|
2. 2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari
|
bet | 4/7 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 90,17 Kb. | | #242784 |
Bog'liq 2.2 12 bet- motivatsion sharoitlar: talabalarning kasbiy rivojlanishida individual faoliyatning o‘rni va rolini asoslash, talabalarda individual faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash;
- konstruktiv sharoitlar: Kredit-modul tizimi jarayonida talabalarni faollashtirishning muhim tarkibiy qismi bo’lgan talabalarning individual tarzda o’z-o’zini rivojlantirishga ruhiy jihatdan safarbar qilish, individual faoliyatga o’rgatish, shakllantirish va rivojlantirishning samarali metodlarini ishlab chiqish;
- kommunikativ sharoitlar: Talabalarning individual faoliyati tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslarini belgilab olish, o‘quv jarayonida talabalarda individual faoliyatga ehtiyojini shakllantirishga xizmat qiladigan didaktik vositalarni aniqlash, talabalarda individual faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizimni vujudga keltirish kabilar.
- tashkiliy sharoitlar: individual faoliyatni tashkil etish usullari va shakllaridan foydalanish; talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning individual imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash; individual faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tadbiq etish;
- individual sharoitlar: talabalarda individual faoliyat uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi individual faolligini ta’minlash, har bir talabada uning individual faoliyatga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning individual faoliyatini muntazam rag‘batlantirish; o‘quv jarayonini talaba shaxsning xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish.
|
| |