|
Yog‘ochning dekorativlik xususiyatlari
|
bet | 5/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 246,2 Kb. | | #234668 |
Bog'liq MohigulYog‘ochning dekorativlik xususiyatlari
Yog‘och va undan ishlangan buyumlarning badiiy ifodasi aksariyat hollarda yog‘ochning dekorativliligiga qarab belgilanadi va ularga yog‘ochning rangi, yaltiroqligi va teksturasi kiradi.
Rangi. Yog‘ochning rangi hujayra bо‘shliqlaridagi pо‘kak, smola va surtilgan bо‘yoq moddalarining rangida bо‘ladi. Uning rangi bir qancha omillarga, masalan, daraxtning qanday nohiya hamda qanday sharoitda о‘sganligiga, yoshiga va boshqa sabablarga bog‘liq. Janubiy nohiyalarda о‘sgan daraxtlarning yog‘ochi och rangda bо‘ladi. Yosh daraxtlarning yog‘ochi, odatda, qari daraxt yog‘ochiga nisbatan oqish bо‘ladi.
Yaltiroqligi yog‘ochning zichligiga, о‘zak nurlarining miqdoriga, yirik-maydaligiga hamda yog‘ochning kesilish tekisligiga bog‘liq. О‘zak nurlari yorug‘lik nurini ma’lum yо‘nalishda qaytarish xususiyatiga ega va ular radial qirqimda tangensial qirqimga qaraganda kо‘proq yaltiraydi.
Yaltiroqlik yog‘ochga yaxshi kо‘rinish beradi va jilvirlash, loklash yoki sintetik smolalardan tayyorlangan yaltiroq plyonkalar yopishtirish yо‘li bilan ham yaltiratilishi mumkin.
T e k s t u r a s i. Yog‘ochning ishlov berilgan yuzidagi tabiiy naqshiga tekstura deyiladi. Bu naqshlar yog‘och tolalari, yillik qavatlar va о‘zak nurlarining kesilib ketishidan hosil bо‘ladi.
Parda qatlam xosil qiluvchi moddalar
Bо‘yoqlar-loklardan farqli о‘laroq parda hosil qiluvchi moddalarning organik erituvchilardagi eritmasi — suspenziyasi bо‘lib, tarkibida pigmentlar yoki pigmentlar bilan tо‘ldirgichlarning aralashmasi bо‘ladi. Yuzaga surtilgan bо‘yoqlar quriganida noshaffof bir jinsli parda qatlami hosil qiladi. Parda hosil qiluvchi moddalarning turiga qarab bо‘yoqlar moyli, emulsion va boshqa xil bо‘yoqlarga bо‘linadi.
Emallar-pigmentlar (plastifikator va sikkativlar qо‘shilgan) bilan loklarning aralashmasidir, ya’ni emallar pigment qо‘shilgan loklardir.
Gruntovkalar- deb, pardozlashda parda qatlamining ostki qatlamini hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Ularni surtish jarayoni gruntovkalash (ya’ni, xomaki bо‘yoq surtish) deyiladi. Gruntovkalar yog‘och ustki qatlamiga shimilib, uni qattiq va zich qiladi hamda mayda g‘ovaklarni tо‘ldirib, asosga hamda navbatdagi lok qatlamlariga yaxshi yopishadi.
Shpatlyovkalar- deb, yog‘och yuzasini shaffofmas himoya qatlami hosil qilish uchun tekislashga mо‘ljallangan lok-bо‘yoq materiallarga aytiladi.
|
| |