.1 . ort a t nolo iyalar




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/510
Sana20.05.2024
Hajmi14,88 Mb.
#245028
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   510
Bog'liq
10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

1 .1 . ort a t nolo iyalar
Sportda hakamlarga oʻyin natijasini oʻzgartiradigan 
muhim qarorlarni qabul qilishda yordam beradigan 
texnologiya joriy etildi. Masalan, futbolda hakam 
muntazam ravishda texnologiyadan foydalanib, golni 
hisoblash uchun toʻp darvoza chizigʻini kesib oʻtganini 
tekshiradi. Buni texnologiyadan foydalanmagan 
holda baholash juda qiyin edi, chunki bu urinishlarni 
toʻxtatish uchun yordam beradigan oʻyinchilar 
hakamga xalal berardi. Sportda texnologiyadan 
bunday foydalanishga nisbatan ikki xil qarash mavjud. 
Ba’zilar undan foydalanishni qoʻllab-quvvatlaydi, 
chunki qabul qilingan qarorlarni olingan videoyozuvlar 
asosida qaytadan diqqat bilan koʻrib chiqish mumkin, 
shu sababli koʻpincha oʻyinlarning natijalari aniqroq 
boʻladi Ayrimlar ushbu turdagi texnologiyaning joriy 
etilishi oʻyin jarayonini toʻxtatadi va tomosha zavqini 
kamaytiradi, deb hisoblashadi. Texnologiya tennis kabi 
sport turlarida ham qoʻllanadi Bu orqali oʻyinchilar 
hakam qarorlariga qarshi chiqishi mumkin. Ba’zilar 
buni ijobiy baholaydi, chunki texnologiya qaror qabul 
qilish jarayoni yanada aniqroq boʻlishiga yordam 
beradi. Boshqalar esa foydalaniladigan tizim juda aniq 
emas, bu koʻpincha notoʻgʻri natijalarni beradi, deb 
oʻylaydi
 
Tennisda Hawk-Eye (Qirgʻiy koʻzi) tizimidan 
qanday foydalanilishi haqida oʻrganing
1 .1 . ibbiyot a t nolo iyalar
Tibbiyotda texnologiyalardan foydalanish bizga 
bemorni kuzatish hamda uning sogʻligʻini nazorat 
qilish imkoniyatini yaratdi. Texnologiya yordamida 
yurak urishini oʻlchash, infeksiya mavjudligini 
aniqlash maqsadida DNK namunalarini tahlil qilish 
mumkin. Texnologik modellashtirish orqali shifokor va 
hamshiralarga ba’zi muolajalarni bajarishni oʻrgatsa 
boʻladi
Texnologiyalar tibbiyotdagi koʻplab yutuqlarga zamin 
yaratdi. Bugungi kunda odamlarni texnologiyalar 
yordamida boshqariluvchi sun’iy tana a’zolari bilan 
ta’minlash imkoni mavjud Bu nogironligi boʻlgan 
odamlar ushbu sun’iy a’zolar yordamida yangi hayotga 
qadam qoʻyishini anglatadi Ularga yana yurish, 
qoʻllarini harakatlantirish, bir soʻz bilan aytganda, 
toʻliq hayot kechirish imkoni beriladi Ushbu turdagi 
davolash jarohat olgan askarlar uchun juda foydali 
boʻlib, ular yaralangan a’zolarini qayta tiklash yoki 
butunlay almashtirish imkoniga ega boʻldi

Download 14,88 Mb.
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   510




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish