|
Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd Pdf ko'rish
|
bet | 322/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA14-bob: Loyiha boshqaruvi
253
Xatardan himoya kafolati
atarlar aniqlangach, ulardan himoyalanish uchun
chora-tadbirlar qoʻllanishi kerak Kirish huquqi,
biometrik usullar, fayervol, zaxira nusxalash, shifrlash,
zararli dasturlardan himoya va jismoniy himoya
metodlari kabi koʻpgina chora-tadbirlar 13-bobda
muhokama qilingan edi
Ilgari muhokama qilinmagan xavf-xatarlardan biri
asosiy xodimlarni yoʻqotish ehtimolidir Agar biror kishi
ishdan ketsa, toʻsatdan kasallikka chalinsa, olamdan
oʻtsa yoki ishdan boʻshatish kerak boʻlsa, tashkilot bu
insonda mavjud hujjatlashtirilmagan barcha bilimlarni
yoʻqotadi Shu sababli xodim yoʻqotilishining oldini
olish kerak, yetakchi mutaxassis kuzatib borayotgan
hamma jarayonlarni hujjatlashtirib borish katta
ahamiyatga ega Shuningdek, tizim boshqaruvining
asosiy parolini biladigan kamida ikki kishi boʻlishi
yoki parol nusxasini kirish huquqi cheklangan seyfda
muhrlangan konvertda yozib qoʻyish ham oqilona
xavfsizlik usulidir
Tiklanishni boshqarish
Biror-bir falokatdan soʻng tiklanishni rejalashtirish
jarayonini ishlab chiqish kerak Bu quyidagilarni oʻz
ichiga oladi
•
zaxira nusxalarni qayta tiklash
•
apparat taʼminotini almashtirish
•
dasturiy ta’minotni qaytadan oʻrnatish
•
asosiy xodimlarni favqulodda almashtirish
•
ofi s uchun favqulodda zaruriy joy
Ushbu holatlarni rejalashtirishda tabiiy ofat oqibatlarini
tiklash uchun zarur boʻlgan xodimlar, texnologiyalar,
maʼlumotlar, materiallar va binolar boʻyicha har qanday
resurslarni aniqlash va rejalashtirish kerak Shuningdek,
tiklanish nuqtasi maqsadi (TNM) aniqlanishi kerak
TNM falokatdan oldingi ma’lumotlar qayta tiklanishi
kerak boʻlgan vaqt
Har bir tiklanish jarayoni qancha vaqt talab qilishini
rejalashtirish juda muhim Tiklanish jarayonining ba’zi
qismlari uchun vaqt belgilanadi, boshqa qismlarida
esa koʻproq resurslar taqsimlanadi, natijada ular tezroq
tiklanadi Tiklanish jarayoni vaqtini rejalashtirayotganda
ikkita asosiy oʻlchovni hisobga olish kerak
•
maksimum toʻxtash vaqti (MTV) bu har bir
biznes faoliyati tizimning asosiy funksiyalaridan
foydalanmasdan ishlab tura oladigan maksimum
vaqt oraligʻidir
•
tiklanishning maqsadli vaqti (TMV) bu tashkilot yoki
biznes faoliyati oʻz tizimini tiklashi va ishni qaytadan
yoʻlga qoʻyishi uchun sar anadigan taxminiy
maksimal vaqtdir
Har bir biznes faoliyati uchun ustuvorliklar MTV
asosida aniqlanadi, shuning uchun past MTVli
biznes faoliyatlari tez orada ishni qaytadan
boshlaydi
|
| |