʻllanadi
Modellar oʻqitish, bashorat qilish va qurish ishlarida
real hayotdagi jarayonlarni ifodalaydi Elektron
jadvallardan moliyaviy bashoratlar va matematik
tahlilga tayanadigan boshqa modellarda foydalanish
mumkin Simulyatorlar tizimning real hayotdagi
harakatini bashorat qilish uchun kompyuterlashgan
modellarni qoʻllaydi