• 10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
  •  9. Golo rafik va G o tik




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet255/510
    Sana20.05.2024
    Hajmi14,88 Mb.
    #245028
    1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   510
    Bog'liq
    10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

    11. 9. Golo rafik va G o tik 
    ma’lumotlarni saqlash
    Maʼlumotlarni golografik saqlash katta hajmli 
    maʼlumotlarni saqlashning rivojlanayotgan vositasidir
    Magnit va optik saqlash usullari maʼlumotlarni chiziqli 
    usulda saqlaydi har bir bit yonma-yon joylashtiriladi
    Maʼlumotlarni golografik saqlash bitlarni parallel 
    ravishda saqlaydi, yaʼni koʻp bitlar qatlam-qatlam qilib 
    saqlanadi
    Maʼlumotlarni golografik saqlash foydali boʻlishi 
    mumkin Chunki u kompaniyalarga juda koʻp 
    miqdordagi maʼlumotlarni uzoq vaqt davomida 
    arxivlash imkoniyatini beradi Sababi ushbu xotira 
    qurilmasi yaroqliligini boshqa qurilmalarga qaraganda 
    ancha sekin yoʻqotadi Aksariyat odamlar bu afzallik 
    oʻzini toʻliq oqlamasligi mumkin, deb hisoblaydi
    Texnologiya shu qadar tez rivojlanib va oldinga intilib 
    bormoqdaki, kelgusi yillarda golografik xotirani oʻqish 
    texnologiyasi mavjud boʻlmasligi ham mumkin
    Maʼlumotlarni saqlashning eng katta muammolaridan 
    biri xarajat Maʼlumotlarni oʻqish qurilmasi minglab 
    Diqqat!
    Maʼlumotlarni saqlashning magnit va optik 
    kabi anʼanaviy usullari har bir bit maʼlumotga 
    asoslanadi Bu maʼlumotlar xotira qurilmasi 
    yuzasida magnitli yoki optik oʻzgarishlar sifatida 
    saqlanadi Maʼlumotlarni golografik saqlash 
    xotira qurilmasining butun hajmi boʻylab 
    maʼlumotlarni yozib olish orqali ishlaydi
    10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
    ICT_STB_G10-11_c11_p197-209_NT_R5_2023.indd 204
    28.10.2023 11:32:49


    205
    Fotosuratda uning har bir nuqtasi obyektning 
    bitta nuqtasidagi yorugʻlikni aks ettiradi, lekin 
    gologrammadagi har bir nuqta obyektning har 
    bir nuqtasidagi yorugʻlikni tutadi Shu sababli 
    gologrammaga boshqa burchakdan qaralganda xuddi 
    haqiqiy obyekt koʻrinayotgandek boʻladi
    Golografi k tasvirni 1947-yilda Buyuk Britaniyada venger 
    olimi Dennis Gabor ixtiro qilgan, lekin u 60-yillarda 
    lazerlar rivojlanguniga qadar keng qoʻllanmagan
    1980-yillarda metall plyonkada oq nur bilan 
    koʻrish mumkin boʻlgan gologrammalarni suratga 
    olish usuli topildi va shu vaqtdan boshlab ular 
    qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida 
    banknotalar, kredit kartalar va pasportlarning 
    xavfsizligi uchun muhim vositaga aylandi
    Gologrammalar sanoatda muayyan vaqtlarda 
    uskunalar yemirilishini kuzatish uchun ularning holatini 
    qayd etishda ham qoʻllanishi mumkin
    Hozircha gologrammalardan harakatlanuvchi tasvirlarni 
    yaratishda foydalanish mumkin emas
    Robot soʻzining oʻzi slavyan tilidagi 
    robota
    soʻzidan kelib 
    chiqqan boʻlib, 
    qul
    yoki 
    ish
    degan maʼnoni anglatadi
    Robot harakatni boshqaruvchi protsessor yordamida 
    ishlaydi Uning harakatlari u turgan muhitga bog‘liq 
    bo‘lishi mumkin Buning uchun robotga sensorlar 
    biriktiriladi Sensorlar robot qanday amalni bajarishi 
    haqida qaror chiqarishni aniqlashi uchun maʼlumotlarni 
    protsessorga qayta uzatadi
    Robot atamasi qoʻllanganda ayrim odamlar avtomatik 
    ravishda ilmiy-fantastik asarlardagi odamga oʻxshash 
    kompyuterlar haqida oʻylashadi Robotning bunday 
    talqini haqiqatan ham mavjud va ular foydali 
    funksiyalarni bajarishga qodir Odamga oʻxshash 
    robotning eng mashhur namunalaridan biri ASIMO
    U odamlarni vizual ravishda taniy oladi, bir vaqtda 
    gapirayotgan koʻplab odamlarni tushuna oladi, yugura 
    oladi, bir vaqtda ikki oyogʻini yerdan koʻtarishi mumkin, 
    zinadan yuqoriga chiqish va pastga tushish, sakrash 
    kabi ishlarni ham uddalaydi
    Robotlar quyidagi holatlarda foydali boʻladi

    Kundalik va takrorlanadigan vazifalarni bajarishda, 
    bu esa odamlarni ushbu ishlarni bajarish 
    zaruriyatidan xalos qiladi
    Diqqat!
    Robototexnika odamlar qila olmaydigan yoki 
    unchalik samarali amalga oshirib boʻlmaydigan 
    vazifalarni bajaradigan kompyuterlarni yaratish

    Download 14,88 Mb.
    1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   510




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish