|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq professonal-ta-lim-tizimida-o-quvchilar-texnik-ijodkorligini-rivojlantirish-metodikasiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
660
etishni amalga oshirish o‘quv sharoitlarini yaratishga, o‘qitish usullarini ushbu aniq
shartlarga asosan tanlashga bog‘liq; ijodkorlikning o‘ziga xosligi va o‘rganilayotgan
materialning xususiyatini, o‘quvchilarning loyihalashtirish metodiga egaligini
hisobga olgan holda, loyihalashtirish metodi o‘quvchilarning o‘quv va ilmiy-tadqiqot
faoliyatida ijodiy o‘z-o‘zini anglashi va unda ijodiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish asosini
tashkil etadi. O‘quvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish ijodkorlikni
rivojlantirish va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish usullaridan biridir.
O‘quvchining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda texnika
taraqqiy etayotgan davrda bu muhim omillardan biridir. Ijodkorlik faoliyatida
qobiliyat muhim bir omil hisoblanadi. Lekin qobiliyat o‘zi nima?
Qobiliyat-shaxsning individual psixologik xususiyati bo‘lib, unga bilimlar,
ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirilishining to‘liqligi, yengilligi, chuqurligi,
hamda turli faoliyatni o‘zlashtirish va uni muvaffaqiyatli bajarishga bog‘liqligidir.
Ijodkorlik qobiliyatlari ijodkorlikda o‘quvchilarni psixologik xususiyatlarini ko‘rsatsa
ularni jismoniy, aqliy fiziologik jihatdan buyumlarni, har xil operatsiyalarni bajara
olishi ularni rivojlantirish ijodkorlikda fiziologik xususiyatlarini o‘rganish texologiya
darslarida o‘qituvchining mahoratini ko‘rsatib beradi. Ijodiy mehnat asoslarini
o‘zlashtirish va ijodkor shaxsni tarbiyalash o‘quvchilarning ijodiy va ijtimoiy
faolligini oshirishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida ma’naviy barkamol,
bilimlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalashga, fan-texnika taraqqiyotining
jadallashuviga xizmat qiladi.
O‘quvchilarning bilishga oid qo‘llanilgan usullarni, paydo bo‘lgan muammo va
uni yechish yo‘llarini tushunishi bo‘yicha fikr yuritishi, tahlil etishi, o‘quvchilarning
individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda ko‘maklashishi, jamoa bo‘lib
yaratilgan ta’limiy natijalarini aniqlashi, izlanishli, ta’limiy vaziyatlarning asosiy
texnologik elementlari: motivatsiya, muammolar qo‘yish, vaziyat ishtirokchilari
tomonidan muammoni echish, ta’limiy natijalarni namoyon etish, ularni bir-birlari
bilan qiyoslashdan iborat.
Biroq, o‘quvchilarning ijodkorligi nisbatan soddaroq jarayon bo‘lganligi
sababli keltirilgan bosqichlarni o‘quvchilarning ijodkorligiga, bevosita tadbiq qilib
bo‘lmaydi. O‘quvchilarni mehnatga tayyorlashda ijodkorligini rivojlantirish yo‘llari
pedagog olimlar tomonidan ko‘rsatib berilgan.
Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj, psixofiziologik jihatdan qaralganda, o‘z
rivojlanishida bir nechta bosqichlarda amalga oshadi.
Bulardan birinchisi mayl-ehtiyojning eng sodda shakli bo‘lib, inson
tomonidan ongli boshqariladi.
|
| |