Nanotexnologiyaning tibbiyotda qoʻllanishi, ayniqsa,
kasalliklarni davolash uchun dori vositalaridan
foydalanishda katta yutuqlarga erishishga yoʻl ochdi
Nanotexnologiya alohida atomlar va molekulalarni
boshqarish uchun texnologiyadan foydalanishdir U
tibbiyotda dori-darmonlarni yetkazib berishni juda
aniq yoʻnaltirish uchun qoʻllanadi arralar tanadagi
dori yuboriladigan muayyan hujayralarni, masalan,
saraton hujayralarini topishga loyihalashtiriladi. Bu
sogʻlom hujayralarni zararlash yoki keraksiz davolashni
kamaytirishga yordam beradi.
Texnologiyalarni tibbiyotda qoʻllash katta foyda keltiradi,
shu sababli u toʻxtovsiz rivojlanmoqda Taraqqiy
etayotgan jarayonlardan biri miya yoki yurak singari
tana a’zolariga joylashtirish uchun moʻljallangan aqlli
qurilmalardan foydalanishdir. Tanani kuzatish orqali
ushbu qurilmalar sogʻliq muammolari, masalan,
Parkinson kasalligini toʻliq rivojlanishidan ancha oldin
aniqlaydi. Bu davolanishni tezroq boshlashga imkon
beradi yoki kasallikning rivojlanishiga umuman yoʻl
qoʻymaydi
12.04-rasm. Te nologiyalar tibbiyotning juda koʻp
tarmoqlarida qoʻllanadi.
1 .1 . shlab hi arish a
t nolo iyalar
Ishlab chiqarish sohasida avtomashinalar kabi
mahsulotlarni yigʻish uchun robototexnika
vositalaridan foydalaniladi Shassiga oʻxshash ogʻir
qismlar kerakli joyga robot yordamida olib boriladi
va odamlar unga qoʻshimcha qismlarni joylaydi Bu
odamlarni ishlab chiqarishning xav i maydonlaridan
himoyalaydi. Ishlab chiqarishda robototexnika
vositalaridan foydalanib yanada barqaror va puxta
tovar yaratish mumkin Chunki robot mahsulot ishlab
chiqarish uchun dasturlashtirilishi va belgilangan
amaliyotni bir xil standartda qayta-qayta bajarishi
mumkin. Insonning ishlab chiqarish darajasi
kayfiyatiga yoki oʻsha kuni qanchalik charchaganiga
qarab farq qiladi. Bundan tashqari, agar ishlab
chiqarish tizimi toʻliq robotlashtirilgan boʻlsa, u
ancha uzoq vaqt ishlaydi va inson kabi maʼlum vaqt
davomida dam olishni talab qilmaydi. Agar kerakli
texnik qarov taʼminlansa, robotli ishlab chiqarish 24
soat davomida ishlashga sozlanadi.
Ba’zilar ishlab chiqarishga robototexnika joriy etilishi
odamlar ishsiz qolishiga olib keladi, deb oʻylaydi
Bu esa robotlarning afzalliklariga qaramay, ishlab
chiqarishda ulardan foydalanishga nisbatan salbiy
munosabatni keltirib chiqardi. Agar kompaniya robot
uskunalarini sotib olishga qodir boʻlmasa, bu uni
raqobatchi kompaniyalarga nisbatan kuchsizlantirishi
mumkin.