|
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 18,71 Kb. | | #232010 |
Bog'liq 3-ilova (3,4 shakllar)Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo’yicha prorektor K.A.Tashev
4-SHAKL
Loyihani asoslash (mazmuni)
4.1. Loyihada hal etilishi koʻzda tutilgan ilmiy muammo:
O'quv markaz, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi bog'lanishni ilmiy jihatdan baholab, mavjud muammolarga texnologik jihatdan yechim berish va ularni o'quv markazlarida tadbiqini ko'rish.
4.2. Loyihaning maqsadi va vazifalari:
O‘quv markazlarni boshqaruv tizimida qog‘ozbozlikni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, turli xil yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish, vaqt sarfini kamaytirib, boshqaruvda turli qulayliklar yaratish maqsadida dasturiy ta’minot ishlab chiqish. Dasturiy ta’minot bir necha turdagi foydalanuvchilar uchun ko‘plab funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun: o‘quvchilar ma’lumotlari va to‘lovlari bilan ishlash, guruhlar shakllantirib ularga o‘quvchi va o‘qituvchilarni biriktirish.
Loyihaning maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- mavjud dasturiy ta’minotlarni o‘rganib chiqish, hamda muammo va kamchiliklarini aniqlash;
- loyiha bosqichlarini ishlab chiqish;
- dasturiy ta’minot uchun o‘quv markaz ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- dasturiy ta’minotning arxitekturasi ishlab chiqilib birlamchi ko‘rinishini yaratish, hamda kamchilik va muammolarini bartaraf etish;
- dasturiy ta’minotni amaliyotda qo‘llash va mijozlarni fikrlari bilan ishlash;
4.3. Tadqiqot muammosining oʻrganilganlik darajasi, jahon ilm-fanidagi ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha erishilgan yutuqlar va raqobatchilar tahlili:
Jahon miqyosida hozirda “Teachworks” va “Jackrabbit class” kabi ta’lim muassasalarini boshqaruv tizimini avtomatlashtirish dasturlari mavjud bo’lib, ularning bir qancha avfzalliklari va kamchiliklari bor. “Teachworks”ning avfzalligi to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilingani bo‘sa, kamchiligi esa yangi foydalanuvchilar bilan ishlashdagi murakkablikdir. “Jackrabbit class”ning ustunligi esa asosiy e’tibor mijozlarga qaratilgani, kamchiligi esa barcha turdagi o‘quv markazlarga mos emasligidir. Asosan san’at ta’lim markazlari uchun ixtisoslashtirilgan.
|
| |