Qur’oni Karim musulmonlarning muqaddas kitobi




Download 405,29 Kb.
bet47/67
Sana07.01.2024
Hajmi405,29 Kb.
#131565
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar-fayllar.org

3.Qur’oni Karim musulmonlarning muqaddas kitobi

Qur’oni Karim – Alloh taolo tarafidan 23 yil mobaynida Muhammad payg‘ambarga oyat-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi. Manbalarda berilishicha, “Qur’on” so‘zi arabcha “qaraa” – “o‘qimoq” o‘zagidan olingan bo‘lib, “O‘qiladigan (kitob)” ma’nosini beradi deb talqin etiladi. Qur’on 114 sura (arab. – “bo‘lak”, “devor”, “to‘siq”) va 6236 ta oyatdan tashkil topgan. Uning “mo‘‘jiza”, “belgi”, “alomat” kabi ma’nolari ham bor.
Makkada nozil bo‘lgan Qur’on suralarining xronologik tartibi quyidagicha:
1. Makka davri (610-615 yillar). Bu davrda yuksak adabiy ijod namunalari bo‘lgan “saj’” janriga yaqin shakldagi suralar nozil bo‘lgan. Evropa olimlari ularga “Nazmiy suralar” deb nom berganlar.
2. Makka davri (616-619 yillar), Muhammad (s.a.v.) va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko‘pchilik Habashistonga ko‘chib ketgan muhitda nozil bo‘lgan. Bu suralarda Allohning nomi “Rahmon” sifatida ko‘p tilga olingani sababli Evropa olimlari ularni “Rahmon suralari” deb ataganlar.
3. Makka davri (620 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad (s.a.v.) va uning izdoshlari ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko‘pincha shahardan tashqarida ibodatga to‘planganlar. Bu davr suralarida islomning aqida va ta’limotiga keng o‘rin berilgani sababli, evropalik tadqiqotchilar ularga “Payg‘ambarlik suralari” deb nom berganlar.
Madinada tushirilgan 24 ta suraning nozil bo‘lish davrini tarixiy voqealarni aniqroq ko‘zda tutgan holda besh bosqichga ajratish mumkin:
Birinchi davr (622 yil oktyabrdan 624 yilgacha). Muhammad (s.a.v.) Madinaga ko‘chib kelganidan makkaliklar bilan birinchi yirik to‘qnashuv – Badr jangigacha o‘qilgan 4 sura bu davrga kiradi.
Ikkinchi davr (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o‘tgan bir yil ichida o‘qilgan 3 surani o‘z ichiga oladi.
Uchinchi davr (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uhud jangidagi mag‘lubiyatidan keyin Xandaq jangigacha o‘tgan ikki yil ichida 5 ta sura o‘qilgan.
To‘rtinchi davr (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so‘ng Makkaning olinishigacha o‘tgan salkam uch yil ichida o‘qilgan 8 sura shu davrga kiradi.
Beshinchi davr (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka olinganidan keyin Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning vafotigacha o‘tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida o‘qilgan 4 ta sura shu davrga kiradi.
Muhammad payg‘ambar hayotlik chog‘larida yana vahiy tushib qolishi mumkinligi nazarda tutilib, Qur’on jamlanib, kitob holiga keltirilmagan edi. Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. Payg‘ambardan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr (r.a.) boshliq etib saylandi. Uning xalifalik davrida (632-634 yillar) “murtadlik (dindan qaytish) harakatlari” yuzaga keldi. Xalifa bu isyonchilarga qarshi shiddatli janglar olib bordi. Ushbu janglarda ko‘plab Qur’onni to‘liq yod olgan qorilar halok bo‘ldilar.
Umar ibn Xattob taklifiga binoan Abu Bakr (r.a.) Zayd ibn Sobit (r.a.) ismli sahobani chaqirib Qur’onni jamlab yozma holga keltirishni unga topshiradilar. SHunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onning ilk yozma nusxasini jamlashga erishdilar. Bu “suhuf” - sahifalar deb nomlandi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) olamdan o‘tganidan keyin sahifalar Umar ibn Xattob (r.a.) (634-644 yillar) uyiga, u vafot etgach, uning qizi – Payg‘ambar (a.s.) ayollari Hafsada qoldi.
Vaqt o‘tishi bilan islom olamining hududlari kengayishi natijasida musulmonlarning soni ko‘paya bordi. Turli tillar va shevalar o‘rtasida mavjud farqlarga ko‘ra Qur’onni qanday o‘qish kerakligi borasida ixtiloflar chiqa boshladi. Bu holatni ko‘rgan xalifa Usmon ibn Affon Zayd ibn Sobitga barcha Qur’on suralarini yig‘ib, taqqoslab chiqib qaytadan Qur’on matnini jamlashni buyurdi. Qur’onning birinchi rasmiy nusxasi 651 yilda taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib yana uchta, ba’zi manbalarga ko‘ra ettita nusxa ko‘chirtirilib, yirik shaharlar – Basra, Damashq, Kufaga jo‘natiladi. “Imon” deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. Ko‘chirilgan nusxalar “Mushafi Usmon” deb ataldi.



Download 405,29 Kb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Download 405,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qur’oni Karim musulmonlarning muqaddas kitobi

Download 405,29 Kb.