• 11-bob: Yangi texnologiyalar
  • Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet259/510
    Sana20.05.2024
    Hajmi14,88 Mb.
    #245028
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   510
    Bog'liq
    10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

    11.16. o rish obiliyatini 
    yaxshilash
    Koʻrish qobiliyatini yaxshilash beshta sezgimizdan 
    biri boʻlgan koʻrishni yoʻqotganlarga tiklab bera 
    oladigan texnologiya sohasidir Koʻrish qobiliyatini 
    yaxshilashning asosiy maqsadi koʻzi ojiz odamlarga 
    boshqalar kabi ishlash va zavqlanishi uchun atrofidagi 
    narsalarning tasvirlarini taqdim etish
    Lekin bu soha faqat koʻzi ojizlarga qaratilgan emas
    aqin yillarda sohada yuz bergan rivojlanish 
    daltoniklarga dunyoni boshqalar koʻrganidek koʻrish 
    imkonini berdi
    11-bob: Yangi texnologiyalar
    ICT_STB_G10-11_c11_p197-209_NT_R5_2023.indd 207
    28.10.2023 11:32:50


    208
    11.17. Virtual reallik
    Endi ular ranglarni yaxshiroq ajrata oladi va ayrim 
    hollarda oldin koʻra olmagan ranglarni ham koʻradi
    Virtual reallik ayrim muammolarni keltirib chiqaradi

    Kamera va foydalanuvchi oʻrtasida kalibrlash hali 
    takomillashtirilmagan Aksariyat foydalanuvchilar 
    his qilishi va koʻrishi oʻrtasidagi farq sababli harakat 
    kasalliklari bilan bogʻliq muammolar haqida xabar 
    qilgan.

    Virtual reallikda foydalanuvchilar katta boʻsh 
    maydonda boʻlmasa, oʻziga shikast yetkazishi 
    ehtimoli bor Chunki ular narsalarga oson urilib, 
    oʻziga zarar yetkazishi mumkin

    Ayrim hollarda foydalanuvchilar virtual reallik 
    tufayli tutqanoqni boshdan kechirgan, shu sababli 
    tutqanoq kasali boʻlgan foydalanuvchilarga ehtiyot 
    boʻlish tavsiya etiladi
    Hozirda turli kompaniyalar yaxshiroq, samaraliroq, 
    jozibaliroq, funksiyalari yanada koʻp boʻlgan 
    texnologiyani yaratish ustida bellashmoqda Bu 
    har doim yangidan yangi texnologiyalar paydo 
    boʻlishini anglatadi Natijada mobil qurilmalarga 
    oʻxshash aksariyat texnologiyalar oldingidan koʻra 
    koʻproq chiqitga chiqadigan boʻldi Eng yangi 
    texnologiyalarga ega boʻlish istagi odamlarni ushbu 
    yangi texnologiya taqdim etadigan funksiyalar 
    va xizmatlar evaziga oʻzidagi qurilmalarni tashlab 
    yuborishga undaydi Bu tashlab yuborilayotgan 
    texnologiyaga qanday munosabatda boʻlish bilan 
    bogʻliq muammoni yuzaga keltiradi
    11.10-rasm. 
    Samsung Gear
    virtual reallik shlemi.
    Texnikani chiqindixonaga tashlash atrof-muhit 
    uchun zararli Agar odamlar shu yoʻlni tanlasa, 
    yuzaga keladigan chiqindilar miqdori juda katta 
    boʻladi Ayrim mamlakatlarda eski texnikalarni 
    qayta ishlash uchun imtiyozlar beriladi hamda 
    bu odamlarni eski texnikalarni chiqindixonaga 
    tashlashdan va atrof-muhitga salbiy taʼsir 
    koʻrsatishdan xalos qiladi
    Diqqat!
    Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun odatda 
    koʻzoynak yoki koʻz linzalaridan foydalaniladi
    Bular koʻz orqali kiradigan stimulni oʻzgartiradi va 
    uni odamning koʻrish qobiliyatini yaxshilaydigan 
    tarzda filtrlaydi Koʻzoynak yoki linzalarni 
    maksimal samaradorlik uchun odamga va uning 
    hozirgi koʻrish darajasiga moslash mumkin
    Diqqat!
    Virtual reallik kompyuter tomonidan yaratilgan 
    3D maydon Foydalanuvchi 3D maydonga ushbu 
    maydonni va undagi oʻrnini aks ettiruvchi biror 
    texnologiya, odatda garniturani taqish orqali 
    joylashtiriladi
    Garnitura odamning koʻrish sohasiga taqlid qilish 
    uchun biri chap koʻz va ikkinchisi oʻng koʻz uchun 
    moʻljallangan ikkita kamera kanalidan foydalanadi
    Keyin foydalanuvchi xona boʻylab yurishi va ehtimol 
    u bilan munosabatga kirishishi mumkin Bunda 
    foydalanuvchining qoʻl holatini kuzatish uchun telefon 
    yoki qoʻlqop talab qilinishi mumkin
    Hozirda Oculus Ri , HTC Vive va PlayStation VR kabi 
    oʻyinlarga aloqador koʻplab virtual reallik loyihalari 
    mavjud Aksariyat oʻyinlar allaqachon 3D muhitida 
    oʻynalishi sababli koʻpincha kamera tasviri uni 
    foydalanuvchi koʻrish sohasiga moslash uchun ajratiladi
    Garchi garnituralar foydalanuvchini oʻyinga joylashtirsa-
    da, klaviatura va sichqoncha yoki konsol boshqaruv pulti 
    kabi kontrollerlarsiz oʻyin bilan munosabatga kirishishning 
    iloji yoʻq
    Google Cardboard
    foydalanish mumkin boʻlgan 
    juda arzon va sodda virtual reallik taassurotidir Buning 
    uchun foydalanuvchilardan mobil telefonlarini karton 
    tuzilmaga oʻrashlari talab qilinadi va ayrim dasturlar 
    yordamida ular oddiy virtual reallik taassurotini yaratadi
    Virtual reallik oʻyinlardan tashqari turli dasturlarga ham 
    ega Masalan, bir nechta tibbiy jarayonlarda virtual 
    reallikdan foydalanilmoqda Bu shifokorlarga jarrohlik 
    boʻyicha tajriba-amaliyot imkonini beradi, natijada ular 
    ishonch va tajriba orttiradi, jarayonlarga koʻnikadi
    Virtual reallik bir nechta oʻquv mashgʻuloti dasturida, 
    jumladan, uchuvchilarga muayyan holatlar va harbiy 
    vaziyatlarda bajariladigan harakatlarni o‘rgatish 
    uchun parvoz simulyatorlaridan foydalanib 
    kelinmoqda

    Download 14,88 Mb.
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   510




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd

    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish