Ii-bob. Kamolotda ta`lim va tarbiyaning ko`rinishi




Download 74.68 Kb.
bet1/9
Sana23.03.2024
Hajmi74.68 Kb.
#175415
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ehtiyoj va shaxsning o’zini o’zi kamol toptirish qobuliyati
maqola Ibodov Alohiddin, тўғри чизиқ орасидаги бурчак. Тўғри чизиқ в , ingliz tili mustaqil Travelling, 1.маъруз (1), 22-S-EE-1-Oliy matematika , характеристика студенты 1, kurs ishi iqtisodiyot 2222, 37-mavzu, Buyuk shaxmat taxtasi [@detektivkitoblar] (1), Установки погружных винтовых электронасосов, Lokal tarmoqda ma\'lumotlar almashinuv modeli-fayllar, MAVZU PEDAGOGI-WPS Officevbfbdv, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, 26.3Ds max 2010 - Uslubiy qollanma, 175-ЗООНОЗ КАСАЛЛИГИ ЎЧОҒИНИ ЭПИЗООТОЛОГИК ЭПИДЕМИОЛОГИК ТЕКШИРИШ К А Р Т А С И га илова варағи

Ehtiyoj va shaxsning o’zini o’zi kamol toptirish qobuliyati
Mundareja.
Kirish.
I-BOB. O'z-o'zini kamol toptirish kontseptsiyasining mohiyati
1.1.O `zini tarbiyalash bosqichlari
1.2. Kamolotga erishishda asosiy rol o`ynovchi omillar
II-BOB. Kamolotda ta`lim va tarbiyaning ko`rinishi
2.1. O`z o`zini anglash
2.2. Kamolotning yosh davrlaridagi bosqichlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish:
Komil shaxsni shakllantirish va tarbiyalash g’oyasi istiqlolning dastlabki kunlaridanoq biz uchun ustuvor vazifa qilib belgilandi. Ushbu vazifalar jamiyatimizda har bir shaxsga, ayniqsa bolalarga ularning tarbiyasiga kompleks yondashishni talab qiladi.
Shaxsning har tomonlama kamol topishi ta’lim jarayoni, uning tashkil etilishi va amalga oshirish usul va vositalariga ham muayyan darajada bog’liqdir. Muvaffaqiyatli ta’lim olish, bilimlarni egallashning optimal asosi o’quv, intellektual ko’nikma va malakaning shaxsdagi o’zlikni anglash, o’z-o’zini baholash,o’z o’zini boshqarish hamda bilish kabi ko’rsatkichlar bilan uyg’un ravishda shakllanishi hisoblanadi.
Har qanday muammoni yechish uning nazariy asoslarini o’rganishdan boshlanadi. Muammoning nazariy asoslari deganda, shu sohadagi mavjud tushunchalar, qonunlarni yaxshi bilib olish nazarda tutiladi.
Muayyan ilm qaysi ob’ektiv borliqni o’rganishni, uning asosiy maqsadi, vazifalari nimadan iboratligini hamda shu sohadagi qonuniyatlar jamiyat manfaatlariga qanday xizmat qilishini yaxshi bilgan bo’lishi zarur. Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos yondashishga yegadirlar. Shu jumladan shaxsning o’z o’zini boshqarishiga to’htalsak avallo «o’z o’zini boshqarish» atamasiga qo’shiladigan «o’z o’zini» so’z birikmasi sub’ektning: uning tomonidan amalga oshirilayotgan o’zining erkin faollik xarakatlarini anglash va ularni maqsadga muvofiq boshqarish;
O’zini o’zi nazorat qilish genetik nuqtai nazardan inson uchun o’ziga xos va unga o’zini o’z faoliyatining, xatti-xarakatlarining va umuman, xayot tarzining yaratuvchisi, ijrochisi va nazoratchisi sifatida namoyon bo’lishga yo’l qo’yib beradigan ruxiyatning umumiy funksiyasi sifatida namoyon bo’ladi. O’zini o’zi boshqarish deganda inson aniq bir maqsadga yo’naltirgan o’z faoliyatining sub’ekti bo’la olish umumiy qobiliyati tushuniladi va u shu kabi faollikning ko’pgina alohida xarakatlarida doim amalga oshiriladi. Boshqa so’zlar bilan aytganda, o’zini o’zi boshqarish o’z faoliyatining sub’ekti bo’lmish insonning umumiy qobiliyati sifatida ham, ushbu qobiliyatning faoliyat, xatti-xarakatlar, muloqot va shu kabilarning aniq yagona xaraktlarida amalga oshish jarayoni sifatida ham mavjud bo’ladi. O.A. Konopkin “faoliyat” va “o’zini o’zi boshqarish” tushunchalarning nisbati haqida gapirganida, ular bir biridan ajralmagan xolda mavjud bo’lishlarini va amlaga oshishlarini, bir birini to’ldirishlarini, ba’zida esa bir birini to’sib qo’yishini ham alohida ta’kidlab o’tgan.
Lekin ular insonning mos tushmaydigan erkin faoliyat aspektlariga urg’u berganligi sababli bir birining o’rnini bosa olmaydilar. 1 “Faoliyat” tushunchasi borliqning amaliy o’zgarishi, uning uslublari predmetli mantiqqa mos tushishi bilan bog’liq ma’noviy vazifani bajaradi. O’zini o’zi boshqarish tushunchasi o’sha faoliyatning sub’ekt, yaratuvchi va egasi sifatida namoyon bo’ladigan insonga tegishlilikga urg’u beradi. Natijaga erishishga yo’naltirilgan real faoliyatning asosiy jihati faoliyatni maqsadga muvofiq o’zgartirishga qaratilgan ijro faoliyatidir. O’zini o’zi boshqarish nafaqat faoliyatning bevosita amalga oshirilishi bilan bog’liq ichki ruxiy harakatdir, balki u ushbu faoliyatning amalga oshish jarayonini ham kuzatib boruvchi kuchdir.
Bu tarkibiy qismni alohida ko‘rib chiqamiz: bizning fikrimizcha, faol xatti-harakat motivatsion ehtiyojlar bilan bog‘liq: ijtimoiy talablar va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ehtiyoji, yuqori maqsadlarga erishish, turli faoliyatda muvaffaqiyatga erishishga intilish, shuningdek, bilish faoliyati bilan, o‘zida bilimlar, amaliy hyotiy tajriba, qarashlar, tamoyillar, e’tiqod, dunyoqarash, ahloqiy, estetik sohalarda qadriyatlar yo‘nalganligi tizimi, shaxsiy fikrni ishlab chiqish uchun ijtimoiy hodisalarni va shaxsiy turli-tuman tajribani tahlil qilish va baholashni bilish, o‘z bilimlari va tajribasidan kelib chiqqan holda mustaqil xulosalarni qilishga qodirlik. Mustaqillik topshiriqda mustaqil mo‘ljal olishni, qo‘ylgan vazifaga mos harakatlar usullarini tanlash ko‘nikmasi (shuningdek, mos vositalar, materiallar, ularni qayta ishlash usullari) va ularni amaliyotda amalga oshirish, ishning mazmuni va usullarini nazorat qilish va korreksiya qilish ko‘nikmasini taxmin qiladi. Bu hodisa motivatsion va protsessual tarkib birligidan iborat. Birinchisi bilish jarayoniga bo‘lgan ehtiyojni, ikkinchisi –maqsadga yo‘naltirilgan qidiruvni amalga oshirishga yordam beruvchi mazkur predmet sohasi bilimlari va faoliyat usul-vositalarini aks ettiradi. Bu jihatlar bir butunlikda mavjud bo‘lsa ham, ularning bo‘linishi o‘rinlidir. Vaholanki, bilimlarni izlashga intilish mumkin, biroq, ularni topishni emas, balki organik ehtiyojni boshdan kechirmagan holda ularni aniqlash mumkin. Ma’suliyat shaxs xususiyati sifatida ijtimoiy qadriyatlarni, me’yor va qoidalarni anglash natijasi sifatida birgalikdagi faoliyat davomida shakllanadi. Mas’uliyat ijtimoiy muhim shaxsiy sifat hisoblanadi. O‘spirinlik davrida mas’uliyat boshqalar uchun ahamiyatli bo‘lgan topshiriqlarni bajarish; xatti-harakatlarning topshiriqlarnimuvaffaqiyatli bajarishga yo‘nalganligi (qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilish, boshlagan ishini oxirigacha yetkazish); topshiriqni, uning xarakteri va natijasini hissiy kechirish (jiddiy ish berishganidan