201
Lekin sunʼiy intellekt muammosiz emas
•
oʻldagi avtohalokatda haydovchisiz avtomobil
aybdor boʻlsa, zararni kim toʻlashi kerak
Foydalanuvchimi yoki avtomobilni ishlab chiqargan
kompaniyami Bu muammo hali yechilmagan
•
Ovozli tizimlar yaxshilanmoqda, lekin ularda hali
ham koʻplab buyruq xatolari muammosi mavjud
Agar sun’iy intellekt ovozli tizimga bogʻliq boʻlsa, u
ushbu tizim imkoniyatlari bilan cheklanadi
•
Dasturlash darajasi qanchalik yaxshi boʻlsa, sun’iy
intellekt ham shunchalik yaxshi boʻladi Agar
intellektni yaratish imkonini beruvchi dasturlarda
xatolar boʻlsa, u toʻgʻri ishlamaydi
11.02-rasm. Tesla avtomobili avtopilotda.
Haqiqiy sunʼiy intellektni bajarilgan harakatlar va
ular asosida oʻzgartirilgan xatti-harakatlar orqali ham
bilish mumkin Bu kompyuter oʻylay oladi degan
illyuziyani keltirib chiqaradi, lekin aslida u hali ham
dasturlashtirilgan elementlarga javob berayotgan
bo‘ladi
Sunʼiy intellektning oddiy misoli
va O oʻyinidagi
raqibdir Agar ikkita burchakka
harfi ni joylasangiz,
kompyuter yutmasligingiz uchun oʻzining O harfi ni
har aringiz orasiga joylash kerakligini biladi Bu
sun’iy intellektning eng kichik namunalaridandir Sunʼiy
intellektning mashhur misoli Deep Blue kompyuter
tizimidir Deep Blue shaxmat oʻynovchi kompyuter
Deep Blue qancha koʻp shaxmat oʻynasa, u shaxmatni
shunchalik yaxshiroq oʻynaydi Buning sababi
shundaki, u oldingi shaxmat oʻyinlaridagi xatolaridan
xulosa chiqaradi va natijada yaxshiroq shaxmatchiga
aylanadi Uning intellekti shunchalik rivojlandiki,
shaxmat boʻyicha jahon chempionini yutgan ilk
kompyuterga aylandi
aqinda haydovchisiz avtomobillar bozorida sunʼiy
intellekt paydo boʻldi
Tesla
avtomobil ishlab
chiqaruvchisi avtopilotli avtomobillar liniyasini ishga
tushirdi Bular harakatlanish yoʻlagini avtomatik
oʻzgartira oladigan, tezlikni saqlab turadigan va
boshqa avtomobilga yaqinlashayotganini sezsa, tezlikni
pasaytiradigan avtomobillardir
Tesla
kompaniyasining
bosh ijrochi direktori (CEO) bu toʻliq haydovchisiz
avtomobil emasligini, lekin besh yil ichida bunday
mashina ishlab chiqilishini aytdi
Sunʼiy intellekt bugungi kunda hatto aksariyat
telefonlarimizda mavjud
Siri
va
Google Now
kabi
dasturlar sunʼiy intellekt namunalaridir Ular oddiy
ovozli buyruqlar orqali internetda qidirish va kunlik
tadbirlarni sozlash kabi vazifalarda yordam beradi
Sunʼiy intellekt allaqachon hayotimizga keng taʼsir
qilmoqda
•
imkoniyati cheklanganlar
Siri
yoki
Google Now
kabi
ovozli tizimlar yordamida internetda qidirish, oilasi
va tanishlariga xabar yuborish va boshqa amallarni
bajaradi
•
haydovchisiz avtomobillarning rivojlanishi imkoniyati
cheklanganlar ham avtomobilda mustaqil sayohat
qila olishini anglatadi U inson kabi xato qilish
omilidan xalos boʻlgani tufayli orqali avtomobilni
boshqarish vazifasi xavfsizlashadi
•
oʻyinlar taqdim etadigan hordiq chiqarish darajasi
ancha yuqori Buning sababi shundaki, oʻyindagi
dushman yoki raqibni yutish yanada qiyinroq boʻladi
•
undan mutaxassis bilimi talab qilinadigan
muammolarga oson tashxis qoʻyish yoki masala
yechishga imkon beradigan ekspert tizimlarini
yaratish uchun foydalaniladi