|
Simulyatordan foydalanish Pdf ko'rish
|
bet | 180/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJASimulyatordan foydalanish
abiiy ofat atarlarini baholash
Tabiiy ofat xatarlarini baholash paytida u yuzaga
keltiradigan oqibatlarni yaxshi bilish talab etiladi Real
hayotda esa haqiqiy ofat yuz bermaguncha buni amalga
oshirish mushkul Buning ustiga, tabiiy ofatni majburan
yuzaga keltirish imkonsiz Agar mutaxassislar uning roʻy
berishini kutadigan boʻlsa, bunday xatarlarni baholashga
juda kech boʻladi
ilzila, vulqon otilishi, toʻfon, oʻrmon yongʻini va
sunami kabi tabiiy ofatlarning simulyatorlari ularning
oqibatlaridan xabardor boʻlishda foydalaniladi
Barcha simulyatorlardagi kabi bular ham modelning
aniqligiga tayanadi Shunga qaramay, model butunlay
prognoz qilolmaydigan bir qator omillar (masalan,
shamol yoʻnalishi yoki tezligining keskin oʻzgarishi yoki
koʻchirilgan aholining hissiy reaksiyasi) ham kuzatiladi
Biroq mutaxassislar har xil vaziyatlarning taʼsirini
baholashi uchun koʻplab
hat- f
koʻrinishidagi
savollar yordamida tajriba oʻtkaziladi hamda tabiiy
ofat yuz bergan paytda unga qarshi samarali choralar
koʻriladi
huv hilarni o itish
Osmonda parvoz qilish samolyotni boshqarish
paytidagi muhim holatlardan biri, yirik samolyotni
boshqarish va uchuvchilarni oʻqitish katta mablagʻ talab
etadi Parvoz simulyatorlari bunday xarajatlarni tejashga
imkon beradi Ular orqali uchish vaqtidagi xavf-xatarlar
ham bartaraf etiladi
Parvoz simulyatorlari nafaqat dasturiy ta’minotni, balki
juda qimmat turuvchi maxsus uskunani oʻz ichiga
oladi Uskuna xuddi haqiqiy samolyot boshqariladigan
tartibda loyihalashtirilib, uchuvchi oʻzi bajaradigan har
qanday harakatning (jumladan, osmonga koʻtarilish,
yerga qoʻnish, turbulentlik yoki avariya holatida
qoʻnish) jismoniy taʼsirlarini real hayotga yaqin shaklda
his qiladi Dastur tarkibida samolyot turli sharoitlarga
qanday javob berishini belgilaydigan model qoidalari
ham bor
Uchuvchilar qoʻnish va osmonga koʻtarilish kabi
harakatlarni oldin borilmagan aeroportlarning
modelida mashq qilishi mumkin Ular dvigatelning
ishdan chiqishi, salonda bosimning oʻzgarishi yoki
shassining ochilmay qolishi kabi nosozliklarga reaksiya
koʻrsatish koʻnikmalarini oʻrganadi
|
| |