xursand, muvaffaqiyati uchun qayg‘uradi); topshirilgan vazifani bajarish uchun javob berish kerakligini anglab yetish kabi ko‘rsatkichlar namoyon bo‘ladi. O‘spirinda hurmat bilimlar - his-tuyg‘ular hulq-atvor asosida yuzaga keladi. Hulqatvor me’yorlari haqida bilimga egabo‘lishni biz hissiy javob qaytarish bilan bog‘laymiz. Bu esa o‘z navbatida kattalarga bo‘lgan hurmatda namoyon bo‘ladi. Vujudga kelgan vaziyatlarda bu jarayonni tushunish va uni baholash, uni hal qilish variantlari o‘ylab topiladi. Shu yo‘sinda o‘spirinning olamni idrok qilishi kengayib, o‘z mustaqil fikriga, qadriyatlar haqidagi tasavvurlarga egabo‘lish shakllanadi. Optimistning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri faollikdir. Faollik – nomaqbul vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat. Bunday faollikni bolalikdan shakllantirish lozim. U uchta tarkibiy qismdan iborat: vaziyatni anglash, uni o‘zgartirish yo‘llarini aniqlash, ijobiy o‘zgartirish bo‘yicha bevosita faoliyat. Shuni ta’kidlash joizki, differension-integratsion nazariya nuqtai nazaridan turli tizimlarning ichki qismlari rivojlanishi integratsiya va differensiatsiya o‘rtasidagi munosabatlar bilan xarakterlanadi. Psixologik yetuklik sub’ekt sifatlarining tizimi sifatida yetuk, integratsiyalashgan tizim tavsifi bilan aniqlanadi deyish mumkin. Shunday qilib, mazkur fenomen rivojlanishi uchun refleksiv qobiliyatlar; ixtiyoriy o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlanish darajasi; motivatsiyaning rivojlanishi; shakllangan qadriyatli-ahloqiy soha kabi shart-sharoitlar zarur. Bunda shaxsning yetukligini tushunish yetuk inson haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liq. Sub’ekt psixologiyasining asosiy nizomidan kelib chiqqan holda, talaba shaxsi ideal reallik (anglash sub’ekti) sifatida ham, ijtimoiy reallikni (faoliyat sub’ekti) faol boshlanishini anqlab beruvchi funksiya sifatida ham o‘rganilishi mumkin. Ideal reallikda o‘z-o‘zini anglashning quyidagi: 1) o‘tmishdagi “Men”; 2) hozirgi “Men”; 3) kelajakdagi “Men”; 4) ideal “Men”; 5) dinamik “Men” tarkibiy qismlari insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda psixologik yetuklik vujudga kelganligidan dalolatdir. O‘z-o‘zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, muddat talab qilinadi, shuning uchun o‘quvchilar, talabalar va respublikamizning boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o‘tkazish orqali ko‘zlagan maqsadga erishish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda yetuklik: -mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish va qaror qabul qilish; -yetakchi bo‘lishga intilish, o‘zi va atrofdagilarni boshqara olish;,


Download 74.68 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ii-bob. Kamolotda ta`lim va tarbiyaning ko`rinishi

Download 74.68 Kb.