|
Ii-bob: Pardozlashda ishlatiladigan materiallar 1 Yog‘ochning dekorativlik xususiyatlari
|
bet | 2/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 246,2 Kb. | | #234668 |
Bog'liq MohigulPlastik Yog’och materiallar — payraha, qipiq, maydalangan yogʻoch va boshqa organik yoki mineral bogʻlovchilar (10—30%) dan tayorlanadigan plitalar, yogʻoch plastika, fibroplitalar va boshqa Yogʻoch tolali plitalar yogʻoch massasidan presslab tayyorlanadi.
Yog’och materiallardan qogʻoz sellyuloza tayyorlash va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqqarishda ham foydalaniladi.
Yog’och materiallar qurilish, kemasozlik va mebelsozlikda hamda yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Tabiiy Yog’och materiallar daraxt tanasidan olinadi. Daraxt tanasi oʻzak, yogʻochlik, tola va poʻstloqdan iborat. Ayrim daraxtlarning faqat poʻstloq va oʻzak qismi ishlatiladi.
Oʻzbekistonda Yog’och materiallar tol, yongʻoq, tut, archa, terak, qayragʻochdan tayyorlanadi. Qayragʻoch yogʻochidan arava gʻildiragi va oʻqlari qam yasaladi.
Pardozlash materiallari
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiy va sotsial rivojlantirish rejalarida mebel va yog‘ochsozlik sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Yog‘ochsozlikda mebel detal va buyumlarining yuzasida himoya-dekorativ parda qatlam hosil qilish (pardozlash) texnologiyasi alohida о‘rin egallaydi. Bu jarayon buyumlar tayyorlash texnologik jarayonining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Mebel ishlab chiqarishda bu bosqich uchun jami mehnatning 30% dan 50% gacha qismi sarflanadi. Ishlab chiqarilayotgan buyumlarning sifati asosan pardoz qatlamlarning takomillashuviga bog‘liq.
Yog‘ochni va yog‘och materiallarni pardozlash deganda, ular yuzasida suyuq lok-bо‘yoq plyonka va list materiallar yordamida himoya-dekorativ qoplamalar hosil qilish ishlari tushuniladi.
Keyingi 30—40 yil ichida yog‘och buyumlarni pardozlash texnologiyasi va texnikasi birmuncha taraqqiy etdi hamda takomillashdi. Quyida rivojlanish bosqichlari haqida qisqacha ma’lumot berib о‘tiladi.
Yog‘ochdan ishlangan buyumlar 30—40-yillarda nitrotsellyuloza lokining dastlabki vakillari bо‘lgan NS-221, NS-224, NS-228 loklari bilats pardoz qilinar edi. Nitrotsellyuloza loklari mebel va yog‘ochsozlik korxonalarida 1929 yildan boshlab ishlata boshlanganligi ma’lum. Bu loklardan birinchi marta Peterburgdagi Xalturin nomidagi mebel fabrikasida foydalanilgan.
Gruntovka, shpatlyovka, g‘ovak tо‘ldirgichlar asosan oqsil moddalar (kazein) va tabiiy smola (kanifol) dan tayyorlanar edi. 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlariga kelib, sifat jihatdan anchagina yaxshilangan NS-218, NS-222 loklari, kislotali muhitda qotadigan karbamid-alkidli loklar (MCH-52, MCH-26 va b.) hamda parafin tarkibli va parafinsiz poliefir loklar (PE-232, PE-246, PE-247, PE-250 va b.) ishlab chiqildi.
60-yillarning ikkinchi yarmi va 70-yillarning boshlariga kelib lok-bо‘yoq materiallar ishlash texnologiyasi yanada takomillashdi va ularning yangi turlari vujudga keldi. Masalan, ultrabinafsha (UB) nur ta’sirida parda qatlami tez qotadigan poliefir loklari uchun fotoximiyaviy initsiatorlar (sensibilizatorlar — materialning yorug‘likka sezgirligini oshiradigan moddalar) ishlab chiqildi va amalda tatbiq etildi. Qisqa muddat ichida tez qotadigan poliefir loklarining yangi turi (PE-265), yuqori kuchlanishli elektr maydonida purkab sepiladigan poliefir loki (PE-251B), aerosil va shunga о‘xshash moddalar qо‘shib yaltiroqligi kamaytirilgan nitrotsellyuloza loklari (NS-243 va b.), duradgorlik-qurilish buyumlarini (eshik, deraza romlari va b.) pardozlash uchun pentaftal, karbamid-alkidli emallar (PF-115, MCH-118 va b.) yaratildi.
