206
QR kodlar axborotni turli usullar bilan taqdim etish
uchun qoʻllanishi mumkin
•
Ayrim sportzallar ulardan qanday foydalanishni,
shuningdek, qanday mashqlarni bajarish kerakligi
bo‘yicha yordam beruvchi QR kodlarga ega
•
Ulardan mahsulotni ishlab chiqaruvchi kompaniya
yoki mahsulotning oʻzi va ozuqaviy jihatlari
haqida batafsil ma’lumot berish uchun oziq-ovqat
mahsulotlarida foydalaniladi
•
Jurnal va reklama nashrlari foydalanuvchi eʼtiborini
tortish va marketing materiallarini koʻrishga jalb
qilish uchun QR kodlardan foydalanadi
•
Ular mahsulot qadogʻining oʻzida haddan tashqari
koʻp axborot berish oʻrniga foydalanuvchiga
mahsulot haqida batafsil axborotni bilib olish
tanlovini berishning oson usuli hisoblanadi
•
Ulardan turli dasturlarni ochish uchun vosita sifatida
foydalaniladi Shuningdek, ular maʼlumotlarni dastur
ichida roʻyxatdan oʻtkazishadi
Lekin QR kodlarda bir nechta muammo mavjud
•
Ular tasvirni qayta ishlash texnologiyasiga
asoslangani sababli, kamera QR kodni toʻliq
aniqlashi uchun yetarli yorugʻlik boʻlgandagina uni
skanerlaydi
•
Kompaniyalar QR kodlar oʻlchamini oʻzgartirganda
ularning buzilishidan juda ehtiyot boʻlishi kerak
Aks holda, kod skanerlanmaydi va axborotga link
bermaydi
•
Ular mahsulotga kamroq matn joylanishini talab
qilishadi Lekin kodni aniqlashga xalaqit bermaslik
uchun yetarli joy kerak Kodga juda yaqin boʻlgan
har qanday matn yoki tasvir kodni oʻqishni juda
qiyinlashtiradi
•
QR kodlar aksar hollarda link vazifasini bajargani
sababli, agar barqaror internetga ulanmagan
boʻlsangiz, biriktirilgan axborotga kirib boʻlmaydi