Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA
11. . h o l hamli rint r Hozirga qadar 3D printerdan alohida shaxslar emas,
tashkilotlar foydalangan, xolos Ishlab chiqaruvchilar
bugungi kunda uyda foydalanish mumkin boʻlgan
kichikroq shaxsiy printerlarni yaratish ustida ish olib
boryapti
Bugun 3D printerdan koʻp holatlarda foydalanilmoqda
•
Tibbiyotda 3D printer orqali singan suyaklar uchun
gipslar yaratildi
•
Tibbiyotda protezlar, shuningdek, organlar oʻrnini
bosuvchi vositalar ham yaratildi
Smartfon va boshqa mobil qurilmalarning paydo boʻlishi
va rivojlanishi ilgari faqatgina shaxsiy kompyuter yoki
noutbuk bilan amalga oshiriladigan koʻplab vazifalarni
bajara olishga imkon yaratdi Bu kabi vazifalar endi
yoʻlda ham bajariladi Natijada odamlarda vaqtdan
unumliroq foydalanish imkoni yuzaga keldi Jumladan,
jamoat transportida mobil qurilmalar orqali onlayn
bank xizmatlaridan foydalanish, xarid qilish, xizmat
vazifalarini bajarish, sevimli yangilik saytlari va ijtimoiy
tarmoqlardan xabardor boʻlish Koʻplab vazifalarni
bajarish uchun endi kompyuter yoki noutbuk oldida
oʻtirish shart emas Masalan, odamlar matnli hujjatlarni
yaratish yoki tahrirlash paytida joy va vaqtni tanlash
borasida koʻproq erkinlikka ega boʻldi Biroq bu
ularning mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir ham koʻrsatdi
Endilikda kompaniyalar ishchilarning ish vaqtidan
tashqarida koʻproq imkonga ega boʻlishini kutyapti, shu
sababli ushbu kompaniyalar bunga imkon beradigan
texnologiyalarni yanada koʻproq taqdim etyapti
odimlar elektron pochta xatlarini yuborish, hisobotlarni
va hujjatlarni yoʻl-yoʻlakay oʻqish va tahrirlash
texnologiyasiga ega, shuning uchun bu odatiy holga
aylangan Demak, endi xodimlar avvalgiga qaraganda
va hattoki ish beruvchi talab qilganidan ham koʻproq
vaqt ishlaydi Bu ularda stress va charchoq darajasining
oshishiga olib kelishi mumkin.
Natijada biz vazifalarni yuqori darajadagi samaradorlik
bilan bajara olish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishni xohlaymiz Buning ta’sirida texnologiya tez
eskiruvchi narsa boʻlib qoldi, bu esa atrof-muhitga katta
ta’sir koʻrsatdi Chunki iste’molga yaroqsiz boʻlib qolgan
texnologiyalar chiqindilar koʻpayishiga olib keladi Koʻplab
tashkilotlar ushbu ta’sirga qarshi turishga urinyapti Ular
odamlarni eski texnologiyalarni chiqindiga tashlamaslikka,
qayta ishlashga topshirishga undayapti Ba’zilar bu uchun
pul mukofoti ham taklif qilmoqda
Texnologiyalar hayotimizning koʻplab sohalarida keng
qoʻllanadi Texnologiyalar muhim ahamiyatga ega boʻlgan
sohalardan biri tibbiyotdir
ICT_STB_G10-11_c11_p197-209_NT_R5_2023.indd 198
28.10.2023 11:32:46
199 plastmassalar qishloq xoʻjaligi chiqindilari yoki eski
plastik buyumlarni qayta ishlash orqali tayyorlanadi
Bu atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga
yordam beradi