|
. o rtin hi va b shin hi Pdf ko'rish
|
bet | 247/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA11. . o rtin hi va b shin hi
avlod uyali aloqasi
Uyali aloqa turli avlodlar almashinuvi orqali rivojlanib
bormoqda Dastlab birinchi avlod (1G), keyin ikkinchi
avlod (2G) boʻlgan Undan keyin uchinchi avlodga (3G)
oʻtildi hamda hozirda toʻrtinchi avlod (4G) va beshinchi
avlodga (5G) qadar rivojlanildi Bu nomlarning
hammasi simsiz aloqa bosib oʻtgan texnologik yoʻlni
anglatadi 3G 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning
boshlarida rivojlangan aqin yillar ichida 4G avlod
rivojlandi va endi 5G avlodni koʻrishni boshladik
•
Tibbiyotda sun’iy qon tomirlari yaratildi Ularni
shikastlangan qon tomirlarini almashtirishda qoʻllash
mumkin.
•
aqinda itoyda yirik hajmli 3D printerlar yordamida
uylar qurildi
•
AQSH kosmik agentligi (NASA) 3D printer yordamida
fazodagi turli asbob-uskunalar, avtomobil va boshqa
transport vositalari uchun ehtiyot qismlarini yaratdi
Quyidagi misollar 3D printer katta imkoniyatga
egaligini koʻrsatadi
•
3D printer orqali uylar qurish tabiiy ofat yuz berib,
aksariyat tinch aholi uysiz qolganda zarar koʻrgan
odamlarni yangi uyga tez fursatda koʻchirish
imkonini beradi
•
Tibbiyotdagi katta muammolardan biri organlarni
navbatda kutish jarayonidir Kelajakda sun’iy
organlar talabni qondira olsa, bu muammo ham
barham topishi mumkin Shunda insonlar qisqa
umr koʻrish yoki organning qonga mos kelishi
haqida xavotirlanmasa ham boʻladi
•
Fazoda fazoviy kemaning biror qismi buzilsa, jamoa
faoliyatini to‘xtatish kerak boʻlmaydi 3D printer
yordamida ehtiyot qismni yasatish va buzilgan
qismni almashtirish mumkin.
Lekin 3D printerning barcha ta’sirlari ham ijobiy emas
•
3D printerdan qurol yaratish uchun foydalanish
mumkin Bu qurol ta’qiqlangan va ta’qiqlanmagan
mamlakatlar uchun jiddiy xavfsizlik muammosi
hisoblanadi, chunki ilgari qurolga ega boʻla olmagan
istalgan kishi 3D printer orqali uni yaratishi mumkin
boʻladi
•
3D printerlar obyektlarni yaratish uchun
plastmassadan foydalanadi Plastmassa chirimasligi
tufayli ekologik jihatdan katta muammo tugʻdiradi
Lekin hozirda ayrim 3D printerlar qayta tiklanadigan
manbalardan tayyorlanadigan plastmassalar, ya’ni
bioplastmassalardan foydalanmoqda Bu turdagi
3G mobil aloqa standartlarining uchinchi avlodidir
3G aloqasining rivojlanishi uyali aloqa operatorlariga
koʻproq xizmatlarni, jumladan, keng polosali mobil
aloqani taklif qilish imkonini berdi Bu 3G texnologiyasi
bilan jihozlangan qurilmalarga internet uchun keng
polosali tezlikni yetkazib bera olish deganidir Natijada
sayohat paytida ham elektron pochtani tekshirish
va veb saytlarni kuzatish ancha osonlashdi 2G ham
internetga ulanishni taklif qilgan, lekin u juda sekin va
qimmat edi 3G radiotoʻlqinlardan 2G ga qaraganda
samarali foydalangani sababli internetga ulanish tezligi
oshirildi va mobil internetdan foydalanish arzonlashdi
3G aloqasining rivojlanishi ortib borayotgan
mobil telefon foydalanuvchilarining ehtiyojlarini
qondirish uchun zarur edi 2G texnologiyasi tez oʻsib
borayotgan mobil telefon foydalanuvchilari talablari
oldida yetarlicha ishonchli yoki tezkor emas edi
Foydalanilgan signal mobil qurilmalardan bir vaqtda
yetarli maʼlumotlarni uzatish imkonini bermas edi
3G xizmatlari uyali aloqa texnologiyasidan
foydalangan holda ishlaydi 3G signali uyali aloqa
antennalaridan bir-biriga uzatiladi Mobil qurilma
eng yaqin joylashgan antennadan foydalanadi Agar
odam harakatlanayotgan boʻlsa, mobil qurilmadagi
signal kuchi odamning antennaga yaqinligiga qarab
oʻzgaradi 3G texnologiyasi 7 Mbit/s gacha internet
tezligini taqdim etishga qodir, lekin bu real hayotda
kuzatilmaydi va tezlik taxminan 2 3 Mbit/s boʻladi
Diqqat!
Har bir rivojlanish avlodining maqsadi simsiz
aloqa tezligi va imkoniyatlarini oshirishdir
Keyingi avlodlar faqat mobil internetni uzatadi,
ovoz oldingidek 2G texnologiyasi orqali
uzatiladi
11.01-rasm. 3 printerda chop etilgan protez qoʻl.
|
| |