356
Tegishli sharhlarsiz javob uchun 0 ball.
Ehtimoliy fikrlar
•
Virtual reallik yordamida foydalanuvchilar
boshdan kechira olmaydigan vaziyatlarni,
masalan, samolyotda
uchish tajribasini sinab
ko‘radi.
•
UltraHD filmlarni tomosha qilish jarayonida
tomoshabin miriqadi.
•
Ma’lumotlarni UltraHD formatda uzatish
murakkab jarayon bo‘lib, foydalanuvchilarning
texnologiyadan to‘liq foydalanishini cheklaydi.
•
Kiyiladigan texnologiya kundalik vazifalar
yoki mashqlarga geymifikatsiya elementini
qo‘shadi. Foydalanuvchilar o‘zaro yoki o‘zi
bilan raqobatlashishi mumkin.
12-bob. Axborot
texnologiyalarining jamiyatdagi
o‘rni va ta’siri
Nazorat savollari
1.
Quyidagilarning istalgan uchtasi [3]:
•
Pulning internetga asoslangan shakli.
•
Xalqaro miqyosda foydalanish imkoni mavjud
valyuta.
•
... valyuta almashtirish kurslariga tobe emas.
•
Bitcoin / litecoin /
Ethereum yaxshi misol
bo‘ladi.
•
Ular anonim ishlatiladi, shuning uchun
kuzatib boʻlmaydi
2.
Javob darajasi:
3-daraja [6–8 ball]
O‘quvchilar onlayn xaridlarning
foydalanuvchilarga taʼsirini batafsil muhokama
qiladi. Javoblar misol bilan izohlanadi. Xulosa
asosli. Axborot dolzarb, aniq, tartibli bo‘lib,
tizimli va izchil taqdim etiladi.
2-daraja [3–5 ball]
O‘quvchilar onlayn xaridlarning
foydalanuvchilarga taʼsirini muhokama qiladi,
ammo izohlar yetarli emas. Xulosa mavjud.
Aksariyat maʼlumotlar dolzarb bo‘lib, tizimli va
izchil taqdim etiladi.
1-daraja [1–2 ball]
O‘quvchilar onlayn xaridlarning
foydalanuvchilarga bitta taʼsirini muhokama
qiladi. Izohlar sodda yoki dolzarb emas.
Tegishli sharhlarsiz javob uchun 0 ball.
Ehtimoliy fikrlar
•
Xaridor uchun ham, savdogar uchun ham
ancha qulaylik yaratadi.
•
Mijozlar mobil
qurilmalari va internetga
ulanish orqali xaridlarni istalgan joyda amalga
oshira oladi.
•
Xaridorga mahsulotlarni taqqoslash uchun
tanlash imkoniyati taqdim etiladi.
•
Bozorga borishni
yoqtirmaydigan xaridorlar
uy sharoitida mahsulot xarid qila oladi.
•
Xaridorlar eng ma’qulini aniqlash uchun
narxlarni solishtira oladi.
3.
Javob darajasi:
3-daraja [5–6 ball]
O‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy
hayotga taʼsirini batafsil muhokama qiladi
Javoblar misol bilan izohlanadi. Xulosa asosli.
Axborot dolzarb, aniq, tartibli bo‘lib, tizimli va
izchil taqdim etiladi.
2-daraja [3–4 ball]
O‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy hayotga
taʼsirini muhokama qiladi, ammo izohlar yetarli
emas ulosa mavjud Aksariyat maʼlumotlar
dolzarb bo‘lib, tizimli va izchil taqdim etiladi.
1-daraja [1–2 ball]
O‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy
hayotga bitta taʼsirini muhokama qiladi
Izohlar
sodda yoki dolzarb emas.
Tegishli sharhlarsiz javob uchun 0 ball.
Ehtimoliy fikrlar
•
Hozirda bir necha ijtimoiy tarmoqlar mavjud
va istalgan odam o‘z ehtiyojidan kelib chiqib
istalganini tanlashi mumkin.
•
Uzoq masofada
joylashgan odamlarga aloqa
o‘rnatish imkonini beradi.
•
Ba’zilarning ta’kidlashicha, muloqotni
ragʻbatlantirish orqali ijtimoiy koʻnikmalarni
rivojlantiradi.
•
Ba’zilarning ta’kidlashicha, ijtimoiy
koʻnikmalarga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda,
chunki odamlar real hayotdagidan boshqacha
harakat qilishadi.
•
Yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan
xatti-harakatlarni koʻrib, odatiy hol deb qabul
qilishi va ko‘nikishi ko‘pchilikni xavotirga
solmoqda.
•
Ba’zilarning fikricha, bu onlayn tahqirlash
kabi kattaroq muammolarga sabab
bo‘lmoqda.