33
bo‘lgan tabaqa vakillari, ya’ni hukmdorga yaqin odamlar yuqori lavozimlarni egallab, hurmatga sazovor
bo‘lgan ishlarni bajaradi, ularning qo‘l ostida ishlovchilar esa pastroq lavozimlardagi ishlarni bajaradi.
Ko‘rinib turibdiki, Forobiyning ideal davlat tuzumiga asoslangan jamiyatda (fozil shahar-davlatlarda)
kishilarning ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi va ularning imtiyozlari saqlanadi. Mutafakkir biron-bir tabaqaga
mansub odamlarning vazifalari va majburiyatlari o‘rtasida tafovutlarning saqlanishi, har bir odamning o‘z
kasbini yaxshi bilishi va o‘z vazifalarini bajarishi jamiyatning sobitligi hamda adolatning yuzaga chiqishi
uchun zarur bo‘lgan omildir, deb qaraydi: har bir odamning o‘z kasbiga tegishli vazifalarini to‘g‘ri bajarishi
- jamiyatda adolatning saqlanishi va uni barqarorligini ta’minlash asosidir.
Mutafakkir o‘zining «Talxisi navomisi Aflotun» («Platon qonunlari mohiyati») asarida ilohiy
qonunlarni doimo adolatli ekanligini ilgari suradi.
21
Fozillar jamiyatining adolatli bo‘lishi va tabaqalar
o‘rtasida tavofutlarning saqlanishida