Pardozlashda e’tiborga olinadigan yog‘och materiallarning xossalari




Download 246,2 Kb.
bet3/7
Sana15.05.2024
Hajmi246,2 Kb.
#234668
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mohigul

Pardozlashda e’tiborga olinadigan yog‘och materiallarning xossalari
Yog‘ochlarning о‘ziga xos xususiyatlari bо‘lib, bu xususiyatlar ularni pardozlashda e’tiborga olinadi. Yog‘ochning tuzilishi va xossalari uning turiga bog‘liq. Yog‘och pardozlash usulini tanlashda uning g‘ovakligi, qattiq va yumshoqligi, teksturasi, rangi, namligi, tolalarining yо‘nalishi bо‘yicha strukturasining bir xil emasligi hamda uning tarkibida smola yoki oshlovchi moddalarning mavjudligi e’tiborga olinadi.
Yog‘och g‘ovaksimon tuzilishga ega bо‘lib, undagi g‘ovaklar soni va о‘lchami yog‘ochning turiga bog‘liq. Yog‘och bо‘yalganda (loklanganda) lok-bо‘yoq materiallar uning g‘ovaklariga shimiladi. G‘ovaklar qancha kо‘p bо‘lsa, lok-bо‘yoq materiallar shuncha kо‘p shimiladi. Bu holatning oldini olish uchun lok-bо‘yoq materiallar surkalishidan avval yirik g‘ovakli yog‘och turlarida ular g‘ovaktо‘ldirgichlar bilan tо‘ldiriladi, mayda g‘ovakli turlari esa gruntovka qilinadi.
Yog‘ochning har xil turlari turlicha qattiqlikka ega bо‘ladi. Yumshoq turdagi yog‘ochlarni pardozlashdan avval ularning yuzasi gruntovkalanadi yoki shpatlyovkalash orqali qattiq qatlam hosil qilinadi. Bu yog‘ochning mustahkamligini oshiradi. Qattiq tur­dagi yog‘ochlar bunday ishlov berishni talab qilmaydi.
Yog‘ochning har bir turi uchun ma’lum bir tekstura xarakterlidir. Tekstura yog‘och tolalarining yillik halqalari va о‘zak nurlarining qirqimlarida qirqilishi natijasida hosil bо‘lgan naqshdir. Yog‘och teksturasi yillik qatlam qalinligiga, о‘zak nur­larining, yirik naychalarning bor-yо‘qligiga, tolalarning tо‘g‘ri joylashishiga qarab belgilanadi.
Yog‘ochning ximiyaviy tarkibi murakkab bо‘lib, uni asosan sel­lyuloza, lignin, tabiiy smolalar, bо‘yovchi, oshlovchi moddalar tashkil etadi.
Ayrim moddalar yog‘och sirtiga surkalgan lok-bо‘yoq materiallarni (masalan, poliefir) parda hosil qilish jarayoniga tо‘sqinlik qiladi. Masalan, tarkibida fenol xarakteriga ega bо‘lgan yog‘och turlarini pardozlashda yog‘och yuzasiga oldindan himoya grunti surkash lozim.
Ninabargli daraxt turlari tarkibiga kiruvchi smolalar lok-bо‘yoq materiallarni yog‘och bilan mustahkam birikishga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Natijada shaffof parda qatlam ustida kо‘rimsiz dog‘lar paydo bо‘ladi. Buning oldini olish uchun yog‘ochlardagi smo­la ketkaziladi. Yog‘och tarkibidagi oshlovchi moddalarga maxsus moddalar ta’sir ettirib buyum yuzasida turg‘un jigarrang tusli rang hosil qilinadi.
Har bir yog‘och turi о‘ziga xos tabiiy rangga ega, u pardozlash ishlarida albatta e’tiborga olinadi. Qator daraxt yog‘ochlarining tabiiy rangi bir tekis bо‘lsa (qizil daraxt, dub, nok, yong‘oq, mi­nor), rangini о‘zgartirish maqsadga muvofiq emas. Agar rangi notekis bо‘lsa, ularni bо‘yab tusini bir xil fonga keltirish mumkin. Tabiiy rangni saqlab qolish masalasi yoki uni bо‘yab о‘zgar­tirish buyumlarga qо‘yiladigan arxitektura — badiiy talablarga va iste’molchilarning talabiga kо‘ra belgilanadi.
Yog‘och-qirindili va yog‘och-tolali plitalarning xossalari yaxlit yog‘ochdan ishlangan taxta materiallar xossalaridan farq qiladi. Bunday materiallar yo hech qanday teksturaga ega bо‘lmaydi yoki presslangan yupqa qirindilar kо‘rinishida bо‘ladi.
Presslab olingan plita materiallar tarkibida sun’iy va sintetik smolalar bо‘lsa, yuzani pardozga tayyorlashda ma’lum talablar qо‘yiladi. Plitalarning yuzasi strukturasiga qarab, pardozlashdan avval shpatlyovkalanadi, gruntovkalanadi, plyonka va list materiallar bilan qoplanadi.

Download 246,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 246,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pardozlashda e’tiborga olinadigan yog‘och materiallarning xossalari

Download 246,2 Kb.