|
11.15. Ultra yuqori aniqlik Pdf ko'rish
|
bet | 258/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA207
11.15. Ultra yuqori aniqlik
darajasidagi televideniye
Taqiladigan hisoblash qurilmalari yoki taqiladigan
qurilma texnologiyalari qandaydir tarzda kompyuterga
asoslangan komponentlarni oʻz ichiga oluvchi
aksessuarlardir
Fitnes qurilmalari aksar hollarda soat kabi bilagingizga
taqiladi va yurilgan qadamlar, uxlash tartibi, sar agan
kaloriyalar kabi harakatlaringizni oʻlchaydi va hatto
sizni tebranish orqali uygʻotadi Bir nechta yirik
brendlarning koʻplab fitnes qurilmalari mavjud
Smart soatlar unchalik mashhur emas Bu asosan
ularning narxi sabablidir, lekin ular fitnes qurilmalariga
oʻxshash funksiyalarni bajaradi, shuningdek,
ularni smartfonga ulash imkonini beradi Hozirda
qator kompaniyalar, jumladan,
Microsoft
,
Apple
,
ony
,
Motorola
va
Pebble
smart soatlar ishlab
chiqaradi Google Glass kabi mahsulotlar ham
taqiladigan texnologiya hisoblanadi Bu garnituralar
foydalanuvchiga yangiliklar, kiruvchi xabarlar, ular
qayerda ekani va ketayotgan joyiga borish yoʻnalishi
haqida axborot beradi
Shuningdek, texnologiyali futbolkalar ham bor Ular
aksar hollarda xabarlarni yoki harakatlanadigan
gif tasvirni, masalan, musiqa ekvalayzerini aks
ettiradi Bunday kiyimlar zamonaviy va modaga mos
koʻrinishdan boshqa vazifaga xizmat qilmaydi
Taqiladigan qurilma texnologiyalari bilan bogʻliq
quyidagi muammolar boʻlishi mumkin
•
Ular (ayniqsa, fitnes qurilmalari) namlikni oson
oʻtkazadi va bu texnologiyaning ishlashiga ta’sir
qiladi Agar qurilmalar namlikdan himoyalanmagan
yoki namgarchilikda ishlashga moʻljallanmagan
boʻlsa, buzilishi mumkin Shu sababdan ularni
pishiq-puxta loyihalashtiriladi Bu narxni oshiradi,
lekin muammoni ham ijobiy hal etadi
•
ana bir muammo ulanish bilan bogʻliq
Ma’lumotlarni olish va joʻnatish uchun Bluetooth va
simsiz tarmoqlardan foydalaniladi Bu esa ulanish
buzilishi va shaxsiy ma’lumotlar yoki hujjatlarga
kirishga urinishini anglatadi
11.09-rasm. Sotuvga chiqarilgan smart soatlar.
Diqqat!
Ultra yuqori aniqlik darajasi ekran va monitor
aniqlik darajasining ajralmas qismidir Bu
ekrandagi gorizontal piksellar sonini bildiradi,
shuning uchun ultra keng ekranlar (2560 x 1080)
ham, standart ish stoli monitorlari (1920 x 1080)
ham 2K hisoblanadi Bu HD sifatida tasni anadi
4K tomonlarning gorizontal nisbati saqlangan holda
qariyb ikki marta koʻproq piksellarga ega 8K ekran
ham ultra yuqori aniqlik darajasidagi istiqbolli
texnologiyadir
Arzon ishlab chiqish jarayoni yo‘qligi sababli 4K va
8K aniqlik hali ham qimmat 4K va 8K televizorlari,
kompyuter monitorlarini ishlab chiqaradigan bir
nechta kompaniya mavjud Kinoteatr ekranlari baʼzan
oʻlchamiga qarab 4K boʻladi, shu sababli, siz oʻzingiz
sezmagan holda 4K piksellar bilan ishlash tajribasini
boshdan kechirgan boʻlasiz
4K va 8K bilan bogʻliq asosiy muammo kontent
Filmlar yuqori aniqlik darajasida boʻlishi zarur Aksariyat
filmlar birmuncha vaqtdan buyon 4K formatida suratga
olinayotgan boʻlsa-da, kundalik televizion dasturlar va
aksariyat videooʻyinlar koʻpincha bunday yuqori aniqlik
darajasida yaratilmaydi Shuning uchun foydalanuvchilar
kontent yetarli emasligi sababli 4K va 8K qurilmalarni
xarid qilmaydi 4K va 8K dasturlari juda qimmatga
tushishi va hozir ularni aksariyat mijozlar tomosha qila
olmasligi sababli televizion dasturlar ijodkorlari ham
ularni yaratmaydi Tarmoqning oʻtkazish qobiliyatiga
yuqori talab qoʻyilgani uchun ultra yuqori aniqlikdagi
kontentni translyatsiya qilish juda qiyin Aksariyat odamlar
film va televizion koʻrsatuvlarni onlayn provayderlardan
translyatsiya qiladilar va bu ultra yuqori aniqlik
darajasidan muntazam foydalanish uchun yana bir toʻsiq
hisoblanadi
|
| |