Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari




Download 77,7 Kb.
bet5/13
Sana27.06.2024
Hajmi77,7 Kb.
#265974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.

1.3. Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari.

Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz.


Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida oydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining electron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin.
Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar:
 grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;
 muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni
shakllantirish;
 o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.
Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma'lum bir mavzuga mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.
Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi ta'sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma'lum bosqichida o‘quvchiga shu bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar. Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish.
Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda beriladi.
Amaliy tahlillar ta'lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar ma'lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar bilan bog‘liq.
Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi.
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.
Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
 matnning elektron versiyasi;
 kitobning gipermatnli elektron versiyasi;
 grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
 animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud
darsliklar.
Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab
chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:
1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.
2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.
3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.
4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.
Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi
tamoyillarini keltirish mumkin:
 multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida
axborotlarni taqdim etish;
 qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;
 olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish;
 tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv
va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.
Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy
muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim etishi bilan farqlanadi, xolos.

Download 77,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 77,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari

Download 77,7 Kb.