Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/510
Sana20.05.2024
Hajmi14,88 Mb.
#245028
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   510
Bog'liq
10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

MUHOKAMA MAVZUSI
Microsoft 
kompaniyasining boyitilgan reallik 
mahsuloti – HoloLens haqida bilib oling. Bu 
mahsulot inson hayotiga qanday taʼsir qilishi 
mumkin?
Biometrik axborot har qanday oʻlchanayotgan 
obyektning bir nechta namunasini olish orqali ishlaydi
Shu sababli kompyuter ovozli buyruq uchun oʻrtacha 
oʻlchovni olishda foydalanuvchi besh marta Salom
deb aytishiga toʻgʻri keladi Keyin ushbu maʼlumotlar 
saqlanadi hamda foydalanuvchi nomi va parol singari 
foydalanuvchi akkauntiga biriktiriladi Agar ovoz 
namunasi olingan asl qiymatlarga yetarlicha mos kelsa, 
foydalanuvchi akkauntiga kira oladi
Biometrik axborot uchun baʼzi foydalanish usullari 
ishlab chiqilgan

Hozir ayrim mobil qurilmalar va noutbuklarga 
barmoq izlarini aniqlash qurilmasi biriktirilgan
Qurilma qul anganida foydalanuvchi qulfni ochish 
uchun barmogʻini skanerga qoʻyadi

Josuslik fi lmlarini yetarlicha tomosha qilgan har bir 
kishi, ehtimol, koʻz rangdor pardasi skanerlari yoki 
foydalanuvchi qoʻlining oʻlchami, shakli va barmoq 
izlarini oʻlchaydigan qoʻl skanerlari kabi biometrik 
qurilmalardan foydalanilayotganini koʻrgan boʻlsa 
kerak.

Ayrim aeroportlarda endi biometrik pasportlarni 
oʻqish imkoniyati mavjud Bu shuni anglatadiki, 
shaxsning biometrik maʼlumotlari, aksar hollarda 
uning yuzi va koʻz rangdor pardasi tasviri pasportiga 
biriktirilgan boʻladi U pasporti va yuz xususiyatlarini 
skanerdan oʻtkazadigan pasport nazoratidagi maxsus 
yoʻlakdan oʻtadi va agar maʼlumotlar mos kelsa, 
oʻtishga ruxsat beriladi
Biometrik texnologiya oʻzi oladigan va saqlaydigan 
ma’lumotlarga nihoyatda moslashtirilgan Bu quyidagi 
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin

Foydalanuvchilar haqida shaxsiy tafsilotlar saqlanadi
Agar kimdir ushbu tafsilotlar saqlanadigan 
maʼlumotlar bazasini buza olsa, ma’lumotlarni 
foydalanuvchiga qarshi qoʻllashi mumkin

Soxta barmoq izi yoki ovozli buyruq yozuvi kabi soxta 
biometrik materiallarni soxtalashtirish mumkin. Ular 
buning uchun juda yuqori sifatli boʻlishi kerak, lekin 
buni amalga oshirish mumkin.

Download 14,88 Mb.
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   510




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd

Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish