|
2. 2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari
|
bet | 2/7 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 90,17 Kb. | | #242784 |
Bog'liq 2.2 12 bet1. Yakka tartibda shug’ullanish xususiyati. Bunda har bir talabaga davlat ta’lim standartlari va malaka talablaridan kelib chiqib maxsus yondashiladi. Bundan asosiy maqsad talabalarning ta’lim doir huquqlarini jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ro’yobga chiqarish va talabaning bilim va ko’nikmalarini kutilgan darajada tarkib toptirish imkoniyatlarini beradi.
2. O‘ziga xoslik xususiyati. Bu xususiyat talaba bilan istalgan vaqtda va muddatsiz shug’ullanish bilan belgilanadi. Unda talabaning imkoniyatlaridan kelib chiqilib nazariy, amaliy va metodik mashg’ulotlar tashkil etiladi. Bunda mashg’ulotlarning shakli rang-barang bo’lishiga e‟tibor qaratilib, qaysi mashg’ulot shakli amaliy samara bersa, shu mashg’ulot turi tanlanadi, shu bilan birga o’qituvchining ham faol bo’lishi, o’quv materiallarini avvaldan va yangi ma’lumotlar asosida tayyorlashi, ularni talabalarga o’z vaqtidav yetkazishi hamda talabalarning o’zlashtirish darajasini nazorat qilib borishi muhim hisoblanadi.
Shu sababli keyingi paytlarda darsliklarning elektron shakllariga va ularning imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
3. Amaliylik xususiyati. Bunda pedagogik va psixologik metodlarning keng hamda uyg’un qo’llanishi bilan belgilanadi. Pedagogik metodlarning tushuntirish, izohlash, sharhlash va yo’naltirish kabi xusuisy metodlari talabalarning individual faoliyatini tashkil etishning amaliylik jihatlarini belgilaydi. Psixologik metodlarning ishontirish, ruhiy ko’niktirish, murakkab holatlardan chiqib ketishga yo’naltirish kabi xususiy metodlari amaliy omillaridan hisoblanadi. [68].
Ilmiy va uslubiy adabiyotlar tahlili va o‘zimizning pedagogik amaliyotimiz talabalarning individual faoliyatini tashkil etish va o‘tkazishda odatiy qiyinchiliklarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Pedogog duch keladigan qiyinchiliklar:
O’quv materiallarining hajmi katta bo’lganligi sabali talabalarga didaktik materiallarni tizimli va tartibli uzatishda yuzaga keladigan muammolar;
didaktik muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun talabalarning individual ishlarini tashkil etishning mos shakllari va usullarini yaratish uchun nihoyatda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish;
"kredit-modul tizimining mazmuni, ma'nosi, maqsadlari, vazifalari, shaxsiy natijalarni monitoring qilish va baholash tizimidan kelib chiqqan holda o'qitishning sur'ati, shakllari va usullarini tanlash
talabaning ta’lim faoliyatidagi o’z-o’zini rivojlantirishni tashkil etish bosqichlari, ta’lim maqsadlari va natijalarini belgilash uchun talabaning qiziqishlari va ta’lim talablari asosida uning barcha qobiliyatlari va iste’dodlarini keyinchalik amalga oshirish maqsadida ochib berich va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
talabalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratish;
Talabalarning individual faoliyatga nisbatan qiziqish va motivasiya uygʻotuvchi omillar hamda oʻquv mashgʻulotlarini mustaqil ravishda tashkil etishga qaratilgan yondashuvlar, talabalarning individual faoliyatini boshqarish va nazorat qilish kabi muammolar.
O‘z navbatida, kredit-modul tizimi jarayonida talabalar individual faoliyatida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishadi:
ta’lim jarayonida individual faoliyat ko‘nikmalarining yetishmasligi ya’ni adabiyotlar bilan ishlash, ma’ruzalarni yozib olish, o‘qilganlarni tahlil qilish, o‘qigan ma’lumotlarini umumlashtirish, qisqa yozuvlar va oqilona xulosalar chiqarish;
didaktik materiallar, axborot texnologiyalari, internet resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmasining yetishmasligi;
o‘ziga yuklangan vazifalarni hal qilish jarayonida ong, mustaqillik va faollikning yetarli darajada namoyon bo‘la olmasligi;
individual faoliyatining eng muhim xususiyati unga nisbatan motivasiyalarning mavjudligi va rivojlanganligi, yaʼni oʻrganilayotgan fanda oʻz mohiyatini topgan bilish ehtiyojidan iborat shart-sharoitlardir.
Talabalarning individual faoliyatini tashkil etishda yuqoridagi qayd etilgan o’qituvchi va talabalarning duch keladigan muammo va qiyinchiliklarini bartaraf etishda alohida pedagogik va didaktik shart-sharoitlarini ishlab chiqishni qatozo etadi.
Talabalarning individual faoliyatini takomillashtirish didaktik shart-sharoitlarga aniqlik kiritish psixologik-pedagogik adabiyotlarda muammoning qay darajada ekanligini, jamiyatning ijtimoiy tartibini, davlat ta’lim standartini, talabalar individual ta’limini faollashtirish darajalari hamda mezonlarini o’z ichiga qamrab olishini nazarda tutgan holda adqiqotimizning mazmunidan kelib chiqqan holda Talabalarning individual faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishda quyidagi didaktik shartlarni belgilab oldik:
Dasturiy ta’minot sharti. shundan iboratki, talabalarning individual faoliyatini tashkil etishda Individual rivojlantirish dasturining tarkibiy elementlari bo’lgan, yo’nalishning malaka talablarida keltirilgan o’quv fanlari va materiallari bilan o’qitish vositalari va usuli o’rtasidagi bog’liqlikni etiborga olgan holda tanlangan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy qo’llash istiqboliga ega bo’lish lozim. Bu shart o’qitish samaradorligini, mashg’ulot mazmunini to’g’ri tanlashga va o’quv materialini o’qitish jarayoni maqsadiga mos holda tuzishga bog’liqligini o’zida aks ettiradi. U barcha predmetlar bo’yicha o’quv materiallari o’rtasidagi aloqadorlikni o’rnatishni va bir predmetdagi o’quv materiali boshqa predmetdagi o’quv materiali bilan to’ldirilishi talab etiladigan o’quv jarayonini tashkil etishni talab etadi.
|
| |