sin In ormati a va a borot t nologi alari
214
ICT_STB_G10-11_c12_p210-220_NT_R5_2023.indd 214
28.10.2023 11:33:39
Shu bilan birga, ular juda katta boʻlinishlarni ham yaratdi
Odamlarning onlayn rejimda maxfiy boʻlishi yuzma-yuz
vaziyatda hech qachon qilmaydigan yoki aytmaydigan
narsalarni qilishi yoki aytishiga olib keladi.
Internetda nashr etilgan ma’lumotlarni oʻchirib
tashlash deyarli mumkin emas, shuning uchun kimdir
ijtimoiy tarmoq saytiga matn, fotosurat yoki videoni
joylashtirganidan soʻng ularni qaytarib olishi juda qiyin
1 . 9. i okonf r nsiya
Videokonferensiya ikki yoki undan ortiq odam oʻrtasida
video aloqani ta’minlash uchun kompyuterlardan
foydalanish Ilgari odamlar konferens qoʻngʻiroqlarni
telefonga asoslangan tizimga kirish orqali amalga oshirgan
va bir vaqtning oʻzida bir necha kishi telefon orqali
gaplashishi mumkin edi. Videokonferensiya xuddi shu
xizmatni koʻrsatishga qaratilgan, ammo video qoʻshilgan
holda gaplashayotgan odamlar bir-birlarini koʻrishi
mumkin.
Videokonferensiyani oʻtkazish uchun qator uskunalar
kerak boʻladi Bunga quyidagilar kiradi
•
kompyuter tizimi;
•
veb kamera;
•
mikrofon;
•
karnaylar;
•
yuqori tezlikdagi internet;
•
videokonferensiya dasturiy ta’minoti.
Videokonferensiya orqali qoʻngʻiroq qilish uchun
barcha zarur jihozlarni oʻz ichiga olgan ixtisoslashgan
videokonferensiya tizimlarini sotib olish mumkin.
Videokonferensiya 12 01-jadvalda koʻrsatilgandek qator
afzallik va kamchiliklarga ega.
bob borot t nologi alarining ami at agi o rni va ta siri
215
Blog yuritish bir kishining aniq bir mavzu boʻyicha ish olib
borishi koʻrinishida boshlangan Ular koʻpincha oʻta shaxsiy,
masalan, oʻz sohalaridagi oʻzgarishlar yoki hayotdagi
voqealarga nisbatan shaxsiy fikrlarini bildirishgan
Keyinchalik blog yuritish yanada ommalashdi, mualli ar
va mavzular soni oshdi. Blog yuritish aslida ijtimoiy
tarmoqning bir turi sifatida universallashib, bir nechta
formatlarga kengayib ketdi. Mikroblog yuritish — blog
yuritishning yangi formati boʻlib,
Twitter, Facebook
va
Tumblr
kabi saytlarda olib boriladi. Mikroblog yuritish
odamlar folloverlariga oʻzining faoliyati haqida ma’lumot
berish uchun ijtimoiy tarmoqlarda qisqa va tez-tez
joylanadigan xabarlardan foydalanishdir. Video bloglar yoki
vloglar YouTube kabi saytlarda mashhur video formatga
aylandi. Kontenti odatdagi blog bilan bir xil, biroq u ikki
sababga koʻra shaxsiyroq koʻrinishi mumkin vizual va
audio belgilar bilan fikrlarning yanada izchilroq taqdim
etilishi hamda mavzuga boʻlgan ishtiyoqni hammaga
eshittirib tasvirlash. Blog yuritish ijtimoiy aloqalarning
shunchalik katta qismiga aylanganki, ba’zi odamlar bu
orqali pul ishlab, uni haqiqiy biznesga aylantira olyapti.
Ushbu ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’sirlari
bor Oʻxshash fikrlaydigan odamlarni topish imkoni
boshqalarga tasalli boʻlishi mumkin, chunki odamlar oʻzini
guruhning bir qismi deb his qilishni yaxshi koʻrishadi
Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim mashhur shaxslarning
izdoshlari oʻzini muxlis deb hisoblashi, ularning doʻstiday
his qilishi mumkin Biroq oʻsha shaxslar ba’zida buni
suiiste’mol qilib, kelishmovchiligi boʻlgan kishilarga qarshi
onlayn nafrat kampaniyalarini oʻtkazadi Bu esa boshqa
muxlislarni harakatga keltiradi. Yoki aksincha, jamoat
arbobi buni xohlamasa ham u bilan kelishmovchilikda
boʻlgan odamga ba’zilar oʻz-oʻzidan hujum uyushtiradi
Ijtimoiy tarmoqlar dunyoni turli yoʻllar bilan birlashtirdi
Afzalliklari
Kamchiliklari
Hamkasblar yuzma-yuz uchrashuvga borishga majbur boʻlmasdan
bir-birini koʻrishi va eshitishi uchun sharoit yaratadi, vaqt va
pulni tejaydi.
Odamlar odatda yuzma-yuz uchrashuvda
samarali muloqot qiladi Chunki bunda
ogʻzaki boʻlmagan belgilar imo-ishora va
tana harakatlarini qabul qilish osonroq.
Yangi voqea yoki favqulodda vaziyatga munosabat bildirish uchun
ishtirokchilar safarga chiqishi shart emas, shu sababli uchrashuvlar
juda tez fursatlarda tashkil etilishi mumkin. Ishtirokchilar turli
davlatlarda faoliyat olib borsa, yuzma-yuz uchrashuvlarni tashkil
etish ancha uzoq vaqtni oladi.
Videokonferensiya uchun qurilma va
dasturiy ta’minotni sotib olish nisbatan
qimmatga tushishi mumkin.
Videokonferensiyalar ishtirokchilarga oʻz hamkasblarini koʻrish
imkoniyatini beradi, telefon konferensiya qoʻngʻiroqlarida bunday
imkon boʻlmaydi Bu ogʻzaki boʻlmagan muloqotga, masalan, tana
tili — xatti-harakat va ishoralar orqali muloqot qilishga imkon
yaratadi.
Videokonferensiyalar notoʻgʻri ishlashi
mumkin boʻlgan qurilma va dasturiy
ta’minotga tayanadi, bu foydalanuvchilarning
yigʻilishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qiladi
uzma-yuz yigʻilishda esa qatnashuvchilarning
hammasi toʻlaqonli ishtirokchi boʻladi
12.01-jadval. ideokonferensiyaning afzalliklari va kamchiliklari.
ICT_STB_G10-11_c12_p210-220_NT_R5_2023.indd 215
28.10.2023 11:33:39
|