Rastrli tasvir kattalashtirilganda piksellanadi, vektorli
tasvir esa piksellanmaydi.
Tasvirni tahrirlash dasturidan kitoblar, gazetalar
va jurnallardagi tasvirlarni tiniqlashtirish, sifatini
oshirish kabi maqsadlarda foydalaniladi. Tasvirlarni
tahrirlashning ijobiy va salbiy taʼsirlari mavjud ijobiy
taʼsirlariga nuqsonlarni olib tashlash va nashrlar
koʻrinishini yaxshilash, salbiy taʼsirlariga odamlar
intiluvchi va taqlid qiluvchi, ammo erishish imkonsiz
noreal taassurotlarni yaratish kiradi.
Vektorli va rastrli tasvirlarda
Selection, Grouping,
Layers, Color gradient
kabi koʻplab texnika va
uskunalarni qoʻllash mumkin
Resize, Blend, Copy,
Red eye
singari uskunalar faqat rastrli tasvirlarda
ishlaydi Qatlamlar tasvir elementlarini alohida
saqlash va tahrirlash imkonini beradi. Tahrirlangan
rastrli va vektorli tasvirlarni turli formatlarda saqlash,
ularni turli darajada siqish mumkin.
TOPSHIRIQ
Oʻzingiz yoki doʻstingizning fotosuratlarini oling
va dunyoning diqqatga sazovor manzillari foniga
joylashtiring angi hosil boʻlgan fotosurat tabiiydek
koʻrinishi uchun kerakli tahrirlash uskunalarini ishga
soling.
16.04. Xulosa
Rastrli tasvir piksellardan, vektorli tasvir esa shakl va
koordinatalardan iborat boʻladi
sin In ormati a va a borot t nologi alari