Maʼlumotni o lashning a zalli va
amchili lari
Maʼlumot kompyuter tizimida saqlanishi va ishlov
berilishi uchun kodlanadi Maʼlumot ikkilik sanoq
sistemasida (1 va 0 lar) kodlanishi muhim
Maʼlumotni kodlash maqsadlaridan biri fayl hajmini
kamaytirishdir Fayl hajmini kamaytirishning afzalliklari
•
cheklangan oʻtkazuvchanlik sharoitida (masalan,
keng polosali internet tarmogʻi, keng polosali mobil
tarmogʻi) real vaqtda musiqa va video uzatishga
imkon berish;
•
fayllarni yuklab olishga
ketadigan vaqtni kamaytirish;
•
tasvir, musiqa yoki video mavjud veb saytlarni tezroq
yuklash;
•
CD, DVD, esh xotira va boshqa saqlovchilarda
koʻproq musiqa va video saqlanishiga imkon berish
•
saqlash joyini tejash
Maʼlumotni kodlashning eng asosiy kamchiligi kodlash
usullarining koʻpligidir Bu fayl turlarining ortishiga olib
keladi Muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin
•
zaruriy kodeklar oʻrnatilmaydi va fayl istalgan
formatda saqlanmaydi;
•
kodlangan faylni ochish uchun zaruriy kodeklarni
oʻrnatish talab qilinadi
•
istalgan dastur istalgan faylni ocholmagani bois bu
fayllarni ochish ehtimoli ham kamayadi
•
ayrim
qurilmalar, masalan,
musiqa va videopleyer
maʼlum formatda kodlangan fayllarni ijro qiladi xolos,
(masalan, CD pleyeri MP3 fayllarini oʻqiydi, lekin Audio
Interchange File Format (AIFF) formati yoki Advanced
Audio Coding (AAC) audiofayllarni ijro qila olmaydi)
•
fayllar ma’lumotlarni oʻchirish orqali siqishdan
foydalanib
siqilganda tasvir,
audio va videolarning
sifati
pasayadi;
•
ASCII yoki UNICODE yordamida kodlangan matn
toʻgʻri formatdan foydalanib ochilishi kerak
Agar ayrim xalqaro belgilar UNICODE yordamida
kodlangan boʻlsa va fayl ASCII fayli sifatida ochilsa,
kompyuter xalqaro belgilarni tanimaydi