Veb konferensiya tashkil etuvchi shaxs yoki taqdimotchi
tomonidan olib boriladi Hammaga bir xil ekran koʻrinishi
uchun har bir ishtirokchiga veb konferensiyaga kirish linki
yuboriladi (odatda elektron pochta orqali).
Link ishtirokchini virtual xonaga oʻtkazadi onaga
kirish uchun kirish ma’lumotlari taqdim etilgan boʻlsa,
ular kiritiladi Shundan soʻng xonaga kirib, yigʻilish
tashkilotchisi namoyish qilish uchun tanlagan kontentni
koʻrishi mumkin
igʻilish tashkilotchisi hujjatlarni veb konferensiya
xonasiga yuklashi mumkin Ushbu hujjatlar
ishtirokchilar koʻrishlari uchun ekranda koʻrsatilishi,
yigʻilish tashkilotchisining xohishiga koʻra,
ishtirokchilarga ularni yuklab olish uchun ruxsat
berilishi imkoni bor.
Tashkilotchi asosan ekrandagi kontentni boshqaradi,
ishtirokchilar bilan suhbatlashadi U ekrandagi ba’zi
kontentlarni boshqarish huquqini ishtirokchilarning
biriga berishi ham mumkin.
Veb konferensiyalar 12 02-jadvalda keltirilgani kabi
qator afzalliklar va kamchiliklarga ega.