• Natijaviy shart
  • 2. 2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari




    Download 90,17 Kb.
    bet3/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi90,17 Kb.
    #242784
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2.2 12 bet

    Metodik shart. Kredit-modul tizimi jarayonida bilimlarni individual tarzda egallash asosida talabalarning individual faolligini uzluksiz o’sishini ko’zda tutadi. Bunda egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo’llashni, mashg’ulot mazmuni va tashkil etilishi esa, mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni yangi vaziyat va o’zaro bog’liqlikda doimiy ravishda qo’llash va takomillashtirishni ta’minlaydi. Bu shart o’qitish samaradlorligining talaba rivojlanish darajasi va unda individual faoliyat ko’nikmalari shakllanganligiga bog’liqligini o’zida aks ettiradi. Bu shartni joriy etishda o’quv jarayonini talaba bilimlarni mustaqil individual faoliyat jarayonida oladigan tartibda tashkil etish talab qilinadi.
    Natijaviy shart – Individual rivojlantirish dasturining natijasi va samaradorligini tahlil qilish. Bu o’qitishning shunday tashkiliy shakli va talabaning individual o’quv faoliyatini boshqarish vositasini tanlash hisoblanadiki, Individual dastur asosida kasbiy rivojlanish shkalasi” talabaning individual faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirishni ta’minlasin. Bu o’quv materialini o’zlashtirish sifati, ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilishni shunday tashkil etishki, bunda u nafaqat mashg’ulot yakuni bo’yicha, balki talabaning o’quv-biluv jarayonida amalga oshiriladi. Bu shart o’qitish samaradorligini oshirish va talabada individual faoliyatning rivojlanishida uning individual faoliyatini boshqarish va nazorat qilish vositalarini to’g’ri tanlashga bog’liqligini o’zida aks ettiradi. U mashg’ulotlarda o’quvchilar rivoji va pedagogik jarayonlarni boshqarishga oid bir qator masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Bu shartda talabada mustaqillik va individuallik darajasi uzluksiz o’sishi ro’y beradi va buning uchun talabaning individual faoliyatiga rahbarlik qilish va mashg’ulot mazmunini tashkil etish talab etiladi.
    Yuqoridagi kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual faoliyatini tashkil etishni rivojlantirishga qaratilgan didaktik shartlardan kelib chiqqan holatda biz quyida talabalarning individual faoliyatini rivojlantirishining pedagogik shart-sharoitlarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.
    Talabalarda individual faoliyatini tashkil etishni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi didaktik sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

    Download 90,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 90,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. 2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari

    Download 90,17 Kb.