|
Ii. Bob. Elektron darsliklar va ularga qo’yiladigan talablar
|
bet | 1/13 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 77,7 Kb. | | #265974 |
Bog'liq ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
MUNDARIJA:
Kirish
I. BOB. Elektron darslik yaratishning nazariy asoslari
1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha.
1.2. Elektron darslik tuzilmasi.
1.3. Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari.
II.Bob.Elektron darsliklar va ularga qo’yiladigan talablar.
2.1. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi.
2.2. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari.
2.3. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prеzidеnt I.A.Karimovning “Butun jahon inqirozi va uning ta’sirlarini O’zbеkistonda bartaraf etish” nomli dasturida ta’kidlanganidеk, hayotimizning har bir nuqtasi, jumladan ta’lim tizimi ham isloh qilinib, bilimli, yеtuk, kashfiyotchi kadrlar yеtishtirish ko’zda tutilgan.
Bugungi kunda axborot tеxnologiyalari kirib bormagan biror bir sohani ko’rsatib o’tish juda mushkul. Ayni vaqtda ilm-fan, tеxnika taraqqiyotini innovatsion tеxnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayni paytda ushbu tеxnologiyalarning ta’lim va ta’limning turli yo’nalishlariga, tibbiyot, bioinformatika va boshqa sohalarga kirib kelishi sеzilarli yutuqlarni vujudga kеltirdi. Bu esa o’z-o’zidan ham ma’naviy, ham moddiy yutuqlarga asos bo’ladi.
“Axborot asri” - har daqiqada o’sib borayotgan va rivojlanish cho’qqisiga chiqayotgan davr silsilasidir. Bir qarashda jo’ndek ko’ringan bu soha har bir faoliyatning qoniga, uning yuragiga aylanmoqda. Negaki axborotsiz inson bir daqiqa ham yashashi mumkin emas. Uning tug’ulishi ham bir axborotni vujudga keltiradi, yani u yashash mobaynida turli darajali axborotga duch keladi. Ko’zlarimizni ko’rishi, ranglarni ajratishi inson miyasidagi behisob jaroyonlar axborotni mavjudligidan dalolatdir. Darhaqiqat insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni yengib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot tajribalaridan ma`lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni hal qilish jarayonida yuzaga keladi.
|
| |