Shu davrdan boshlab mebelning yaxlit detallari yuzasiga doplat uchun chiroyli yogoch teksturaga ega bо‘lgan qog‘oz-smola plyonkalardan foydalana boshlandi. Ular ishlab chiqarishda «sintetik shpon» deb ataladi, bunday plyonkalar bilan qoplangan yuzalar suyuq lok-bо‘yoqlar bilan pardozlanadi.
Keyingi vaqtlarda pardoz materiallari ustida keng ish olib borilmoqda. Pardoz materiallar ichida plyonkali qoplama materiallar ulushi anchagina о‘sdi. Yopishtirgandan keyin pardozlashni talab qilmaydigan dekorativ plyonkalarni qо‘llash keng rasm bо‘la boshladi. Masalan, alkorsell, alkor (Germaniyada ishlab chiqarilgan), PDO-20, PDSO-12 (GOST 5.1984-73), PVX-ABS, V A-15 va b. plyonka materiallari.
Hozirgi kunda pardoz materiallar, ayniqsa suyuq lok-bо‘yoqlar sarfini kamaytirish borasida katta ishlar qilinmoqda. Chunonchi, yupqa pardoz qatlam hosil qilish texnologiyasining yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Shu texnologiya asosida poliuretan loklari (UR-277, UR-249, UR-212M va b.), kislota muhitida qotuvchi loklar (ML-2111, ML-2111M va b.), sensibilizatorli ultrabinafsha nur ta’sirida qotadigan poliefir loklari (PE-2106, PE-2136 va b.) yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Bunday loklar surkab quritilgan yog‘och yuzalar yana ishlov berishni talab qilmaydi.
Gruntovka, shpatlyovka, g‘ovak tо‘ldirgichlar asosan oqsil moddalar (kazein) va tabiiy smola (kanifol) dan tayyorlanadi. 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlariga kelib, sifat jihatdan anchagina yaxshilangan NS-218, NS-222 loklari, kislotali muhitda qotadigan karbamid-alkidli loklar (MCH-52, MCH-26 va b.) hamda parafin tarkibli va parafinsiz poliefir loklar (PE-232, PE-246, PE-247, PE-250 va b.) ishlab chiqildi.
60-yillarning ikkinchi yarmi va 70-yillarning boshlariga kelib lok-bо‘yoq materiallar ishlash texnologiyasi yanada takomillashdi va ularning yangi turlari vujudga keldi. Masalan, ultrabinafsha (UB) nur ta’sirida parda qatlami tez qotadigan poliefir loklari uchun fotoximiyaviy initsiatorlar (sensibilizatorlar — materialning yorug‘likka sezgirligini oshiradigan moddalar) ishlab chiqildi va amalda tatbiq etildi. Qisqa muddat ichida tez qotadigan poliefir loklarining yangi turi (PE-265), yuqori kuchlanishli elektr maydonida purkab sepiladigan poliefir loki (PE-251B), aerosil va shunga о‘xshash moddalar qо‘shib yaltiroqligi kamaytirilgan nitrotsellyuloza loklari (NS-243 va b.), duradgorlik-qurilish buyumlarini (eshik, deraza romlari va b.) pardozlash uchun pentaftal, karbamid-alkidli emallar (PF-115, MCH-118 va b.) yaratildi.
Shu davrdan boshlab mebelning yaxlit detallari yuzasiga doplat uchun chiroyli yogoch teksturaga ega bо‘lgan qog‘oz-smola plyonkalardan foydalana boshlandi. Ular ishlab chiqarishda «sintetik shpon» deb ataladi, bunday plyonkalar bilan qoplangan yuzalar suyuq lok-bо‘yoqlar bilan pardozlanadi.
Keyingi vaqtlarda pardoz materiallari ustida keng ish olib borilmoqda. Pardoz materiallar ichida plyonkali qoplama materiallar ulushi anchagina о‘sdi. Yopishtirgandan keyin pardozlashni talab qilmaydigan dekorativ plyonkalarni qо‘llash keng rasm bо‘la boshladi. Masalan, alkorsell, alkor (Germaniyada ishlab chiqarilgan).
|
| |