|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq professonal-ta-lim-tizimida-o-quvchilar-texnik-ijodkorligini-rivojlantirish-metodikasiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
659
motivlarga e‘tiborni qaratsa, boshqalari intellektual sifatlarni, o‘quvchining mustaqil
ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy e‘tiborni qaratmoqdalar.
Uzluksiz ta‘lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash,
o‘quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining barcha
bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi
hamda istiqbolga yo‘naltirilganligini ta‘minlashni taqozo etadi. Texnik ijodkorlik va
dizayn fani o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik
muammolari, texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari, ixtiro, kashfiyot,
ratsionalizatorlik takliflari va patent axboroti, texnik ijodkorlik masalalarini yechish
metodlari, dizayn va modellashtirish, dizayn asoslari, texnik modellashtirish va
konstruktsiyalash, o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilish, sinfdan
va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish,
o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlariga oid mavzular yoritilib,
bilim berish ko‘zda tutilgan.
MUXOKAMA VA NATIJALAR
O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkil qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani
e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatida mustaqil
fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini
shakllantirilishi bilan; ikkinchisi - o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy
faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik
o‘quvchilar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash,
ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi.
Bu holat, ayniqsa bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan
asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga
oshirishda ijodiy ishlar shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlik faoliyatida o‘quvchining psixologik xususiyatlari aqliy yaratuvchanlik,
ixtiroga moyilligi, hohishi va bevosita qiziqishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar biz ijodiy faoliyatni psixologik-pedagogik yondashuv nuqtai nazaridan
ma’lum bir mavzu uchun yangi bilim, ko‘nikma va boshqalarni olish shaklida yangi
qadriyatlarni yaratish jarayoni deb hisoblasak, ijodkorlik esa bunday faoliyat sifatida
qaraladi. Ma’lum bir mavzuga ilgari noma’lum bo‘lgan narsalarni kashf qilish yoki
yaratishga hissa qo‘shadi. Bu yondashuvning asosiy vositalari: intuitiv fikrlash, ijodiy
tasavvur, mantiqiy fikrlash dizayndagi shaxsiy-faoliyat yondashuvi ta’lim maydonini
loyihalashda ijodiy faoliyat sifatida qaraladi.U faqat hammualliflar, o‘quv jarayoni
sub’ektlari, xususan, o‘quvchi, madaniyat va shaxsning muloqotida paydo bo‘lishi
mumkin. Shuni aytish joizki, ta’lim jarayonida ijodiy faoliyatni samarali tashkil
|
| |