Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/510
Sana20.05.2024
Hajmi14,88 Mb.
#245028
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   510
Bog'liq
10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

1 . . timoiy tarmo
Ijtimoiy tarmoq juda qisqa vaqt ichida keng miqyosda 
rivojlandi. Tezkor xabar almashish va elektron 
pochta ijtimoiy tarmoqning dastlabki shakllari boʻlib, 
ikkalasidan ham bugungi kunda foydalanilyapti. Hozir 
Facebook, Twitter va Tumblr veb saytlariga oʻxshash 
koʻplab boshqa ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib kelmoqda
Yangi texnologiyalarda ham oldingi xususiyatlardan 
foydalaniladi, masalan, tezkor xabar almashish ijtimoiy 
tarmoqning bir shakli boʻlib, internet orqali real vaqt 
rejimida ikki nafar yoki bir guruh odamlar oʻrtasida 
matnli muloqot qilish imkoniyatini beradi Ular bloglar 
va mikrobloglar kabi yangi xususiyatlarni oʻz ichiga oladi
Forumlar ommabop ijtimoiy tarmoq stiliga ham aylandi 
va ulardan turli mavzularda savol-javoblarni joylash 
uchun foydalanilmoqda. 
Odamlar ijtimoiy tarmoqlardan turli mavzular va 
qiziqish doiralari boʻyicha maslahat olish uchun 
foydalanadi Ushbu xizmatlarning aloqa shakllari 
ijtimoiy tarmoqlardan turli ma’lumotlarni izlayotgan 
odamlarning ehtiyojini qondirish uchun ishlab 
chiqilgan. Ijtimoiy media saytlariga kirish biroz 
muammo tugʻdirishi mumkin Chunki ba’zida 
tarqatiladigan kontentga kirish imkoni boʻlmaydi, 
masalan, tez-tez qoʻllanadigan xeshteglar va 
qisqartmalarni ba’zi imkoniyati cheklangan odamlar 
anglab-tushunib olishga qiynaladi. Bundan tashqari, 
ushbu saytlar va ularda boʻlayotgan muloqotlarning 
oʻsib-ulgʻayayotgan bolalar tarbiyasiga salbiy ta’siri 
insonda xavotir uygʻotadi Bu ularni ijtimoiy signallar 
va tana tilini aniqlash qobiliyatidan mahrum qilishi, 
toʻgʻri muloqot qilish qobiliyatiga zarar yetkazishi 
mumkin degan qoʻrquv mavjud Bolalar nomaqbul 
kontent va xabarlardan erkin foydalanishi yoki 
bunday kontentlarning nishoni boʻlishi oson
Diqqat!
Ijtimoiy tarmoq veb saytlari, elektron pochtadan 
yaxshi va yomon maqsadlarda foydalaniladi Ular 
koʻplab odamlarga uzoq masofalarda boʻlsa-da, 
bemalol aloqa oʻrnatish imkonini berdi Biroq 
foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda internetdagi 
bezorilik, shaxsiy ma’lumotlarni oʻgʻirlash va 
boshqa jinoiy harakatlar kabi muammolarga duch 
kelishi mumkin. 
 
Veb saytlar sizning onlayn faoliyatingizni qanday 
kuzatib borishi va ijtimoiy tarmoq saytlarida 
reklama bilan sizni qanday nishonga olishini 
oʻrganing
Ijtimoiy tarmoq veb saytlaridagi yana bir muammo 
shundaki, ular kompaniyalarga sizning onlayn 
ma’lumotlaringizni kuzatish va ulardan foydalanish 
imkonini beradi Maqsad reklama boʻyicha aniq moʻljal 
olish. Ba’zilar uchun bu foydali, chunki ularga faqat sotib 
olmoqchi boʻlgan narsalari taqdim etiladi Biroq bu sizning 
shaxsiy ma’lumotlaringizni va onlayn harakatlaringizni 
kuzatish va ba’zan sotishni ham oʻz ichiga olishi mumkin
Ba’zi odamlar buni oʻta pastkashlik deb hisoblaydi
Shuningdek, bu baribir cheklangan imkoniyatdir Chunki 
kompaniyaning maqsadli auditoriyasining hammasi ham 
muayyan bir ijtimoiy tarmoq saytida boʻlmasligi aniq
12.03-rasm. Selfi olish va internetga joylashtirish 
ijtimoiy tarmoq saytlaridan foydalanishning 
ommabop usuli hisoblanadi.

Download 14,88 Mb.
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   510




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd

Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish