2. 2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari




Download 90,17 Kb.
bet1/7
Sana18.05.2024
Hajmi90,17 Kb.
#242784
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2.2 12 bet

2.2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari


Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasida “individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish”1 kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish bilan bir qatorda, Respublikamizda oliy ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual faoliyatini rivojlantirish zaruratini yuzaga keltiradi.
Kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishda belgilangan topshiriq va vazifalarni tizimli tahlil qilish, talabalarning individual faoliyatini ta’minlash va talabalar individual faoliyati uchun fanning metodologik ta’minotini ishlab chiqishning pedagogik va didaktik shart-sharoitlarini ishlab chiqishdan iborat. Bunda o‘qituvchilardan har bir talabaga indivudual yondoshish va talabani individual ta’lim olishga yo‘naltirish talab etiladi.
Pedagogikada “shart-sharoitlar” - deganda pedagogik tizimi ishlash samaradorligiga bog’liq omillar, holatlar tushuniladi. Zamonaviy didaktikada “shart-sharoit” tushunchasi o’qitishning muvafaqiyatligini ta’minlovchi omillar, komponentlar yig’indisi – deb izohlagan.
Adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki didaktik shart-sharoit – deganda o’quv jarayonning muhim komponenti tushuniladi, u o’zida qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan, o’quv jarayonning ma’lum o’lchovlari yig’indisini bir butun holatda umumlashtiradi.
Kredit-modul tizimi jarayonida o’qitishning maqsadi - ob’ektiv voqelikni yetarli darajada aks ettiruvchi, faoliyat ko’rsatuvchi, o’zini-o’zirivojlantiruvchi individual faoliyatni shakllantirish har bir talabaning shaxsiy maqsadiga aylanadi. O’quv jarayonida talabalarning individual faoliyatini shakllantirish ishlari har bir talabaning ongida bajarilishi kerak va uni boshqa hech kim bajara olmaydi. Lekin bu ish o’ta murakkab va talabadan ko’p energiya talab qiladi. Shuning uchun uning muvaffaqiyati malakali o’qituvchining yordamini talab qiladi.
Kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual faoliyatini tashkil etishda har bir talaba bilan shug’ullanishda bir necha o’qituvchilar jamoa ishtirok etadi. Talabalar individual faoliyatini tashkil etishda ularning qiziqishlari, xohish-istaklari va kasbga bo’lgan munosabatlarini aniqlashning imkonini beradigan quyidagi xususiyatlari pedagogik tajribalarda alohida e’tirof etiladi.

Download 90,17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 90,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. 2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari

Download 90,17 Kb.